Mavzu: Korxonada marketingni boshqarishda Reja: Kirish i-bob korxonada marketingni boshqarishda strategik yondashuv



Yüklə 145,39 Kb.
səhifə1/11
tarix22.03.2024
ölçüsü145,39 Kb.
#181505
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ertaga kechga (Kurs ishi) Korxonada marketingni boshqarishda


Mavzu: Korxonada marketingni boshqarishda
Reja:
Kirish
I-BOB Korxonada marketingni boshqarishda strategik yondashuv

    1. Marketing tizimi va uning tavsifi

    2. Marketingni nazorat qilish tizimi

    3. Marketingni boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari

II-BOB. Korxonada marketing xizmati faoliyatini tashkil etishning amaliy jihatlari.

    1. Korxona faoliyatoda marketingning tutgan o‘rni

    2. Marketingni boshqarish strategiyalari tamoyillari

    3. Uzum market va Tesla kompaniyalrini ish faoliyatini o‘rganish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Korxonada marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga etkazish hal etiladi. Sotish siyosati orqali orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‘rganiladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish, ko‘pmulkchilikni tashkil qilish, ularning asosida bozorning infratuzilmasini yaratish, jamiyatni iqtisodiy mexanizmini tubdan yangilashga olib keldi. Bu jarayonda savdo va ommaviy ovqatlanish sohasini iqtisodiy munosabatlari, axborot tizimi va huquqiy muhiti bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirilmoqda.
Iqtisodiyotning rivojlanishi hozirda ko'proq marketingga bog'liqdir.
O'zbekistonning oldida ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulotlami sotishni ko'paytirish, xizmatlaming hajmini oshirish, tovarlar va xizmatlaming raqobatbardoshligini kuchaytirish, tashqi bozorlarga chiqish, tovarlar va xizmatlami uzluksiz yangilab turish, va shuningdek xizmatlaming sifatini keskin oshirishdek ulkan vazifalar turibdi.
O'zbekistonda eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan, raqobatbardosh tovarlarning har xil turlarini ishlab chiqara oladigan zamonaviy korxonalar qurilgan. Asosiy masala shundan iboratki, marketing texnologiyalariga tayangan holda tovarlarni ko‘p hajmda sotishni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatish hajmini, ham respublikada ham tashqi bozorlarda ko'paytirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini turli mulk shakllariga asoslangan holda, bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli to’xtovsiz ortib bormoqda.
Respublikamizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni rag’batlantirish va qullab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga erishmoqdamiz... Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizning taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda...kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ko’zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklari va katta imkoniyatlari haqida yana ko’p gapirish mumkin.
Tadbirkorlik iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida tashkil etilgan,amalga oshirilmoqda va rivojlanib bormoqda. Lekin uning holati va rivojlanishibarcha tarmoqlarda bir xil emas. O'zbekistonda tadbirkorlik subyektlari (yuridikshaxslar) ning 60 foizi qishloq xo'jaligi, 18 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 12foizi sanoat va qurilish sohalarida tashkil etilgan, xizmat ko'rsatish sohasida hamrivojlanib bormoqda. Yuridik shaxs bo'lmagan yakka tadbirkorlarning asosiy qismisavdo, umumiy ovqatlanish va ayrim xizmatlar ko'rsatish sohsida faoliyat olibbormoqdalar.
Kurs ishi mavzusini dolzarbligi
Uzum market orqali o’z maqsadiga ega istiqbolli bozorni tanlash, mijozlarni eng ko’p darajada qoniqtirish imkonini berish.
Bundan tashqari O’zbekiston ichki savdosining ichki imkoniyatlari va resurslaridan oqilona foydalanish.
Jahon tajribasi va marketing tadqiqotlaridan kelib chiqib Yurtimizdagi iste’molchilaroqimini qanday yo’llar orqali yanada oshirish mumkinligini tadqiqotlar orqali aniqlash.



Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə