Mavzu: Ogahiy ijodida g‘azal janri va uning badiiyati


Ki onda shu’layi ohim erur charog‘ mango



Yüklə 85,66 Kb.
səhifə3/4
tarix17.04.2023
ölçüsü85,66 Kb.
#105928
1   2   3   4
15-mavzu (2)

Ki onda shu’layi ohim erur charog‘ mango

yoki

Vaslig‘a yetushkan chog‘ bag‘rim o‘ldi yuz pora,

Oni tiyg‘i mujgoni tildimu ekan oyo

yoki

Jahon bozorida sindurdi yoqut-u guhar qadrin,

Durafshon nuqta birla la’li xandoning‘a sallamno

yoki

Bu ra’no qad bila gar bog‘a kirsang, sarv ila shamshod,

Bo‘lub banda turarlar bir ayoqda ehtirom aylab.

1-baytda oshiq o‘z ohi shu’lasidan tunlari chirog‘ sifatida foydalanishi, 2-baytda oshiq bag‘rining yor mujgon (kiprik)lari tig‘idan yuz pora bo‘lishi, 3-baytda ma’shuqaning la’l labi qimmati jahon bozorlarida yoqut va gavhar narxini

sindirishi, 4-baytda yorning go‘zal qaddini ko‘rib tik o‘suvchi sarv va shamshod

daraxtlarining ma’shuqaga hurmat ko‘rsatib, bir oyoqda turishi kabi holatlar

mubolag‘a san’atining yuksak va keng tarqalgan namunalaridir.

«Husni ta’lil» arabcha “chiroyli dalillash” ma’nosini bildiradi. Adabiy

«Husni ta’lil» arabcha “chiroyli dalillash” ma’nosini bildiradi. Adabiy

asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biron sabab ko‘rsatish

san’ati shu nom bilan ataladi” [Hojiahmedov H.2000:27]. Ogahiy bu san’atdan

foydalangani holda takrorlanmas timsoliy ifodalar yaratgan:

Xoli mushkinlarki, yer tutmish labi shirinida,

Xayli hindudurki, g‘avg‘o qildi shakkar ustida.

Yuqoridagi misralarda xushbo‘y hidli xolning ma’shuqa shirin labi ustida

makon topishi «hindular to‘dasi shakar ustida g‘avg‘o qilyapti» tarzida

g‘ayritabiiy dalillangan.Bu xil husni ta’lil san’ati shoir ijodida talaygina.

Olida ham sarv-u gul, ham g‘uncha bo‘lmishdur xijil,

Ul paridin o‘zgaga bo‘hton qad-u ruxsor-u lab,-baytini ijodkor mubolag‘a va tashxis san’atlari bilan boyitgan, ya’ni yor

go‘zalligi-yu latofati oldida sarv, gul va g‘unchaning xijolat chekishi mubolag‘ali

tasvir, shuningdek, tashxis san’atini yuzaga keltirgan.


Yüklə 85,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə