Mavzu: Ogahiy ijodida g‘azal janri va uning badiiyati


Ogahiy baytlar bitar ekan, bir nechta she’riy san’atlarni ipga marjon



Yüklə 85,66 Kb.
səhifə4/4
tarix17.04.2023
ölçüsü85,66 Kb.
#105928
1   2   3   4
15-mavzu (2)

Ogahiy baytlar bitar ekan, bir nechta she’riy san’atlarni ipga marjon

Ogahiy baytlar bitar ekan, bir nechta she’riy san’atlarni ipga marjon

tergandek tizib qo‘yadi:

Agarchi Yusuf ahli husn sulton-u azizidur

Nigorim olida lekin g‘ulomi xor-u kamtardur.

Baytda tasvirlangan mahbubaning go‘zallikda tengsiz Yusufdan ham ortiq

ekanligini kitobxon yorqinroq tasavvur qilishi uchun shoir talmeh va

mubolag‘adan foydalangan.

Karaming erur manga usru oz, sitaming manga erur usru ko‘b,

Kel-u maqsadimg‘a etur mani bu oz-u ko‘ping ko‘p-u oz etib,-misralarida muallif tazod(oz-ko‘p) va tardi aks(oz-u ko‘ping – ko‘p-u oz)

san’atini she’r badiiyligi uchun qo‘llagan.

Tajohuli orif san’ati ham shoir she’rlari jozibadorligini ta’minlashda

alohida mohiyatga ega. Bu jihatdan Ogahiyning «Gavharmu ekan oyo» hamda

«Ko‘zimga jilvagar ul yor» g‘azallari deyarli boshdan-oyoq ushbu san’at asosiga

qurilganligi bilan xarakterlanadi.

Masalan:

Masalan:

Ko‘zimga jilvagar ul yormu ekan oyo,

Va yo pari manga duchormu ekan oyo.

Quyoshmudur kecha kulbam aro tulu’ etmish,

Va yoxud ul mahi ruxsormu ekan oyo, –

baytlarida mahbubaning o‘zi pariga, yuzi esa quyoshga qiyos qilinadi-yu,

lekin yor yoki pari, yor yuzi yoki quyosh ekanligi aniq aytil maydi, shoir o‘zini bilib-bilmaslikka soladi. Aslida esa u mahbubaning go‘zalligini pariga va yuzini esa quyoshga qiyoslab, go‘zal manzara yaratyapti.

Javring chekibon joni hazin chiqqoli yetdi,

Ey jon-u jahon, joning uchun jonima rahm et,-baytida ijodkor bir xil(«j») tovush takroridan foydalanib, alliteratsiya usulidan

mohirona foydalangan.

Shu jihatga ham alohida e’tibor qaratish lozimki, Ogahiy lirikasida xilmaxil qofiya san’atlari qo‘llangan. Ular she’rning ohangdorligi, ta’sirchanligini

ta’minlashga xizmat qilgan. Jumladan, shoirning « Jondur fido» deb nomlanuvchi

g‘azalining maqta’dan tashqari barcha baytlari tarse’ san’ati asosida bitilgan:

Ey sabohatlig‘ yuzingg‘a mehri raxshondur fido,

Ey sabohatlig‘ yuzingg‘a mehri raxshondur fido,

Be halovatlig‘ labingg‘a obi hayvondur fido.

Umuman olganda, Ogahiy shu kabi rango-rang tasvir vositalari bilan o‘z

asarlariga badiiy sayqal berdi va o‘zbek adabiy tilini boyitdi, xususan,

she’riyatimizni behad yuksaltirdi. Shoir ijodiyotining yuqori badiiy-estetik

xususiyatlari bugungi kun kitobxonlari uchun g‘oyat qimmatlidir.


Yüklə 85,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə