Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida ko’rgazmali metodlardan foydalanish yordamida o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish. Kirish I bob



Yüklə 275,88 Kb.
səhifə6/9
tarix04.06.2023
ölçüsü275,88 Kb.
#115417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ORTIQOVA SHOXISTA KURS ISHI

Birinchi bob bo’yicha xulosa
Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, mazmuni va uning o’quvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda ko’rgazmalilikning keng yo’lga qo’yilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish va konkretlashtirishga o’rgatish bo’lish usullarining o’rganilishi bilan birga umuman boshqa amallardagi o’xshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni echishni tahlil qilish asosida o’rgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali foydalanish asosini tashkil etadi. Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar xossalari va usularini o’rganishda o’ziga xos bo’lgan qonuniyatlarini ko’paytirish amaliga teskari amal sifatida muvofiqlikda o’rganilishini talab etsa, ikkinchi tomondan maxsus hollarni taxlil etishda amallardagi xos xususiyatlar bilan taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’quvchilarni fikrlashlarini o’stirishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi.


II BOB. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishning metodik asoslari
2.1. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmalilikdan foydalanish imkoniyatlari asosida o’quvchilarda kreativ qobiliyatlarini shakllantirish .
Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo’lib, uning o’z-o’zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog’liq. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;
2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4)bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi:
1) o’zini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo’lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish usullari va vositalariga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri o’qituvchi-o’quvchilar hamkorligi ekanligiga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o’qituvchi ta’lim jarayonining to’g’ri tashkil etilishi, ta’lim maqsadlarining to’g’ri amalga oshirilishi va ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta’lim jarayoni o’qituvchining to’liq hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, degan noto’g’ri fikrning tug’ilishiga asos bo’la olmaydi. Hozirgi davr talabi ham kimnidir bo’ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o’zlashtirishga oid mexanizmgina bo’lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik lozim.
O‘quvchilarda kreativliklik qobiliyatlarini shakllantirish usullari. Maktab o‘quvchilarida kreativlik qobiliyatlarini shakllantirish uchun turli xil o‘qitish-o‘rgatish metodlarini qo‘llash va shu orqali ularni mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlash hozirgi paytdagi muhim pedagogik muammolardan biri bo‘lib turibdi. Binobarin o‘quvchilarda kreativliklik qobiliyatlarni shakllantirish bo‘yicha maxsus metodikaning usul, vosita va metodlarini etarli darajada ishlab chiqilmaganligi hamda amaliyotga tatbiq etilmaganligi ham mazkur muammoning ijobiy echimini topishga to‘sqinlik qilayotgan omillar qatoriga kiradi.
Eksperimental tadqiqotlar natijasida shaxsiy qobiliyatlar orasidan qobiliyatning alohida turi ajratib ko‘rsatilgan noodatiy g‘oyalarni vujudga keltirish qobiliyati, fikrlashda an’anaviy sxemalardan chetga chiqish qobiliyati esa kreativlik (ijodiylik) deb nomlangan. Kreativlik ijodiyotga bo‘lgan qobiliyatni vujudga keltirishga imkon beruvchi ayrim shaxsiy hislatlar va insonning fikrlash qobiliyatlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Kreativlik komponentlaridan biri shaxsning divergentlik fikrlash qobiliyatidir, lekin u to‘liqligicha nihoyasiga etmaydi. Kreativ mahsulotni va kreativ jarayonni farqlash kerak. Ijodiy fikrlash mahsulotini ikki faktor orqali – uning aslligi va uning mazmuni orqali baholash mumkin. Kreativ jarayon – bu muammoga bo‘lgan sezgirlik, sintezga bo‘lgan qobiliyat, o‘xshashlik va farqlashni tushinishga bo‘lgan sezgi, etishmayotgan detallarni tiklashga bo‘lgan qobiliyatdir. Fikrlash divergentligi esa (eskirib ketgan yo‘ldan borish tavsiya qilinmaydi) fikrning tezligi (nutqning tezligi) va boshqalardir.
Boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarning kreativ qobliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar ustida ishlash alohida o’rin tutadi. O’quvchi o’zi uchun qulay sharoitda hayotiy va o’quv tajribasiga tayanib og’zaki yoki yozma nutqi orqali fikrlash faoliyatini amalga oshiradi. Unda ohar bir fanning o’zi uchun noma’lum qirralari xususida o’qituvchi bilan faol hamkorlik qilish uchun ruhiy tayyorgarlik paydo bo’ladi. U mavzu yuzasidan berilgan savollarga tegishli javob qaytarish uchun mustaqil ijodiy izlanishlarga harakat qiladi. O’qituvchi bunday hamkorlik jarayonida o’quvchilarning kreativligini o’stirish bilan birga diagnostik vazifani ham bajaradi, ya’ni o’quvchilarning qobiliyati , qiziqish doirasini aniqlaydi, kreativ iqtidorini chamalaydi. Kreativlikni rivojlantiruvchi topshiriqlar ustida ishlash jarayonida bu g’oyat muhimdir. Boshlang’ich ta’lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim turidan biri bo’lib, ta’limning bu bosqichida pedagog o’qituvchilarga katta mas’uliyat yuklatiladi. Ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi hali maxsus o’rganishni talab etmoqda. O’quvchilar o’z-o’zidan kreativ bo’lib qolmaydi. Uning kreativ qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. O’qituvchilar o’quvchilar bilan hamkorlikda ish yuritib, ularning har bir fikrini inobatga olishi va buni o’quvchiga sezdirishi kabi muhim vazifalarni bajarish orqali o’quvchilarni o’zgacha yondashuvli ya’ni kreativ bo’lishlariga erishishi mumkin.O’qituvchi o’quvchilarga muammoli masala va vaziyatlarni berib, o’quvchining masala yechimini topishga ijodiy yondashishi undagi hissiy irodaviy sifatlarni rivojlanishiga yordam beradi. Bu o’quvchilarni o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishiga imkoniyat, ichki ehtiyojning oshishiga turtki bo’ladi. «Kreativlik» tushunchasi «ijod» tushunchasi bilan bog’liq. Biroq, «kreativlik» tushunchasi tegishli lug’atlarda munosib differentsiyasini topmagan va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. O’nlab ilmiy ishlarda kreativlikning u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga qaramasdan, hozirgacha na muammoning o’ziga va na unga taalluqli bo’lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to’xtam mavjud emas.
Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmalilikdan foydalanish imkoniyatlari uning ko`rinishlari turli – tumanligiga asoslangan. Shuning uchun biz bu paragrafda boshlang`ich sinflar matematika darslarida qo`llaniladigan ko`rgazmali qo`llanmalarning turlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari haqida so`z yuritamiz. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o’qitishning trli xil ko`rgazmali qo`llanmalardan foydalaniladi; ular haqida quyidagi qisqacha ma`lumotlarni keltiramiz. Atrofimizdagi buyumlar. Bolalarning maktabga kelishining birinchi kunlaridan boshlab ularni sanashga hamda qo`shish va ayirish amallarini o`rgatishda atrofimizdagi buyumlardan sanoq materiali sifatida foydalanish mumkin, bunday material bo`lib kitoblar, daftarlar, qalamlar, sanoq cho`plari va shu kabilar xizmat qilishi mumkin. Ayrim buyumlardan keyinchalik geometriya elementlari bilan o`quvchilarni tanishtirishda foydalanishi mumkin. Ular bo`yicha turli fazoviy shakllarni ko`rsatish mumkin. Namoyish etiluvchi tasviriy qo`llanmalar. Bu turdagi ko`rgazmali qo`llanmalarga eng avvalo bolalarga tanish qator buyumlarning tasviri tushirilgan rasmlar va o`quv jadvallari (o`simliklar, hayvonlar, imoratlar, mashinalar va shu kabilar), rasamlar majmui o`rnatiladigan rasmlar (masalan, archaning tasviri va uning ostidagi maxsus tirqishlarga karton qo`ziqorinlar o`rnatilishi mumkin), applikatsiyalar.
Ular sanoq materiali sifatida ishlatilishi mumkin, bu esa o`qituvchining bolalarni sanashga o`rgatishdagi imkoniyatlarini ancha kehgaytiradi, yoki masalalarni tasvirlash uchun ishlatilishi mumkin. Bunday qo`llanmalarga misol keltiramiz. Rasmlar majmui yoki ularni yana buyumli rasmlar ham deyishadiki, ular uncha katta bo`lmagan, qattiq qog`ozdan tayyorlangan kartochkaalar ko`rinishida bo`lib, ularning har biriga rasmlar (yulduzchalar, olma, o`rdakcha, traktor va hokazo) tushirilgan bo`ladi.
Majmuada odatda 10 tadan bir xil kartochkalar joylashgan. Ularni ko`rsatish uchun majmuali polotno deb ataluvchi har bir qatorda 10 tadan cho`ntakcha tikilgan ikki qatorli qattiq material bo`lagi ishlatiladi. Polotno shuningdek kartondan ham tayyorlanishi mumkin. U doskada yoki devorga osiladi, cho`ntakchalarga rasmli kartochkalar yoki raqamlar o`rnatiladi (qo`yiladi). Majmuali polotno faqat sanoq materialini namoyish qilish uchun emas, balki, ikkinchi o`nlik ichidagi sonlarni nomerlashni va arifmetik amallarni o`rganishda ham ishlatiladi. Namoyish etiluvchi tasviriy qo`llanmalarga, shuningdek o`lchov asboblari va asboblar (masalan soat siferblati, strelkali tarozilar va boshqalar), o`lchov birliklari modellari (metr, litr va boshqalar), bolalarga yaxshi tanish mahsulotlarning maketlari kiradi. Modellar o`lchovlarni va o`lchashlarni o`rgatishda, maketlar – o`quvchilarning masalalar tuzishlarida tasvirlovchi material sifatida ishlatiladi. Nihoyat, namoyish etiluvchi tasviriy qo`llanmalarga turli geometrik shakllarning tasvirlari va modellari kiradi. Jadvallar. Jadvallar deb ma`lum tartibda, ko`proq ustunlar ko`rinishida, shuningdek matnli va matnsiz rasmlar va sxemalar tizimi birgalikda guruhlangan matnli va sonli yozuvlarga aytiladi. Bu barcha materiali birlashtiruvchi mavzu jadvalning sarlavhasida ko`rsatiladi. Jadvallar katta qog`oz varaqlarida nashr qilinadi va qulaylik uchun mato yoki kartonga yopishtiriladi. O`zining qo`llanilishiga qarab jadvallar quyidagi katta guruhlarga bo`linishlari mumkin:
a) bilishga oid;
b) ko`rsatma beruvchi;
c) mashq qildiruvchi;
d) ma`lumot beruvchi.
Albatta bu bo`lish qandaydir ma`noda shartlidir, chunki masalan, ma`lumot beruvchi jadvallar mashqlar bajarish uchun ham ishlatilishi mumkin va bunday holda mashq qildiruvchi vazifasini bajaradilar, ko`rsatma beruvchi jadvallar ma`lum ma`noda bilishga oid hamdir va hokazo. Bilishga oid jadvallarga yana shundaylari kiradilarki, ular o`zlarida yangi ma`lumotlarni saqlaydi va shuning uchun ham ko`pincha yangi materialni tushutirishda ishlatiladi. Ulardan takrorlash vaqtida o`quvchilarning bilimlatini kengaytirish va umumlashtirish uchun foydalanish mumkin. Bilishga oid jadvallarga misol sifatida nomerlash jadvalini keltirish mumkin. U yig`ma polotno bilan birgalikda tayyorlanib, sanoq birliklarining sinflari va xonalarini ko`rsatadi. Shu ko`rinishda u mashq qildirish uchun ham ishlatiladi. Bilishga oid jadvallarda yana quyidagilar ham kiradi: “Uzunlikni o`lchash”, “Og`irlikni o`lchash”, “Yuzani o`lchash” jadvallari. Ular asosiy miqdorlar haqida ko`rgazmali tasavvur beradilar va ular orasidagi munosabatlarni va qator boshqa narsalarni o`zida saqlaydi. Ko`rsatma beruvchi jadvallar sonlarni yozish, masalalar yechish, hisoblash malakalarini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan u yoki bu amallarni bajarish bo`yicha ko`rgazmali shaklda ko`rsatmalar beradilar.
Sanoq asboblari. Ko`rgazmali qo`llanmalarning bu turiga cho`tlar, abaklar, arifmetik quti kiradi. Cho`tlar (polga o`rnatiluvchi , sinf stoliga o`rnatiluvchi, o`quvchilarning) birinchi sinfdan boshlab qator yillar davomida o`quvchilarni sanoqqa o`rgatishda, sonlarni nomerlash va arifmetik amallarni o`rgatishda ishlatiladi. Namoyish qilinuvchi yoki sinf cho`tlarida avvaliga o`nta soqqali bitta simdan, so`ngra yigirmata soqqali ikkita simdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qolganlari bu vaqtda vaqtincha qog`oz varag`i bilan to`sib qo`yilgan bo`lishi kerak yoki ularni butunlay olib qo`yish kerak (buning uchun cho`tning yon tomonida burab chiqariladigan taxtacha bor). Namoyish qilinuvchi cho`tlarni shunday joylashtirish kerakki, o`quvchilarning o`tirgan joylari tomonidan qaraganda soqqalar o`ng tomonda joylashgan bo`lsin. Abak yoki sanoq taxtasi, odatda qo`lda yasalgan asbobdan iborat. U quyidagicha tayyorlanadi: taxminan 70 x 30 sm o`lchamli taxta yoki fanera bo`lagida uchta vertikal yo`lakchalar o`tkaziladiki, ular sonlarning uchta xonalariga mos keladi: birliklar, o`nliklar va yuzliklar. Qulaylik uchun yo`lakchalar turli ranglarga bo`yalishi munkin. Ularning har biriga yuqoridan pastga qarab 10 ta katta bo`lmagan mixlar qoqiladi va ularga fanerdan yoki kartondan yasalgan doirachalar ilinadi. Har bir doiracha xonaning bitta birligini bildiradi. Namoyish qilinuvchi abak boshqacha tayyorlanishi ham mumkin. Taxta o`rniga katta bo`lmagan karton varag`ini olish mumkin, mixlarni karton cho`ntakchalar bilan almashtirish mumkin.
O`lchov asboblari. O`quv jarayonida o`lchov asboblari ikkiyoqlama ahamiyatga ega. Birinchidan, ular turli xil ishlarni bajarishda o`lchashlar uchun, va`ni o`zining bevosita vazifasiga oid ishlarni bajarish uchun yoki amaliy mazmundagi masalalarda berilganlarni hosil qilishda qo`llanilishi mumkin. Ikkinchidan, ular o`lchovlarni va o`lchov birliklari orasidagi munosabatlarni o`rganishda yordamchi vositalar sifatida xizmat qilishlari mumkin. Boshlang`ich sinflardagi o`lchovlar uzunlikni, og`irlikni, sig`imni, yuzani o`lchash uchun ishlatiladi. Bunday asboblarga quyidagilar kiradi:
1. Chizg`ich, ugolniklar, metrli chizg`ich, ruletka, sirkul o`lchagich.
2. Pallali tarozilar, siferblatli tarozilar.
3. Metrli va yarim metrli cizg`ichlar.
4. Siferblat.
5. Paletka.
6. Sinf sirkuli. Diapozitivlar va diafilmlar. Diapozitivlar - bu shaffoq plastinkalardagi pozitiv tasvirlar bo`lib, ular maxsus apparat yordamida ekranga tushirilishi mo`ljallangan. O`quv jarayonida diapozitivlarning qo`llanilishi namoyish qilinuvchi tasviriy qo`llanmalarni qo`llashdan mohiyati jihatidan farq qilmaydi. Biroq ularning ixchamligi va bitta diapozitivni boshqasi bilan tezda almashtirish imkoniyati ularni juda ham qulay ko`rgazmali vositasi qiladi. Dasturning turli mavzulari, bo`limlari bo`yicha diapozitivlar seriyalari ishlab chiqarilgan.
Tasvirlar. Odatda tasvirlar deganda darslikdagi rasmlar, turli buyumlar va buyumlar guruhining sxematik tasvirlari, shuningdek rejalar, chizmalar, sxemalar, jadvallarni tushunamiz. Yuqorida qarab o`tilgan namoyish qilinuvchi ko`rgazmali qo`llanmalar kabi tasvirlar ham turli xil holatlarda ishlatiladi: sanoqqa va arifmetik amallarni bajarishga o`rgatishda, masalalar yechishga o`rgatishda, geometrik material bilan tanishtirishda va hokazolarda. Ularning yordamida so`z borayotgan buyumlar, bajarilayotgan amallar ko`rgazmali ko`rsatiladi yoki masalaning mazmuni tushuntiriladi. Zarur bo`lgan hollarda ayrim masalalarda tasvirlar katta qog`oz varag`ida yoki diapozitivlar ko`rinishida qilinishi mumkin. Murakkab bo`lmagan tasvirlar o`qituvchi tomonidasn sinf doskasida bajarilishi mumkin. Hozirgi paytda har bir sinf uchun matematik topshiriqli kartochkalar seriyasi ishlab chiqarilgan bo`lib, ular katta bo`lmagan matn va zarur sonli 41 material va tasvirlardan iborat. Bu kartochkalar masalalar tuzish va yechishga o`rgatish uchun mo`ljallangan.
Didaktik material. Matematik tushunchalarni, shuningdek hisoblash, o`lchash va grafik ko`nikma va malakalarni shkllantirish uchun boshlang`ich sinflarda turli xil didaktik materiallardan foydalanish zarur. Matematika bo`yicha didaktik material deb o`quvchilarning mustaqil ishlari uchun mo`ljallangan va ta`lim jarayonini individuallasahtirish va faollashtirish imkonini beruvchi o`quv qo`llanmalarga aytiladi. Matematika bo`yicha didaktik materialni quyiagi guruhlarga bo`lish mumkin:
a) predmetli didaktik material;
b) matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidagi didaktik material.
Predmetli didaktik materialga quyidagilar kiradi: sanoq cho`plari, turli xil geometrik shakllar majmui va shu kabilar. Predmetli didaktik materialdan yangi bilimlarni bayon qilishda ham, shuningdek ularni mustahkamlashda ham foydalanish zarur. Matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidagi didaktik material o`quvchilarning individual xususiyatlariga moslashishni ta`minlaydi. Ba`zi ko`rinishdagi kartochkalar o`quvchilarni matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidan ozod qiladiki, bu ko`proq mashqlar bajarishga imkon beradi. Sinf doskasidagi yozuvlar, chizmalar va sxemalar ko`pgazmalilik vositalarining biri sifatida.
Chizmalar va sxemalar predmetlar va hodisalarni, ularning faqat asosiy, eng muhim belgilarini saqlagan holda, shartli holda ifodalaydi. Chizmalar va sxemalar vositasida zarur bo`lgan hollarda predmet va hodisalar orasidagi aloqalarni, miqdorlar orasidagi bog`lanishlarni ko`rsatish mumkinki, bu masalaning mazmunini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun ular matematikaga o`qitishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Rasmlarni shartli belgilashlar, yo`lakchalar, kesmalar bilan almashtirish masalaning sxemasini beradi. Dastlabki paytlarda rasmlar va shartli belgilashlar bir vaqtda tasvirlanishlari mumkin. Keyin masala faqat shartli 42 belgilashlar bilan tasvirlanadi, bunda miqdorlar orasidagi nisbiy chizmadagi o`lchovlar orqali beriladi yoki strelkalar, chiziqlar, qavslar bilan ko`rsatiladi.


Yüklə 275,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə