Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja



Yüklə 366,03 Kb.
səhifə8/14
tarix28.11.2023
ölçüsü366,03 Kb.
#134152
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar

Davlat ramzlari. O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo’lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991-yil 18noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog’i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o’zligini ham aks ettiradi.
O’zbekistonning Davlat gerbi, o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o’zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 10-dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Mustaqillik qo’lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqazo etardi.
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan O’zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo’lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi.
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.
1991-yil 26-sentabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo’ldi.
Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo’lgan XI sessiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining Davlat mutaqilligi asoslari to’g’risida» gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish, irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to’plangan eng ilg’or konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq konstitutsiyasi nusxalaridan ko’chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur.
> O’zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverinitetidir.
Davlatimizning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
> Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir.
> Yana bir konstitutsiyaviy tamoyil – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo’linishidir. O’zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi qonunlashtirildi.
> Asosiy Konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. Kontitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan.
> O’zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi , or-nomusi, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo’yilgan.
> Yana bir Konstitutsiyaviy tamoyil Konstitutsiya va qonunlarning ustivorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasida
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi», deb belgilab qo’yilgan.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilgan. O’zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O’zbekiston xalqini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomi, O’zbekiston bilan o’zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo’lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasi dan o’tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda.
Asosiy qonunga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar 2003-yil 24-25aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n birinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va mazkur Qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimiz mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76-88-moddalarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89,90,93,95,97-moddalarga ham o’zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi.
Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o’rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi. Kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.

Yüklə 366,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə