Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja



Yüklə 366,03 Kb.
səhifə9/14
tarix28.11.2023
ölçüsü366,03 Kb.
#134152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar

Milliy valyuta. O’zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O’zbekiston mustaqillikning dastlabki payti-1991-1993-yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo’lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSh dollori darajasiga tushib ketgan edi.
O’zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1993-yil 1-noyabrda O’zbekistonda so’m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo’lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati so’m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko’rdi.
O’zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – So’m muomalaga kiritildi.
Taraqqiyotning “O’zbek modeli”. Mustaqillikning dastalbki kunlaridayoq O’zbekiston qanday taraqqiyot yo’lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo’ladi, degan savollar ko’ndalang turardi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o’ziga xos taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O’zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asolangan o’ziga xos yo’lni ishlab chiqish zarur edi. O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining haqiqiy holati va imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub o’zgartirishlarga tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi.
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993-yilda nashr etilgan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.

  1. Iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.

  2. Davlat – bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori.

  3. Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi, qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi.

  4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi.

  5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.

Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O’zbek modeli» deb qabul qilindi.
Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda.
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:
> Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;
> Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
> Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy
qadriyatlariga asoslandi;
> Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi;
> Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo’li tanlandi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.

Yüklə 366,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə