Mavzu: Oilaviy satsializatsiya bosqichlari institutlar tasiri va imkoniyatlari



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə2/6
tarix24.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#123617
1   2   3   4   5   6

Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi.

Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim.


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə