mavzu: pedagogik texnika (Ma’ruza mashg‘uloti ishlanmasi – soat)


O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo‘llari



Yüklə 370,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü370,46 Kb.
#107315
1   2   3
\'ОЧИК ДАРС ИШЛАНМАСИ Педагогик техника

O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo‘llari 
O„qituvchi pedagogik faoliyatida pedagogik texnikaning ko„nikma va malakalarini mukammal 
takomillashtirgan holda o„z mahoratini oshirish uchun quyidagi jarayonlarni bilishi lozim: 
Pedagogik texnika malakalarini mukammal egallash uchun avvalo, o„qituvchi o„z fanini, 
o„qitadigan predmetining boshqa fanlar bilan o„zaro aloqadorlikda bilishi, pedagogik va axborot texno-
logiyalarini, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini davr taraqqiyoti darajasida bilishi, kasbiy 
jihatdan o„z-o„zini tarbiyalay oladigan bo„lishi zarur. CHunki pedagogik texnika o„qituvchilarning 
individual shaxsiy xususiyatlariga ham bog„liq. Har bir o„qituvchi o„z tafakkuriga, fikrlash qobili-
yatiga, o„zining kasbiy yo„nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo„lishi kerak. Bu yo„nalish va 
laboratoriyani o„qituvchilarning o„zlari mustaqil fikr yuritishlari, mustaqil bilim olishlari, pedagogik 
mahoratini oshirib borishlari orqali qo„lga kiritadilar va mohir o„qituvchiga xos fazilatlarni 
tarbiyalaydilar hamda kasbiy ideal sari harakat qiladilar. 
Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o„qituvchining tashkiliy - metodik malakalarni 
egallashiga ham bog„liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo„yicha ma‟ruzalarni tinglash, maxsus 
adabiyotlarni o„qish orqali qo„lga kiritiladi. Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yo„l-yo„riqlar, 
ko„rsatmalarni o„zining individual kasbiy tajribasida sinab, ko„nikma hosil qilsa maqsadga muvofiq 
bo„ladi.
Tashkiliy-metodik malakalarning individual xususiyatlari, jamoa va guruh bo„lib ishlash, o„qish, 
faoliyat ko„rsatish asosida qurilgani ma‟qul. CHunki guruh yoki jamoa bo„lib o„qish, ishlash har bir 
o„qituvchiga refleksiv qobiliyatlari asosida, o„zini boshqalar ko„zi bilan ko„rishni va baho berishni
faoliyatidagi nuqsonlarni seza bilishni, muomala va xulq-atvorning yangi shakllarini izlab topish va 
sinash imkoniyatini beradi. Bu esa o„z-o„zini bilish, o„z-o„zini tarbiyalash uchun asos bo„ladi va peda-
gogik vazifalarning yangi usullarini tekshirib ko„rish, nazariy masalalarini hal qilish uchun tajriba 



maydonini tashkil qilishga zamin yaratadi. Demak, tashkiliy - metodik malakalarni egallashda guruh, 
jamoa faoliyati, mashg„ulotlar pedagogik texnika asoslarini egallash imkoniyatini beradi. 
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo„llari o„qituvchining malaka oshirish kurslariga 
ishtiroki, ustoz murabbiylar rahbarligidagi mashg„ulotlar (ulardan pedagogik texnika sirlarini 
o„rganish) va mustaqil (kasbiy jihatdan o„z-o„zini tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko„nikma 
va malakalarini egallash individual-shaxsiy salohiyat ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani 
egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o„z-o„zini tarbiyalash, ya‟ni talabalik yillarida 
o„zida tajribali o„qituvchilarning shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan 
faoliyat etakchi rol o„ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari intilishda bu harakat pedagogik 
texnikani egallashda muhim rol o„ynaydi. 
Pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko„rsatishicha, o„z 
faoliyatini endigina boshlayotgan o„qituvchilar duch keladigan qiyinchiliklarning asosiy sababi aynan 
pedagogik texnikaga oid ma‟lumotlarni bilmasligi oqibatida sodir bo„lmoqda. Pedagogik texnika 
to„g„risida yuqorida aytib o„tilgan fikr va mulohazalarga e‟tibor qilmaslik, pedagogik faoliyatda 
nazariy va amaliy tajribalarning yo„qligi, o„z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan baho berolmaslik 
oqibatida hamda o„qituvchida individual pedagogik texnikani rivojlantirish, tahlil qilish va uni 
takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan pedagogik faoliyatning yo„qligi mazkur 
qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini unutmaslik kerak.
Nazorat uchun savollar: 
1.
Pedagogik texnika
nima? 
2.
O„qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog„liq komponentlarni
bilasiz? 
3.
O„qituvchining shaxs va jamoaga ta‟sir ko„rsatish malakalari bilan bog„liq 
komponentlarnichi

4.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 
5.
Mimika nima? 
6.
Pantomimika deganda nima tushuniladi? 
7.
O„qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo„llari 

Yüklə 370,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə