Mavzu: Buralishda brusning mustahkamlik shartlari reja


Buralishdagi kuchlanganlik holati va val emirilishininig tahlili



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə4/6
tarix17.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#87155
1   2   3   4   5   6
Buralishda brusning mustahkamlik shartlari;

4. Buralishdagi kuchlanganlik holati va val emirilishininig tahlili

4 - shakl.


Buralayotgan val ko’ndalang kesimlarida urinma kuchlanishlar hosil bo’lib, ular kesim markazidagi noldan kesim chetlaridagi eng katta qiymatlarigacha (4) boglanish bo’yicha to’gri chiziqli qonuniyat asosida o’zgaradi (4 - shakl,a,b). Urinma kuchlanishlarning juftlik qonuniga ko’ra brusning bo’ylama kesimlarida ham xuddi shunday urinma kuchlanishlar ta’sir etadi.

Buralayotgan val sirtida bo’ylama va ko’ndalang yasovchilardan iborat kesimlarda faqat urinma kuchlanishlar ta’sir etadi

(5 - shakl). Demak, ana shunday yasovchilar orqali ajratilgan element sof siljish holatida bo’ladi.

Ushbu yasovchilarga nisbatan qiya joylashgan maydonchalarda ham normal, ham urinma kuchlanishlar ta’sir etadi. Bu to’grida yuqoridagi §2 da ko’rildi. Ma’lumki, bunday holda eng katta cho’zuvchi va siquvchi normal kuchlanishlar sof siljish yuzalariga nisbatan (buralishda val o’qiga nisbatan) 45 va 135 gradularda qiya maydonchalarda ta’sir etadi (4 - shakl, b va 5 - shakllar).

Shunday qilib, doira kesimli vallarning buralishida ham ko’ndalang va bo’ylama kesimlarda ta’sir etuvchi urinma kuchlanishlar, ham ularga nisbatan 45 gradus burchak ostida joylashgan qiya kesimlardagi normal kuchlanishlar xavfli bo’lishlari mumkin. Demak, valning emirilish tarzi uning materialining siljish va uzilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga bogliq bo’ladi.

Masalan, plastik materiallar turkumiga kiruvchi po’latdan yasalgan vallar urinma kuchlanishlar ta’sirida ko’ndalang kesimlari bo’yicha kesilish orqali emiriladi. Yooch vallar tolalari bo’yicha bo’ylama kesimlardagi urinma kuchlanishlar ta’sirida yorilib emiriladi. Agar val materiali cho’zuvchi kuchlanishlarga yomon qarshilik ko’rsatsa, masalan cho’yan, emirilishdagi yoriqlar bosh cho’zuvchi kuchlanishlar yo’nalishiga tik, ya’ni val yasovchisiga 45 gradus burchak ostidagi qiya joylashgan vintsimon sirt bo’yicha uzilish yo’li bilan sodir bo’ladi (6 - shakl).










5 - shakl.




6 - shakl.
5. Kesimi doiraviy bo’lmagan brusning buralishi
Ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lmagan bruslarning buralishida ularning deformastiyagacha tekis kesimlari qiyshayadilar. Shuning uchun bu holda Bernulli gipotezasini qo’llab bo’lmaydi. Oqibatda yuqorida hosil qilingan hisob formulalari yaroqsiz bo’lib qoladi. Ushbu anchagina murakkab masalalarni hal qilish elastiklik nazariyasi usullariga tegishlidir.

Bu erda to’gri to’rtburchak kesimlari bruslar uchun a>v holga tegishli (7 - shakl) hisob formulalarini keltiramiz.




7 - shakl.


Kesimdagi eng katta urinma kuchlanishlar katta tomon o’rtalariga to’gri kelib, quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

. (16)

Kesim burchaklarida nuqtalarda urinma kuchlanishlar nolga teng.

Kesimning kichik tomonlari o’rtalaridagi urinma kuchlanishlar kattaligi quyidagicha topiladi:
. (17)

Brusning buralish burchagi



(18)

qiymatga teng.

Ko’rilgan formulalarda a, b va g a/v nisbatga bogliq koeffistientlar bo’lib, ularning qiymatlari ma’lumotnomalarda keltirilgan.

Ba’zi manbalarda aav2=wb va bav3=Ib kattaliklar to’gri to’rtburchak kesimli brusning buralishidagi, tegishlicha, mustahkamlik va bikrlikka tegishli geometrik xarakteristikalari deb belgilangan.




Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə