I.Zamonaviy korxona va tashkilotlarda mehant resurslarini boshqarish.
1.1 Inson resurlarini boshqarish va xodimlarni boshqarish haqida tushuncha.
“Xodim” iborasi o`zbek tilining izohli lug`atida “biror idora yoki muassasada
ishlovchi kishi, xizmatchi ” ma`nosida talqin etiladi. Hozirgi kunda xodim va uni
boshqarish muamosiga 2 xil yondashuv mavjud. Inson resurslarini boshqarish;
Xodimlarni boshqarish;
“Inson resurslarini boshqarish” – tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini,
shuningdek sotsial rivojlanish masalalarini o`z ichiga oladi va ularga ustivorlik
beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi ko`proq kadrlar bilan tezkor ishlashni
anglatadi.
Xodimlarni boshqarish deganda korxonada band bo`lgan kishilar salohiyatini
rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo`radil) faoliyat
ko`rsatish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish bo`yicha o`zaro bog`langan
tashkiliy-iqtisodiy va sotsial tadbirlar tizimi tushuniladi.
Funksional boshqaruv deganda bevosita kadrlar masalasini yechish bilan bog`liq
masalalar, yani kadrlarni tanlash,ishdan bo`shatish malakasini oshirish, ish haqi va
hokazolar tushuniladi.
Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha
shaxs va institutlar ,yani rahbarlar , kadrlar bo`limi , kasaba uyushmalar va
boshqalarni o`z ichiga oladi.