Mavzu: Ogahiy ijodida g‘azal janri va uning badiiyati


Qasdi jon ul ko‘zlar etmish emdi yo‘q chiqmoq amon



Yüklə 85,66 Kb.
səhifə2/4
tarix17.04.2023
ölçüsü85,66 Kb.
#105928
1   2   3   4
15-mavzu (2)

Qasdi jon ul ko‘zlar etmish emdi yo‘q chiqmoq amon,

Bermayin jon ul iki zolim arosidan sango

yoki

Visoling ohulari rom esa menga tong yo‘q

Ki, ikki ko‘zdur iki mavjlig‘ bulog‘ mango

yoki

Ko‘zi bir sayyodkim, qosh yosi-yu kirpik o‘qi

Jon qushin sayd etkali bo‘lmishdurur asbob ango,-baytlarida shoir yor hajridagi oshiq tasvirini chizar akan, 1-baytda yorning

ko‘zlarini zolimga, 2-baytda ohuga va 3-baytda sayyod (ovchi)ga qiyoslab,

tashbeh san’atidan samarali foydalangan. 2-baytda oshiq ko‘zlari tashbehi ham

berilib, ko‘z buloqqa mengzalgan. Bu ikki xil mohiyatga ega: 1) har bir tashbeh

oshiq yoki yorga tegishli ekanligiga ko‘z alohida o‘xshatish asosiga ega bo‘ladi; 2)

buloq – arab tilida “ayn” deb atalib, ham buloq, ham ko‘zni anglatadi, natijada

o‘ziga xos so‘z o‘yini hosil bo‘ladi. Bu esa ijodkor g‘oyasini kitobxon qalbiga

ta’sirchanroq yetkazishga imkon bergan.

Ikki mushkin kokili ostida gulgun chehrasi,

Ikki mushkin kokili ostida gulgun chehrasi,

Husn ganjidurki, yotmish ikki ajdar ustida,-baytida Ogahiy tashbehning eng go‘zal namunalaridan birini qo‘llagan. Yorning

go‘zal yuzini ganj (boylik)ga, sochini esa ajdarga o‘xshatgan. Bu baytda Sharq

rivoyatlarida keng tarqalgan qarash – ilon (ajdar)lar xazina qo‘riqchilari

ekanligiga inonch aks etgan. Hazrat Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida

ham Farhod sandiqning sirini topishga (xazinaga) intilar ekan, yo‘lida ajdarga

duch kelishi bayon qilinadi. Bu bilan maqsadga (ishqqa) yetishishda ulkan

sinovlar mavjudligiga ishora qilinadi. Sochning qoraligi (mushkin) va yor yuzini

yopib turishi shu jihatdan ajdarga o‘xshatilgan.

Ijodkor o‘z she’rlari qurilmasida mubolag‘a san’atiga alohida ahamiyat

Ijodkor o‘z she’rlari qurilmasida mubolag‘a san’atiga alohida ahamiyat

bergan:

G‘aming tunida menga hech tiyralik yetmas,


Yüklə 85,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə