Axborotlarni saqlash va izlash tamoyillari slayd



Yüklə 10,83 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü10,83 Kb.
#157577
  1   2   3

AXBOROTLARNI SAQLASH
Turdimamatov Bahromjon
REJA:
1. Ma’lumotlarning axborotli modellari . Faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli
2. Texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari va ularning turlari.
3. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
Axborotlarni saqlash;
Axborotlar ustida amalga oshiriladigan asosiy amallardan biri saqlash va jamlash bo’lib, malum bir vaqt oralig’ida unga kirish mumkinligini ta’minlashning bosh vositasi hisoblanadi. Hozirgi kunda berilganlar bazalari, berilganlar omborlari (saqlagichlar) bu amalni tadbiq qilish yo’nalishini aniqlovchilar hisoblanadi. Berilganlar ombori bir necha foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishi va saqlanishi mumkin bo’lgan o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plami sifatida qaralishi mumkin. Saqlanayotgan ma’lumotlar foydalanuvchilar dasturlariga bog’liq emas va o’zgartirishlar uchun umumiy boshqaruv usuli qo’llaniladi.
Har qanday predmet sohasida obyektlar uchun bajariladigan jarayonlar va funksiyalar, obyektlarning xossalari ma’lumotlar manbai bo’lib xizmat qiladi.
Har qanday predmet sohasini uch xil: real, formal va axborot ko’rinishida taqdim etish mumkin.
Shunga ko’ra axborotni olish jarayonini uch qavatli filtrdan o’tkazish deb qarash mumkin. Bunda to’g’ri taqdim etish (sintaktik qiymatlilik), ma’noviy qiymatliligi (semantik), iste’molchi qiymatliligi (paragmatik)ni baholash amalga oshiriladi.
Axborotni olishda ma’lumotlarni tahlil qilishning turli usul va shakllari muhim o’rin egallaydi:
qandaydir voqeaga bog’langan holatlarni qidirish;
vaqt bo„yicha voqealar ketma-ketligini topish;
vaqt bo’yicha voqealar ketma-ketligini topish;
rivojlanishga vaziyatning muhimlik parametrlarini (ta’sirini) baholash;
chegaralarini (kriteriy) qidirish yo’li bilan obyektni (voqea, vaziyat, jarayon) u yoki bu toifaga ajratish mumkin bo’lgan toifalash;
obyektlarni qandaydir belgilariga asosan guruhlash;
voqea va vaziyatlarni taxmin qilish (prognozlash).

Yüklə 10,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə