Mavzu: Korxonada marketingni boshqarishda Reja: Kirish i-bob korxonada marketingni boshqarishda strategik yondashuv


-jadval. Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingning roli



Yüklə 145,39 Kb.
səhifə7/11
tarix22.03.2024
ölçüsü145,39 Kb.
#181505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ertaga kechga (Kurs ishi) Korxonada marketingni boshqarishda

2-jadval. Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingning roli

  1. Ishlab chiqaruvchi investitsiyalarni amalga oshirishdan avval xaridorlarning ehtiyojlari va istaklarni aniqlash maqsadida axborot to‘playdi. Bu erda strategik marketingning roli bozorni tadqiq qilishdan iborat.

  2. Xuddi shu yo‘l bilan potensial xaridor etkazib beruvchilar taklif qilayotgan imkoniyatlarni o‘rganib chiqish va sotishga oid takliflarni tahlil qilishga turtki bo‘ladi.

  3. Ishlab chiqarish amalga oshirilgandan so‘ng, ishlab chiqaruvchining kommunikasion dasturi sotishga yo‘naltirilgan bo‘ladi va uning maqsadi tovarning bozor tomonidan qabul qilinishidan hamda sotish joyi, tovarlarni siljitish va narxlar masalasida sotish tizimi bilan kooperasiyalanishdan iborat bo‘ladi.

  4. Ishlab chiqaruvchi pirovard xaridorni markaning o‘ziga xos tavsifnomalari mavjudligi haqida xabardor qilish maqsadida tovarni siljitish faoliyatini reklama va o‘z savdo xodimlari yordamida amalga oshiriladi.

  5. Sotish tizimi yordamida amalga oshiriladigan va pirovard xaridorga yo‘naltirilgan siljitish va kommunikasiya faoliyatining maqsadi markaga sodiqlikni ta’minlash, tovar harakatini amalga oshirish, yangi paydo bo‘lgan savdo markalarini qo‘llab-quvvatlash, savdo-sotiq shartlari va hokazolar haqida axborot berishdan iborat.

  6. Tovar foydalanilgandan yoki iste’mol qilingandan so‘ng iste’molchilarning qoniqish hosil qilgan yoki qilmaganligini tekshirish, ishlab chiqaruvchiga taklifni ularga moslashtirishga imkon beradi.

  7. Tovarlar foydalanilgandan yoki iste’mol qilingandan so‘ng arizalar yoki baholar yakka va uyushgan (konsyumerizm) xaridorlar tomonidan o‘z-o‘zidan tarqatiladi.

Shunday qilib, marketingning korxonadagi roli sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasida ayirboshlash va kommunikasiyani tashkil qilishdan iborat. Mazkur ta’rifda ayirboshlash jarayonining maqsadidan qat’iy nazar marketingning vazifa va funksiyalariga alohida e’tibor beriladi. Bunday ifodalangan ta’rif tijorat faoliyatiga ham, notijorat faoliyatiga ham to‘g‘ri kelishi mumkin.

Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə