Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


 Yong‘in xavfsizligi va uni o‘chirish



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

 
2. Yong‘in xavfsizligi va uni o‘chirish
Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o‘zaro ta’siri natijasida juda tez 
kechuvchi va ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga 
yonish
deyiladi. Ko‘p hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga 
kechadi. Yong‘in hosil bo‘lishi va davom etishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq 
yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda vazifasini 
havodagi kislorod o‘tashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va 
cho‘g‘langan narsa) mavjud bo‘lishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod 
miqdori 15%dan yuqori bo‘lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past 
konsentratsiyada esa yonish sodir bo‘lmaydi. Bundan tashqari, oksidlovchi modda 
vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa moddalar ham o‘tashi 
mumkin. 
1. Chaqnash.
Agar asta-sekin qizdirilayotgan yonuvchi suyuqlikka vaqti-
vaqti bilan tashqaridan alanga ta’sir qildirsak, ma’lum bir haroratga yetganda, undan 
ajralib chiqayotgan gazsimon mahsulot chaqnaydi va shu zahotiyoq o‘chib qoladi. 
Suyuqlikning ana shu paytdagi harorati chaqnash harorati deyiladi. Chaqnagan 
gazlarning tez o‘chib qolishining sababi, bu haroratda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan 
gazlar alangani davom ettirish uchun yetarli emasligidir. 


2. Alangalanish.
Suyuq yonuvchi moddalarni qizdirish chaqnash 
haroratidan yuqorida ham davom ettirilsa, uning bug‘lanishi jadallashadi va shunday bir 
vaqt keladiki, unga alanga yaqinlashtirilsa chaqnayotgan bug‘lar chaqnaydi va yonishda 
davom etadi. Suyuqlikning shu holatidagi harorati alangalanish harorati deb ataladi. 
3. O‘z-o‘zidan alangalanish.
Agar yonuvchi suyuqlikni alangalanish haroratidan 
yuqori bo‘lgan holatda ham qizdirilish davom etirilsa-yu, lekin ochiq alanga 
yaqinlashtirilmasa, ma’lum bir vaqtda ajralib chiqayotgan bug‘lar o‘z-o‘zidan 
alangalanib ketadi. Yonuvchi suyuqlikning ana shu holatidagi haororati o‘z-o‘zidan 
alangalanish harorati deyiladi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə