Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


O‘t o‘chirishning dastlabki vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

O‘t o‘chirishning dastlabki vositalari
endi boshlanayotgan yong‘inlarni 
o‘chirish uchun ishlatiladi. Ular binoning ichida yoki kiraverishida, omborlar yonida, 
qizil ranga bo‘yalgan maxsus taxta shitlariga osib qo‘yiladi. Bu vositalarga o‘t o‘chirish 
uchun ishlatiladigan asboblar (bolta, belkurak, misrang, changak, chelak), asbest matosi 
yoki texnik kigiz, bochkada suv, yashikda qum va o‘t o‘chiruvchi (ko‘pikli, karbonat 
angidridli va kukunli) asboblar, shu bilan birga o‘t o‘chirishning ichki vodoprovod 
tizimi ham kiradi. 
GOST 12.1.004-85(90) MXSM «Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar»ga 
binoan barcha ishlab chiqarish xonalari va omborlar dastlbaki o‘t o‘chirish vositalari 
bilan ta’minlanishi kerak. 
Mexanizatsiyalashgan o‘t o‘chirish vositalariga
suv nasoslari va avtomashinalar 
kiradi. Suv nasoslar (motopompalar) umumiy asosga o‘rnatilgan dvigatel va markazdan 
qochma nasosdan tarkib topgan agregatdir. 
Bulardan tashqari, o‘t o‘chiruvchi moddalarni (suv, havo-mexaniq yoki 
kimyoviy ko‘pik) yetkazib berish maqsadida yong‘in avtomashinalari ishlatiladi. Ularga 
avtotsisternalar, shlang-nasosli avtomobillar, poyezdlar va boshqalar kiradi. 
1. Ma’muriy-texnik xizmatchilar majburiyati va huquqlari 
Ma’muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ya’ni korxonalarda, tashkilotlarda 
tashkilotchilik, ma’muriy-xo‘jalik ishlarini amalga oshiruvchi, ishlab chiqarish 
jarayonlarni tashkil qiluvchi, ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni 
boshqaruvchi, moddiy mablag‘larni taqsimot bilan ishlatish va uni nazorat qilish 
ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi. 
Mehnat Kodeksida ko‘zda tutilgan majburiyatlar quyidagilardir: har bir 
ishchi, xizmatchi uchun ish mutaxassisligi va malakasiga qarab ma’lum mashina, stanok 
va boshqalardan iborat ish joyi tashkil qilish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini tashkil 
qilish, sifatli ish qurollari bilan ta’minlash, sanoat va mehnat intizomini har taraflama 
mustahkamlash, ish sharoitini kundan-kunga yaxshilab borishni ta’minlashga qaratilgan 


texnik jihozlar o‘rnatish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura 
chora-tadbirlarni amalga oshirish. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə