mavzu: pedagogik texnika (Ma’ruza mashg‘uloti ishlanmasi – soat)


Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari



Yüklə 370,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.04.2023
ölçüsü370,46 Kb.
#107315
1   2   3
\'ОЧИК ДАРС ИШЛАНМАСИ Педагогик техника

Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari 
O„qituvchining tashqi ko„rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar 
muhim ahamiyatga ega. O„qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va 
pantomimik ifodasi, o„qituvchining imo-ishorasida, ma‟noli qarashlarida, rag„batlantiruvchi yoki 
istehzoli tabassumida namoyon bo„ladi va ular o„qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta‟sir 
ko„rsatishida, mashg„ulotlarni samarali va mazmunli o„tishida puxta zamin tayyorlab beradi. 
Pantomimika - bu gavda, qo„l va oyoqlarning harakatidir. U asosiy firkni ajratib ko„rsatishga 
imkon beradi. O„qituvchi o„z gavdasi, qo„li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik 
ma‟lumotlarning obrazini “chiza” olsa, o„quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his-tuyg„ulari, 
tashqi hissiyotlari bilan qo„shilib butun ongini o„quv materiallari mazmunini o„zlashtirishga 
qaratadilar. Pantomimika gavdani rost tutib yura bilish, qo„l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, 
fikrlarini aniq va to„liq bayon qilib qo„lini, boshini turli harakatlarda ifodalash o„qituvchining o„z 
bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. SHuning uchun o„qituvchining o„quvchilar oldida o„zini tuta bi-
lish holatini tarbiyalashi lozim (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda 
turish). O„qituvchining yurishi, qo„l va oyoq orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo„lishi 



kerak. Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qo„llari bilan turli imo-ishoralar qilish, 
boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holatlar dars davomida o„quvchilarning e‟tiborini 
bo„lib, g„ashini keltiradi va o„rganilayotgan fanga, o„qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini 
uyg„otadi. 
O„qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o„z hissiy holatini boshqara olishi muhim 
ahamiyatga ega. O„qituvchi o„quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg„in kuzatuv ostida bo„ladi. 
Uning kayfiyatidagi o„zgarishlar pantomimik harakatlarida namoyon bo„ladi. SHu tufayli 
o„quvchilarga ta‟lim-tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatish jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg„ulotlar 
paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o„z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo„lishi, umidbaxshlik, 
xayrixohlik kayfiyatida bo„la olish qobiliyatlariga ega bo„lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi 
o„qituvchiga birdaniga paydo bo„ladigan ko„nikma emas. Buning uchun o„qituvchi o„z ustida tinimsiz 
ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olishi darkor. CHunki, 
yillar davomida o„qituvchi o„zining har bir harakatiga moslashib uni odat qilib olishi mumkin. 
Mukammal pantomimik malakalarga ega bo„lgan o„qituvchi o„z-o„zini nazorat qila oladi, ko„p yillik 
faoliyati davomida sog„lom asab tizimini o„zida tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy 
zo„riqishlardan o„zini saqlay oladi.
Gavda tutish estetikasi
oldinga-orqaga tebranish, og„irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa 
o„tkazib turish, stul suyanchig„iga tayanib turish, boshni qashlash, burunni artish, quloq kavlash kabi 
zararli odatlarga yo„l qo„ymaydi. O„qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo„lishi, ortiqcha 
silkinish va keskin harakatlardan holi bo„lishi shart. 
Mimika
 
- yuz muskullari orqali o„z sezgisi, fikri, kayfiyatini ifodalashdir. O„qituvchining yuz 
ifodasi va qarashi ba‟zan o„quvchilarga so„zdan ham qattiqroq ta‟sir ko„rsatadi. Mimika axborotning 
xususiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o„zlashtirilishini ta‟minlaydi. O„quvchilar o„qituvchi 
kayfiyati va munosabatini uning yuzidan uqib oladilar. SHuning uchun ham o„qituvchining yuzi uning 
sezgirligini ifodalashi bilan birga ularni yashirib turishi ham lozim. Oila tashvishlari, tashqaridagi 
kelishmovchiliklarni o„qituvchi o„zining yuz ifodasida bildirmasligi kerak. YUz ifodasi va harakatlar 
faqat dars maqsadiga, o„quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashga yo„naltirilishi lozim. YUz ifodasida ko„zlar 
muhim o„rin tutadi. Jozibasiz ko„zlar ma‟nosiz qalbni aks ettiradi. O„qituvchi yuz muskullari va 
ko„zlarini tez-tez harakatlantirish bilan birga ularni birday qotib qolishidan ehtiyot bo„lishi lozim. 
O„qituvchi nigohi o„quvchilarga qaratilgan bo„lishi, bevosita ko„rish kontaktini vujudga keltirishi 
zarur, barcha o„quvchilarni diqqat markazida ushlab turishga intilishi lozim.
 



Mimik harakatlar, ifodalar ma‟lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni chuqur 
o„zlashtirish imkoniyatini beradi. O„quvchilar o„qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab 
kayfiyatini, munosabatini tezda «uqib» oladilar. SHuning uchun oiladagi ba‟zi noxushliklar, hissiyotga 
berilish, g„am va tashvishning o„qituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. 
CHunki ushbu noxushliklar o„qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg„ulotlarini mukammal 
bajarishida o„zining salbiy ta‟sirini ko„rsatadi. O„qituvchining chehrasida, mimik belgilarida faqat dars 
mashg„ulotlariga xos bo„lgan, o„quvchilarga ta‟lim va tarbiyaviy topshiriqlarni echishga yordam bera 
oladigan ko„rinishlarni ifodalash lozim. 
O„qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o„quvchilar bilan o„zaro munosabati uning individual 
xarakteriga mos bo„lishi kerak. O„qituvchi chehra ko„rinishidagi mimik ifoda, ta‟lim-tarbiya 
qonuniyatlariga mos ishonch, ma‟qullash, ta‟qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, 
befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Bunda ovozdagi turli o„zgarishlar, 
nutqning tushunarli bayon etilishi muhim ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini 
namoyish etishda qosh, ko„z, chehra ko„rinishi ishtirok etadi.
Inson his tuyg„ulari uning yuzida – yuz mushaklarini qisqarishi va bo„shashishi natijasida – 
namoyon bo„ladi. YUz mushaklari holatini boshqarish unchalik qiyin bo„lmaganligi uchun odamlar 
haqiqiy hislarini yashirishga ham urinadilar. 
YUz mushaklari harakatlari simmetrikligi ushbu insonning samimiyligidan dalolat beradi. Inson 
so„zlarida qanchalik yolg„onni ko„p qo„shsa, simmetriya shunchalik buziladi.
Haqiqatni bildiruvchi mimika juda tez, sezdirmasdan namoyon bo„lishi mumkin va uni to„g„ri 
talqin qilish uchun tajriba yoki hattoki maxsus trenirovka kerak. YAna bir xususiyat: ijobiy hissiyotlar 
salbiyga qaraganda osonroq anglanadi.
Ayniqsa, inson lablari hissiy ifodaliligi bilan ajralib turadi (masalan, lablarni tishlash – 
hayajonni, bir tomonga qiyshaygan lablar ishonqiramaslik yoki istehzoni anglatishi mumkin)
Tabassum odatda do„stona munosabat yoki qo„llab quvvatlashga bo„lgan ehtiyojni bildiradi. 
Erkak kishi uchun tabassum u har qanday vaziyatda ham o„zini tuta olishini namoyish qilishi bo„lsa, 
ayol tabassumi ko„proq haqiqiy kayfiyatini bildiradi.
Tabassum turli hissiyotlarni anglatganligi uchun ularning ba‟zi turlarini hisobga olish maqsadga 
muvofiq: 
1)
ortiqcha ko„p jilmayish – qo„llab quvvatlanishga ehtiyoj; 
2)
qiyshiq kulish – nazorat qilinayotgan asabiylik; 



3)
ko„tarilgan qoshlar va tabassum - bo„ysunishga tayyorlik; 
4)
pastga tushirilgan qoshlar va tabassum – o„zini katta olish; 
5)
tabassum bilan bir paytda pastki qovoqlarning ko„tarilmasligi – samimiyatsizlik; 
6)
tabassum bilan bir paytda ko„zlarning olayishi – qo„rqitish. 
Turli hislar kechirayotganda yuz mimikasini bilish faqatgina boshqalarni tushunishdagina emas, 
balki o„z imitatsiya mahoratini o„stirish uchun ham zarurdir. 
Odamning ichki kechinmalari haqida eng to„g„ri ma‟lumotni ko„zlar namoyon qiladi:
1)
ko„zning odatiy ifodasidagi o„zgarish; 
2)
ko„zlarning beixtiyor harakatlari – hayajon, oriyat, yolg„on, qo„rquv, asabiylashuv; 
3)
yonib turgan nigoh – qizishish;
4)
qotib qolgan nigoh – o„yga cho„kkanlik yoki holsizlik; 
5)
qorachig„larning kattarishi qiziqish va qabul qilinayotgan axborotdan, atrofdagilardan, 
taomdan va boshqa shunga o„xshash omillardan qoniqish his etayotganligi yoki qattiq og„riq: ma‟lum 
dori-darmon yoki narkotik qabul qilganligi; 
6)
qorachiqlarning kichrayishi – g„azablanish yoki ma‟lum turdagi narkotiklarni qabul qilganligi 
va boshqalar.
Muloqot davomida ko„proq eshitayotgan odam suhbatdoshi ko„ziga qarab turadi. Muloqotning 
umumiy vaqtining uchdan biridan kamroq vaqt ichida ko„zingizga qarab turgan insonning sizga 
nisbatan samimiyligiga shubhalaning; butun dialog davomida tikilib qarayotgan inson yoki sizga 
nisbatan katta qiziqish bildirmoqda yoki (agar qorachig„i kichraygan bo„lsa) uning sizga nisbatan 
adovati bor, yoki sizni o„ziga tobe qilmoqchi.
Insonning ichki holati haqida uning statik holati ma‟lumot berishi mumkin. SHunisi qiziqki, agar 
ma‟lum bir turishlar (poza) inson uchun odatiy bo„lib qolgan bo„lsa bu uning xarakteridagi turg„un 
sifatlardan dalolat beradi. . 
Quyida bir necha pozaning psixologik nuqtai nazardan talqinini ko„rib chiqamiz:
1) qo„llar orqada, bosh yuqori ko„tarilgan, iyak oldinga surilgan – o„ziga ishonch, o„zini 
boshqalardan ustun qo„yish;
2) tananing yuqori qismi oldga intilgan, qo„llar belda – dadillik, o„ziga ishonch va faol 
harakatlarga tayyorligi, tajovuzkorlik, o„z fikrini oxirigacha himoya qilishlikka tayyorlik;
3) qo„llar bilan stol yoki stulga tayanish – suhbatdoshi bilan to„la kontakt yo„qligi;
4) qo„llar tirsaklar ochilgan holda bosh orqasida qovushgan – o„zini boshqalardan ustunligini 
his etish;
5) bosh barmoqlarini belbog„ yoki cho„ntaklarga solib turish – tajovuz, o„ziga ishonganlikni 
ifodalaydi;
6) bosh barmoqni cho„ntaklardan chiqargan holda turish – o„zini katta olishlik;
7) qo„l va oyoqlar almashtirilgan holda – suhbatdoshiga nisbatan ishonqiramaslik va o„zini 
himoyalash; 
8) qo„l va oyoqlar almashtirilmagan holda, pidjak tugmalari echilgan – ishonish belgisi;
9) boshning chetga egilishi – qiziqish uyg„onganligi; 
10) boshning quyi egilganligi – salbiy munosabat;
11) boshning sal ortga egilganligi – tajovuz belgisi; 
12) stul chetida o„tirish – har qaysi momentda turib ketishga tayyorgarlik: chiqib ketish uchun 
yoki harakt qilish uchun, o„ziga e‟tiborni qaratib, suhbatga qo„shilish uchun yoki qizishgan inson 
o„zini qo„lda tutish uchun qilgan harakati.



Insonlar his-tuyg„ularini aniqlashda faqat beixtiyor qo„l harakatlariga diqqatni qaratish lozim. 
Har xil odamlarda bir xil qo„l harakatlari turli ma‟noga ega bo„lishi mumkin, lekin ma‟nosi o„xshash 
holatlar ham mavjud: 
1)
qo„llarning faol harakati – ko„pincha ijobiy emotsiyalar, do„stona munosabat va qiziqishni 
anglatadi;
2)
ortiqcha qo„l harakati – hayajon, o„ziga ishonchsizlik belgisi;
3)
kaftlar ochiq – ochiqlik ifodasi; 
4)
qo„llarni musht qilish – ichki qo„zg„alish, tajovuz;
5)
so„zlayotganda og„izni qo„l bilan to„sish – hayron bo„lish / yolg„on so„zlash / suhbatdoshiga 
ma‟lumotni ishonib etkazish;
6)
so„zlayotganda burunga tegib turish – aytayotgan so„zlariga ishonqiramaslik / yolg„on / 
yangidan-yangi dalillar izlash;
7)
qovog„ini barmoq bilan ishqalamoq – yolg„on / ishonqiramaslik; so„zlayotganda yuzining 
turli qismlarini ishqalash – tashvish, uyalish, o„ziga ishonmaslik; 
8)
iyagini silash – qaror qabul qilish;
9)
qo„llarning beixtiyor ortiqcha harakatlanishi (biror narsani aylantirish, burash, kiyimining 
detallariga tegish) - ogohlik, asabiylashganlik, uyalish;
10)
kiyim yoqasini tortish – yolg„oni oshkor bo„lganligini sezgan odam yoki g„azabdan havo 
etishmasligi;
11)
biror narsaga tayanishga bo„lgan intilish – vaziyatning murakkabligini his qilish, ushbu 
vaziyatdan chiqib ketish yo„lini topa olmayotganligidan dalolat beradi. 

Yüklə 370,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə