Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish


Yillik reja, uning tarkibi va ishlab chiqish uslubi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə4/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH

Yillik reja, uning tarkibi va ishlab chiqish uslubi


Yillik reja odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan bo‘ladi: sportchining qisqacha tavsifnomasi; bir yilga mo‘ljallangan asosiy maqsad va vazifalar; yil davomida bo‘ladigan asosiy musobaqalar taqvimi; tayyorgarlik sikllari; nazorat me’yorlari; qo‘shimcha vositalarni qo‘llash; pedagogik va tibbiy tekshiruvlar va boshqalar.
Yillik rejalashtirish ishlari kelayotgan joriy yil uchun mashg‘ulot tavsifnomasini tuzishdan boshlanadi. Bu esa sportchining jismoniy xususiyatlari, tayyorgarligi dinamikasi, sport formasi, mashg‘ulotlar yuklamasini o‘z ichiga oladi. Tavsifnoma albatta asosiy xato va kamchiliklar, tegishli xulosalarning tahlili bilan yakunlanishi lozim. Bu kelajakdagi ishlar yo‘nalishini aniqlab beradi.
Keyin, aniq maqsadlarga qaratilgan yillarning, barcha musobaqalarning aniq taqvimi kiritilgan (asosiy, saralash, ikkinchi darajali mashg‘ulotli musobaqalar). Masalan, asosiy saralash musobaqalarida ma’lum bir natijani ko‘rsatish, ikkinchi darajali musobaqalarda yangi taktik variantni qo‘llab ko‘rish, yangiliklarni tekshirib ko‘rish.
Keyingi bosqich – tayyorgarlikning siklliligini hamda sport formasi dinamikasini aniqlash. Tayyorgarlik siklini o‘rganib bo‘lgach, tayyorgarlik turlari bo‘yicha (jismoniy, texnik, taktik va boshqalar) mashg‘ulot jarayoni tarkibini, so‘ng esa yuklamalar hajmi va xususiyatini aniqlashga o‘tiladi.
Yillik rejalashtirish reja-grafik, jadval yoki jadval-grafik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Amaliyotda qo‘llanadigan mashg‘ulotni ko‘p qirrali rejalashtirish murabbiyga ancha keng imkoniyatlarni yaratib beradi.
Oylik (mezotsiklli) va haftalik (mikrotsiklli) rejalashtirish
Yillik rejalashtirish asosida mashg‘ulot rejasini, ancha qisqa davrdagi mashg‘ulot jarayonini tuzib chiqish mumkin (bosqich, oylik (mezotsikl), haftalik (mikrosikl) mashg‘ulot kuni va alohida mashg‘ulot).
Sport amaliyotida mashg‘ulotni oylik va haftalik rejalashtirish keng qo‘llaniladi. Mashg‘ulotni mezo va mikrotsikllarda rejalashtirishda quyidagilarni inobatga olish zarur:

  1. Mashg‘ulotni rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishi (chidamlilik, kuch, tezlik va koordiniatsion sifatlarni rivojlantirish, texnik tayyorgarlikni mustahkamlash).

  2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vosita usullari xarakteri.

  3. Har bir mikrotsiklda mashg‘ulotlar tarkibini aniqlashda jismoniy sifatlar xususiyatlari.

  4. Mashg‘ulot yuklamalari hajmi va jadalligi parametrlari, mashg‘ulot jarayonida ularning o‘zgarishi.

  5. Yuklamalarning turli yo‘nalish va hajmdagi ketma-ketligi (joylanishi).

  6. Sport formasining to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beruvchi nazorat mashqlari yoki ko‘rsatkichlari.

Oylik va haftalik rejalashtirish shakllari (formalari) turlicha bo‘lishi mumkin. Bu ko‘p jihatdan sport turiga, sportchi mahoratiga, holatiga, tayyorgarlik talablari va shartlariga, murabbiyning ish tajribasiga, uning dunyoqarashi va mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Bunda ancha samarali ishlatiladigani reja-jadval yoki reja-grafik sanaladi4.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə