Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida ko’rgazmali metodlardan foydalanish yordamida o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish. Kirish I bob


Boshlang`ich sinflar o`quvchilari tomonidan ko`pgazmali qo`llanmalarni tayyorlash masalalari



Yüklə 275,88 Kb.
səhifə7/9
tarix04.06.2023
ölçüsü275,88 Kb.
#115417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ORTIQOVA SHOXISTA KURS ISHI

2.2 Boshlang`ich sinflar o`quvchilari tomonidan ko`pgazmali qo`llanmalarni tayyorlash masalalari
Ko`pgina ko`pgazmali qo`llanmalar - jadvallar, ba`zi modellar, individual foydalanishga mo`ljallangan abaklar, paletkalar, sanoq matriallari, tarqatma materiallarning ba`zi ko`rinishlari va shu kabilarni o`quvchilarning o`zlari tayyorlashlari mumkin. U yoki bu ko`pgazmali qo`llanmalarni tayyorlashda o`quvchilarda so`zsiz ularga qiziqish paydo bo`ladi, uning qo`llanilishi va matematik tuzilishuni anglab yetish istagi paydo bo`ladi. Bu esa o`quv materialini yaxshiroq tushunishga, yaxshiroq o`zlashtirishga olib keladi. Ko`pgazmali qo`llanmalarni tayyorlash bo`yicha ishlash jarayonida predmetlararo aloqa amalga oshiriladi; bir tomondan o`quvchilar o`zlarining matematik bilim va tmalakalarini (hisoblash, o`lchash va yasash) qo`llaydilar, ikkinchi tomondan esa ular mehnat darslarida egallagan ko`nikmalari (qog`ozdan qirqish, yelimlash va boshqalar) ga tayanadilar. O`quvchilari tomonidan tayyorlanayotgan ko`pgazmali qo`llanmalar ularga qo`yilgan barcha talablarga javob berishlari kerak. O`quvchilar tomonidan yasash mumkin bo`lgan qo`lbola ko`pgazmali qo`llanmalarga misollar keltiramiz va ularni yasash usullarning qisqacha bayonini beramiz. Albatta, barcha ko`pgazmali qo`llanmalar o`qituvchi rahbarligida yoki uning ko`rsatmalari bo`yicha bajariladi. 1. Geometrik shakllar ko`rinishidagi ko`pgazmali qo`llanmalar (yulduzchalar, barglarning rasmlari va boshqalar) qog`oz varaqlari yoki kartondan yasaladi. Rasmni ko`paytirish uchun karton trafaret (qolip) lar yoki xom kartochka (rezina) dan o`yib ishlangan shtamplar qo`llaniladi. 2. Rasmli domino yoki loto. Domino kartonli kartochkalardan yasaladi va odatdagi dominodan shu bilan farq qiladiki, kartochkalarda doiraviy ochkolar o`rniga turli buyumlarniing guruhlari tasvirlanadi. Loto kartochkalarida ham buyumlarning guruhlari tasvirlanadi. Ammo bu erda ular sonlarning o`rniga ishlatiladi. Kartochkalarni berkituvchi fishkalardagi sonlar esa sonli toshlar bilan almashtiriladi. Rasmli domino va lotodagi o`yinlarning doiralari odatdagicha. Bolalar faqat sanashni o`rganibgina qolmay, balki turli buyumlardan tashkil topgan to`plamlarning miqdorlarini o`zaro taqqoslashni ham o`rganadilar. Kartochkalar va fishkalardan bo`sh tayyorgarlikka ega bo`lgan o`quvchilar bilan ishlash uchun yaka tartibda mashg`ulotlar o`tkazish uchun ham foydalanish mumkin. 3. Yakka tartibda foydalanish uchun abak. Katta bo`lmagan qattiq qog`oz bo`lagidan tayyorlanadi, u dastlabki uchta xona birliklariga mos holda uchta ustunlarga ajratib chizilgan bo`ladi. Har bir ustunda 10 tadan doirachalar yoki kvadratchalar teshiladi. Pastdan rangli qog`oz tikiladi yoki yelimlanadi. Uning yordamida teshilgan doiracha yoki kvadrat teshikchalar yaxshi ko`rinadi.
Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishga yo`naltirilgan ko`rgazmali qo`llanmalar ichida eng yangi, samonaviylari bo`lib axborot kommunatsion texnologiyalar alohida o`rinni egalladi. Ularni ta`lim jarayonida qo`llashninig bir qator ustunliklarga ega, xususan, ulardan foydalanish qulay, shuningdek qisqa vaqt ichida juda katta hajmdagi ma`lumotlarni o`quvchilar e`tiboriga havola qilish mumkin. Axborot kommunatsion texnologiyalar, xususan, proektor yordamida o`quv materialini ekranga tushirish orqali o`quv jarayoni samaradorligini ancha 46 ko`tarish mumkin. Hozirgi paytlarda slaydlar yordamida kerakli matn (ma`ruza, dars materiali, turli xil hisobotlar, bitiruy – malakaviy ish himoyasi va shu kabilar) ni taqdimotini tayyorlash va namoyish qilish ommaviy tus oldi. Shu sababli ushbu paragrafda “1 – sinfda murakkab masalalar yechish” mavzusi bo`yicha slaydlar (“Yuzlik” bo`limni) o`rganishda ketma – ket namoyish qilinadi. Birinchi slayd o`quvchilarni murakkab masala tuzilishini tushunishga olib keluvchi tayyarlovchi mashqlarni o`z ichiga oladi va u “Sonlarni nomerlash” mavzusini o`rganishda ishlatiladi.
Boshlang`ich sinflar uchun diafilmlar arifmetika bo`yicha ham, shuningdek geometrik materialni o`rganish bilan bog`liq mavzular bo`yicha ham ishlab chiqarilgan.
Ularning quyidagi ro`yxati tuzilgan.
Geometrik material.
Qiziqarli arifmetika.
Sonlarni geometrik shakllar bilan tasvirlash.
Sonlarni nuqtalar va kesmalar bilan tasvirlash.
2 - sinfda matematikani o`rganish (ko`paytirish jadvali).
To`g`ri to`rtburhak, uning perimetri va yuzi.
Sonlarni taqqoslash.
Sana, top, yech.
Tasvirlar.
Odatda tasvirlar deganda darslikdagi rasmlar, turli buyumlar va buyumlar guruhining sxematik tasvirlari, shuningdek rejalar, chizmalar, sxemalar, jadvallarni tushunamiz. Yuqorida qarab o`tilgan namoyish qilinuvchi ko`rgazmali qo`llanmalar kabi tasvirlar ham turli xil holatlarda ishlatiladi: sanoqqa va arifmetik amallarni bajarishga o`rgatishda, masalalar yechishga o`rgatishda, geometrik material bilan tanishtirishda va hokazolarda. Ularning yordamida so`z borayotgan buyumlar, bajarilayotgan amallar ko`rgazmali ko`rsatiladi yoki masalaning mazmuni tushuntiriladi. Zarur bo`lgan hollarda ayrim masalalarda tasvirlar katta qog`oz varag`ida yoki diapozitivlar ko`rinishida qilinishi mumkin. Murakkab bo`lmagan tasvirlar o`qituvchi tomonidasn sinf doskasida bajarilishi mumkin. Hozirgi paytda har bir sinf uchun matematik topshiriqli kartochkalar seriyasi ishlab chiqarilgan bo`lib, ular katta bo`lmagan matn va zarur sonli 41 material va tasvirlardan iborat. Bu kartochkalar masalalar tuzish va yechishga o`rgatish uchun mo`ljallangan.
Didaktik material. Matematik tushunchalarni, shuningdek hisoblash, o`lchash va grafik ko`nikma va malakalarni shkllantirish uchun boshlang`ich sinflarda turli xil didaktik materiallardan foydalanish zarur. Matematika bo`yicha didaktik material deb o`quvchilarning mustaqil ishlari uchun mo`ljallangan va ta`lim jarayonini individuallasahtirish va faollashtirish imkonini beruvchi o`quv qo`llanmalarga aytiladi. Matematika bo`yicha didaktik materialni quyiagi guruhlarga bo`lish mumkin:
a) predmetli didaktik material;
b) matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidagi didaktik material.
Predmetli didaktik materialga quyidagilar kiradi: sanoq cho`plari, turli xil geometrik shakllar majmui va shu kabilar. Predmetli didaktik materialdan yangi bilimlarni bayon qilishda ham, shuningdek ularni mustahkamlashda ham foydalanish zarur. Matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidagi didaktik material o`quvchilarning individual xususiyatlariga moslashishni ta`minlaydi. Ba`zi ko`rinishdagi kartochkalar o`quvchilarni matematik topshiriqli kartochkalar ko`rinishidan ozod qiladiki, bu ko`proq mashqlar bajarishga imkon beradi. Sinf doskasidagi yozuvlar, chizmalar va sxemalar ko`pgazmalilik vositalarining biri sifatida. Chizmalar va sxemalar predmetlar va hodisalarni, ularning faqat asosiy, eng muhim belgilarini saqlagan holda, shartli holda ifodalaydi. Chizmalar va sxemalar vositasida zarur bo`lgan hollarda predmet va hodisalar orasidagi aloqalarni, miqdorlar orasidagi bog`lanishlarni ko`rsatish mumkinki, bu masalaning mazmunini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun ular matematikaga o`qitishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Rasmlarni shartli belgilashlar, yo`lakchalar, kesmalar bilan almashtirish masalaning sxemasini beradi. Dastlabki paytlarda rasmlar va shartli belgilashlar bir vaqtda tasvirlanishlari mumkin. Keyin masala faqat shartli 42 belgilashlar bilan tasvirlanadi, bunda miqdorlar orasidagi nisbiy chizmadagi o`lchovlar orqali beriladi yoki strelkalar, chiziqlar, qavslar bilan ko`rsatiladi. Grafik tasvirlarning ko rinishidan biri diagrammalar hisoblanadi. Diagrammalar miqdorlar orasidagi bog`lanishlarni idrok etish uchun sodda va tushunishga oson shaklda ko`psatishga imkon beadi va o`quvchilarni to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi va funksiyalarning grafiklarini yasashning juda muhim g`oyalari bilan tanishtirishga yordam beradi. Ustunli, lentali, chiziqli, sektorli diagrammalar bir – biridan farq qiladilar. Boshlang`ich sinflarda ularning dastlabki uchta ko`rinishi qo`llaniladi.
1. Lentali diagrammalar, ustunli diagrammalardan yo`lakchalarning gopizontal joylashishi bilan farq qiladilar. O`quvchilarni ularni chizishga va o`qishga (ya`ni chizma yordamida ko`rsatilgan miqdorlar orasidagi bog`lanishlarni tushunish va tushuntira olish ko`nikmasini shakllanishiga), diagrammalardan foydalangan holda masalalar yechishga o`rgatiladi. Masalan, rasmda tasvirlangan lentali diagrammadan foydalanib, zarur o`lchashlarni bajarib, avtomobillarning o`rtacha tezliklarini aniqlash, so`ngra bu miqdorlarni masalada berilganlar sifatida olish mumkin.
Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishga yo`naltirilgan ko`rgazmali qo`llanmalar ichida eng yangi, samonaviylari bo`lib axborot kommunatsion texnologiyalar alohida o`rinni egalladi. Ularni ta`lim jarayonida qo`llashninig bir qator ustunliklarga ega, xususan, ulardan foydalanish qulay, shuningdek qisqa vaqt ichida juda katta hajmdagi ma`lumotlarni o`quvchilar e`tiboriga havola qilish mumkin. Axborot kommunatsion texnologiyalar, xususan, proektor yordamida o`quv materialini ekranga tushirish orqali o`quv jarayoni samaradorligini ancha 46 ko`tarish mumkin. Hozirgi paytlarda slaydlar yordamida kerakli matn (ma`ruza, dars materiali, turli xil hisobotlar, bitiruy – malakaviy ish himoyasi va shu kabilar) ni taqdimotini tayyorlash va namoyish qilish ommaviy tus oldi. Shu sababli ushbu paragrafda “1 – sinfda murakkab masalalar yechish” mavzusi bo`yicha slaydlar (“Yuzlik” bo`limni) o`rganishda ketma – ket namoyish qilinadi. Birinchi slayd o`quvchilarni murakkab masala tuzilishini tushunishga olib keluvchi tayyarlovchi mashqlarni o`z ichiga oladi va u “Sonlarni nomerlash” mavzusini o`rganishda ishlatiladi. Ikkinchi slayd esa murakkab masalalarni yechish ko`nikma va malakalarini shakllantirishga bag`ishlangan. Uchinchi slayd kadrlaridan “Qo`shish va ayirish” mavzusini o`rganishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 275,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə