Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


 bob «Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX)»



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

4. bob «Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX)» 
1. Mehnat muhofazasi qonuniy asoslari (qonunlar, standartlar va me’yoriy 
hujjatlar). 
2. Yong‘in xavfsizligi va uni o‘chirish. 
1. Hayot faoliyati mehnat muhofazasining qonuniy asoslari 
Hayot faoliyati xavfsizligi mehnat muhofazasining huquqiy, qonuniy asosini 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmonlari, O‘zbekiston Repsublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
turli vazirliklarning ko‘rsatmalari va buyruqlari tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (1992 il 8 dekabr): 
Oliy Majlisining vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy 
yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini 
uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi (78-modda). 
Mahalliy hokimiyat organlarning Konstitutsiyamiz tomonidan belgilangan vazifalari 
qatoriga jumladan quyidagilar kiradi: 
- qonuniylikni, huquqiy-tartibotini va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; 
- mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlar 
belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalar hosil qilish; 
- atrof muhitni muhofaza qilish (100-modda). 
Konstitutsiyada eng avvalo inson huquqlarini himoya qilish ko‘rsatilgan bo‘lsa, 
shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanish asosi berilgan. 
Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyasiga qaratilgan. 
36-moddada «Har bir shaxs qonunda ko‘rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb 
tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga 
egadir» deyilgan va uning davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash 
tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog‘ida, 
favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi» deyilgan. 


Konstitutsiyaning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam 
olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati 
qonun bilan belgilanadi» deb, fuqarolarning dam olish huquqini amalga oshirilishini 
ta’minlaydi. 38-moddada «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, 
shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega, xuddi shuningdek pensiyalar, nafaqalar, 
ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik 
uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas» deb fuqarolarimizning 
hayot xavfsizligi ta’minlangan. 
Yurtimizda fuqaro mehnati muhofazasini O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida» qonuni (1993 y. 6 may), Mehnat Kodeksi (1995 yil 21 
dekabr, №161-1), «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining 
boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida Nizom» (Vazirlar 
Mahkamasi 1997 yil 6 iyun, 286-qaror) va turli davlat standartlari va ko‘rsatmalari 
asosida huquqiy asosi yaratilgan. 
O‘zbekiston Respubliksi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun jami 5 
bo‘lim, 29 moddadan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’iy 
nazar mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda 
fuqarolarning sog‘ligi va mehnatini muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan. 
Qonunning birinchi umumiy qoidalar bo‘limida (jami 7 modda): Mehnatni 
muhofaza qilish – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, 
insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati 
saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-
gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat deyilgan 
(2-modda). 
Mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash (2 bo‘lim, 8-15 moddalar)da me’yoriy 
ta’minlash, muhofaza talablariga rioya qilish, mutaxassislarni tayyorlash, moliyaviy 
ta’minlash, iqtisodiy manfaatdorlik, xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, muhofaza 
xizmatlari va ijtimoiy sug‘urta haqida aytilgan. 
Agar qonunning 3 bo‘limida ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir 
huquqlarini ro‘yobga chiqarishdagi kafolatlar (16-21 moddalar) keltirilgan bo‘lsa, 4 
bo‘limda davlat va jamoatchilik nazorati (22-24 moddalar) va so‘nggi 5 bo‘limda qonun 
va me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu 
qonundan kelib chiqqan holda Mehnat Kodeksida to‘liq XIII bob «Mehnatni muhofaza 
qilish» deb atalib, undagi talablar 211-223 moddalarida ko‘rsatilgan. 
Ushbu ikki mehnatni muhofaza qilish asosiy hujjatlar asosida, ishlab chiqilgan 
Nizomda (4 bo‘lim, ilovalardan tashkil topgan) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni 
va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish 
to‘g‘risida aniq tadbir va choralar, qoida va ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. 
Mehnat xavfsizligi tadbirlarini yaratish va ularning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligi 
muhim hisoblanadi. 
Kasaba uyushmasi nizomiga asosan korxona kasaba uyushma qo‘mitasi 
vositachiligida har yili ma’muriyat bilan ishchi – xizmatchilar o‘rtasida o‘zaro mehnat
munosabatlari to‘g‘risida jamoa bitimi tuziladi. Bu bitimda ishchi va xizmatchilarning 
mehnat qilishi, madaniy va maishiy dam olish tadbirlari haqida kelishib olinadi. 


Ishga kirayotgan ishchi quyidagi holatlar bilan tanishtirilishi shirt: O‘zbekiston 
Respublikasida mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari asoslari, sanoat korxonasida
yo‘lga qo‘yilgan ichki tartib qoidalari, sanoat korxonasi maydonida va sexlarida o‘zini 
tutish qoidalari, sanoat korxonasidagi xavfsizlik texnikasining umumiy talablari, ish 
joyini tashkil qilish, ishchiga topshirilgan mashina va mexanizmlarni saromjon va 
ozoda saqlash qoidalari, maxsus ish sharoiti tashkil qilingan ayrim sex va bo‘limlar 
bilan tanishtirish, baxtsiz hodisalarni oldini olish qoidalarini tushuntirish bunda asosiy 
diqqat e’tiborni har xil erituvchilar, kislotalar, yengil alangalanuvchi suyuqliklar, 
siqilgan havo, elektr toki xavfi mavjud bo‘lgan sexlarga qaratish kerak. 
Ish joyidagi yo‘riqnomani rasmiylashtirish jurnali 
Yo‘riqn
oma 
o‘tkazish 
sanasi 
Yo‘riqno
ma 
o‘tayotgan 
shaxsning 
ismi 
va 
sharifi 
Yo‘riqn
oma 
turi 
(birlamchi, 
qayta, 
navbatdan 
tashqari) 
Yo‘riqnoma
ning 
mavzusi, 
№ 
Yo‘riqn
oma 
dan 
o‘tgan 
shaxsning 
imzosi 
Yo‘riqn
oma 
o‘tkazgan 
shaxsning 
imzosi 







Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə