mavzu: pedagogik texnika (Ma’ruza mashg‘uloti ishlanmasi – soat)



Yüklə 370,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü370,46 Kb.
#107315
  1   2   3
\'ОЧИК ДАРС ИШЛАНМАСИ Педагогик техника




5-MAVZU: PEDAGOGIK TEXNIKA 
(Ma’ruza mashg‘uloti ishlanmasi – 2 soat) 
 
REJA: 
1.
Pedagogik texnika haqida tushuncha.
2.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. 
3.
O„qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo„llari.
Adabiyotlar: 
1.
Azizxo„jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toskent, 2006.
2.
Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. Toshkent: Turon-iqbol, 2006. -115
3.
Omonov X.T., Madiyarova S.A. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. 
Magistratura uchun darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2009. 
4.
Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. 
Blits-so‘rov savollari 
1.
Pedagogik texnika
nima? 
2.
O„qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog„liq komponentlarni
bilasiz? 
3.
O„qituvchining shaxs va jamoaga ta‟sir ko„rsatish malakalari bilan bog„liq 
komponentlarnichi

4.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 
5.
Mimika nima? 
6.
Pantomimika deganda nima tushuniladi? 
 
Pedagogik texnika haqida tushuncha 
Pedagogik texnika – o„qituvchining nafaqat ta‟lim–tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy 
faoliyatida zarur bo„lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning 
muhim jihatlari – bu avvalo o„qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko„nikmalari hisoblanadi, 
ya‟ni uning savodli va ifodali so„zlay olishi, o„z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda 
ta‟sirchan bayon qilishi, his-tuyg„usini jilovlay olishi, o„zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va 
pantomimik qobiliyatlarga ega bo„lishi, aniq imo-ishora, ma‟noli qarash, rag„batlantiruvchi yoki 
istehzoli tabassum, so„zning cheksiz qudrati orqali o„quvchilar ongiga va tafakkuriga ta‟sir o„tkazishi, 
hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo„lishi kabilardir.



O„qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko„nikma va malakalardan iborat ekanligi, 
pedagogik texnika vositasida o„qituvchi ta‟lim muassasalarida ta‟lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy 
talablar asosida qanday tashkil qilishi, o„quvchilarga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatishida qanday ahamiyatga 
ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o„ziga jalb etib 
kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo„lib o„rganiladi. Birinchi guruh 
komponentlari o„qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog„liq bo„lib, ta‟lim–tarbiya 
jarayonida o„z–o„zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo„ladi: 
 

ta‟lim-tarbiya jarayonida o„z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika); 

ta‟lim-tarbiya jarayonida o„z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo„ya 
ta‟sirlarga berilmaslik;

mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi; 

nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o„z o„rnida qo„llay 
olishi. 
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o„qituvchining shaxs va jamoaga ta‟sir 
ko„rsatish malakalari bilan bog„liq bo„lib, bu guruh ta‟lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini 
qamrab oladi: 

o„qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari; 

ma‟lum bir reja asosida o„z oldiga qo„yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi; 

ta‟lim muassasasida va o„quvchilar jamoasida ta‟lim-tarbiya bilan bog„liq bo„lgan ijodiy 
faoliyatni tashkil eta olishi; 

o„quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi. 
O„qituvchining tarbiyalanuvchi obektlar oldida o„z harakatlarini boshqarishida aktyorlik 
san‟atiga xos bo„lgan xususiyatlari, ya‟ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o„ynaydi. 
Aktyor bir obrazni ma‟lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko„rinishda 



sahnada namoyish etsa, o„qituvchi butun o„quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o„tilgan 
mavzular bilan bog„lab, zamonaviy innovatsion usullar vositasida o„quvchilar ongiga etkazish uchun 
chuqur tayyorgarlik ko„radi, sinf jamoasidagi o„ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir 
o„quvchining shaxsiy xususiyatlarini e‟tiborga olib pedagogik faoliyat ko„rsatishga majbur. Bunday 
ulkan mas‟uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o„qituvchidan yuksak pedagogik texnik 
tayyorgarlikka ega bo„lish talab etiladi. 
Hozirgi zamon o„qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos 
deb biladi. CHunki u o„qituvchiga o„z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg„ularini 
(emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o„quv 
faoliyatida, o„qishdan tashqari ta‟lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo„llash yo„llarini 
tushuntiradi. 
Demak, pedagogik texnika o„qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar 
yig„indisiki, u o„qituvchining pedagogik faoliyatiga ta‟sir ko„rsatishi, ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil 
qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo„l ko„rsatuvchi bo„lib xizmat qiladi. 

Yüklə 370,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə