Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja


O’zbekiston Respublikasining QONUNI



Yüklə 366,03 Kb.
səhifə4/14
tarix28.11.2023
ölçüsü366,03 Kb.
#134152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar

O’zbekiston Respublikasining QONUNI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TO’G’RISIDA
O’zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi bayonotiga asoslanib, O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi ushbu qonunni qabul qiladi.
1-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir.
2-modda. O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi.
3-modda. O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi.
4-modda. O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartirilishi mumkin emas.
5-modda. O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O’zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi.
6-modda. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega.
Suveren O’zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o’zida saqlab qoladi.
7-modda. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
Respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi.

Yüklə 366,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə