Mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: kirish


III Yengil sanoat korxonalarida mehnat resurslarni boshqarish



Yüklə 14,79 Kb.
səhifə4/4
tarix23.12.2023
ölçüsü14,79 Kb.
#157334
1   2   3   4
Mavzu Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja kirish-fayllar.org

III Yengil sanoat korxonalarida mehnat resurslarni boshqarish.
3.1 O`zbekiston Respublikasining mehnat resurslari tahlili. 
Mamlakatning mehnat resurslari deganda mehnatga layoqatni yoshda bo`lgan
(O`zbekiston Respublikasida erkaklar uchun16 yoshdan 59 yoshgacha , ayollar
uchun 16 yoshdan 54 yoshgacha) aholi , shuningdek iqtisodda band mehnatga
layoqatli yoshda bo`lmagan ( o`smirlar va mehnatga layoqatli yoshdan yuqori
yoshdagilar) shaxslar tushuniladi. Bundan ishlamayotgan I, II guruh nogironlari ,
imtiyozli pensiya oluvchilaristisno qilinadi.
3.2 Korxonani mehnat resurslari bilan ta`minlash va uning. 

Mehnat resurslarini tahlil etishda korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanishi

Ish vaqtidan foydalanishi, mehnat unumdorligi va ularni mahsulot

Xajmiga ta’siri aniqlanadi




Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va o’tgan yilga nisbatan


o’zgarishi ko’p jihatdan korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanishiga bog’liq.

Mehnat resurslari harakteriga ko’ra 2 guruhga bo’linadi:

Sanoatda ishlab chiqarish xodimlari

Noishlab chiqarish xodimlari

Sanoatda ishlab chiqarish xodimlari tarkibiga quyidagi kategoriyadagi xodimlar
kiradi:

Ishchi

Rahbar xodim va mutaxassislar

Xizmatchilar.

Taxlil etishda sanoat ishlab chiqarish xodimlarini reja bilan taqqoslab korxonani
ishchi kuchi bilan ta’minlanishi aniqlanadi. O’tgan davr bilan taqqoslab esa unig
dinamikasi, ya’ni o’tgan yilga nisbatan ortishi yoki kamayishi aniqlanadi



Inson resurslarini boshqarish (Human Resources Management - HRM, yoki


oddiygina HR) tashkilotning shu yerda ishlaydigan odamlarni yollash,
boshqarish va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ichki siyosati yoki ichki
kompleks funksiyasi hisoblanib, inson faoliyatiga ta'sir qiluvchi barcha
jarayonlar va dasturlar HR ning bir qismidir.
Inson resurslarini boshqarish funksiyalari quyidagilarni nazarda tutadi:

Inson resurslari uchun asosiy mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan shaxs.

Xodimlarga bo'lgan talablarni aniqlash.

Muammoni tahlil qilish: mustaqil pudratchilar xizmatlaridan
foydalanishga arziydimi yoki o'z ishchilarini yollashi kerakmi?

Xodimlarni tanlash va tayyorlash.

Tashkilot uchun raqobatdosh ustunlikni ta'minlovchi eng yaxshi
xodimlar.

Shaxsiy brend va tashkilot brendining tashuvchi eng yaxshi xodimlar.

Xodimlarga nafaqa to'lash bo'yicha moslashtirilgan faoliyat.

Barcha xodimlarni me’yorlar va kadrlar siyosatiga o‘rgatish.

Tashkilotda HRM siyosatini yaratish va yuritish.
HR ning asosiy strategik funksiyalari korxona va biznes strategiyasini
muvozanatlash; tashkilot jarayonlarining reinjiniringi; tashkilot xodimlari bilan
o'zaro axborot aloqasi, o'zgarishlarni boshqarishdir. HR menejeri tashkiliy
yetakchilik va boshqaruv madaniyati monitoringi uchun javobgar hisoblanadi.
HR makonda farq qilishi mumkin bo'lgan bandlik va mehnat qonunlariga rioya
qilishni ta'minlaydi.
Inson resurslarini boshqarish to'rtta taktik funktsiyaga ega:
1. Xodimlar bilan ta'minlash.
2. Xodimlarni o'qitish va rivojlantirish.
3. Motivatsiyani boshqarish.
4. Texnik xizmatlar.



Kadrlar ta’minotiga potentsial xodimlarni intervyu, ilovalar, tarmoqlar va


boshqalar orqali ishga tanlash va yollashni o'z ichiga oladi.
O'rgatish va rivojlantirish malakali xodimlarni uzluksiz rivojlantirish
jarayonidagi navbatdagi qadamdir. Motivatsiya xodimlarning yuqori
mahsuldorligini ta'minlash kaliti hisoblanadi. Bu funksiya ishchilarga
berilgan imtiyozlar, faoliyatni baholash va mukofotlarni o'z ichiga olishi
mumkin. Oxirgi funksiya - xizmat ko’rsatish - ularning sadoqatini va
tashkilotga sodiqligini saqlashni o'z ichiga oladi.
HRM inson resurslari bo'yicha mutaxassislarga yangi xodimlarni
samarali tarzda o'qitish imkonini beradi. Texnologiya sifatida paydo bo'lgan
HRM endi ilmiy soha bo'lib, ontologik tavsiflardan foydalanishni talab qiladi.
Inson resurslari bu - tashkilotda ishlaydigan malakali mutaxassislardir.
Inson resurslarini boshqarish aslida xodimlarni boshqarish bo'lib, korxonaning
aktivlari bo'lgan ishchilarga e'tibor beradi. Shu munosabat bilan bunday
xodimlar ba'zan inson kapitali deb ataladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, umumiy va xususiy inson salohiyatini
shakllantirish mexanizmlari yetarli darajada ishlab chiqilsa, inson kapitali va
resurslari darajasi o'ssa, tashkilotning raqobatbardoshligi ortadi.
Allayor Norboyev,
Samarqand davlat universiteti
Yoshlar yetakchisi.

http://fayllar.org



Yüklə 14,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə