Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida ko’rgazmali metodlardan foydalanish yordamida o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish. Kirish I bob


Boshlang`ich matematik ta`limda ko`rgazmalilikning ahamiyati va turlari



Yüklə 275,88 Kb.
səhifə5/9
tarix04.06.2023
ölçüsü275,88 Kb.
#115417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ORTIQOVA SHOXISTA KURS ISHI

1.2 Boshlang`ich matematik ta`limda ko`rgazmalilikning ahamiyati va turlari
O’qitishning ko`rgazmali usullarini qo`llash Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asaridayoq o`z asosini topgan ko`rgazmalilikning didaktik tamoyillaridan kelub chiqadi. “... o`quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo`lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasi bilan, ya`ni ko`rish mumkin bo`lgan narsalarni ko`z bilan ko`rib, eshitish mumkin bo`lgan narsalarni quloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni tatib ko`rib, ushlab sezish mumkin bo`lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak” 1, - deb yozgan edi u. . O’qitishning ko`rgazmali usullarini barcha yirik pedagoglar ma`qullashgan va rivojlantirishgan. Xususan, I.G. Pestalotstsi bunday deb yozgan edi: “Mening eng muhim, boshlsng`ich nuqtai nazarim quyidagilardan iboratdir: tabiatning o`zini kishi tomonidan mushohada qilish (sezib idrok qilish) o`qitishning yagona haqiqiy poydevori hisoblanadi, chunki u (mushohada) inson bilimining yagona asosi hisoblanadi. Bundan keyin keladiganlarning hammasi ana shu hissiy idrokning shunchaki bir natijasi yoki mavhum tushunchasi hisoblanadi”. 2 I.G.Pestalotstsi ko`rgazmalilik tamoyilini ma`lum darajada boyitdi. U ko`rgazmalilikning zarurligini himoya qilish bilan bir vaqtda, sezgi organlari atrofimizdagi borliq to`g`risida tartibsiz ma`lumotlar olib keladi, deb hisoblagan edi. Ta`lim kuzatishlardagi tartibsizlikni yo`qotishi, buyumlarni aniq belgilab berishi, ularning bir turdagilarini va o`zaro yaqinlarini esa birlashtirishi, ya`ni tushunchani shakllantiririshi kerak. Ko`rgazmalilik to`g`risida ko`p ayuxannos solishyapti deb e`tiroz bildiruvchilarga A.Disterveg javob berib, bu to`g`ridagi gaplarni to`xtatish uchun hali vaqt kelgani yo`q, chunki minglab o`qituvchilar hozircha ta`limning abstrakt usulini qo`llashni davom ettirmoqdalar, deb ta`kidlagan edi. K.D.Ushinskiy ham ta`limning ko`rgazmali usuliga katta ahamiyat bergan edi, u ko`rgazmalilikni nutq hamda tafakkurni rivojlantirish bilan birga qo`shib ko`rgazmalilik uchun bunday kirish ilmiy dogmatizmga va ta`limning dogmatik usullariga, ilmiy dunyoqarashga qarshi bo`lganligi uchun ham u progressiv kurash edi. A.Disterveg va K.D.Ushinskiy kabi didaktlarning - ko`rgazmalilikni talab qilishdek talablarida ilmiy dunyoqarash yashiringan edi. O`quvchilar haqiqatni o`zlari o`rganishlari, haqiqiy dunyoni bevosita idrok qilish asosida bilishlari kerak edi. Ta`limda ko`rgazmalilikning ahamiyati oliy nerv faoliyatining ilmiy dunyoqarash ta`limotidan kelib chiqadi, ko`rgazmali vositalar kishining birinchi signal sistemasining ham rivojlanishiga samarali yordam qila oladi, deb faraz qilinadi.
Hissiy va nazariy bilish o`rtasida o`zaro bog`lanish uchun butunlay va hech qachon mavjud izchillik bo`lishi mumkin emas. Idrok qilish jarayonining o`ziyoq tafakkur jarayoni bilan sug`orilgan bo`lishi kerak. Hodisadan ilgarilovchi aks ettirishning P.K.Anoxin tomonidan ochilish arafasidagi bu xulosa ayniqsa aniq bo`lib turibdi. P.K. Anoxin ilgarilovchi aks ettirishni organizmning ba`zi hodisalarga u hali sodir bo`lmasidan ilgariroq reaktsiya bildirilishi, deb xarakterladi. Hodisalar orasidagi birinchi hisoblanuvchi A hodisaning ifodasi asosida oxirgi D hodisasi hosil bo`ladi, ya`ni sodir bo`lishi mumkin bo`lgan biron – bir hodisa ko`pincha bizning ongimizda avval o`z ma`nosini beradi, keyin esa u sodir bo`ladigan aks ettirish jarayoni jonli materiyaning noorganik olam – makon va zamon tuzilishiga nisbatan asosiy moslanish shakli bo`lib, undagi izchillik va takrorlanish asosiy vaqtinchalik parametrlar hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, ko`rgazmali tasavvur fikrlash jarayoni bilan hamisha biron – bir doirada o`zaro bog`liq. Bilim berish ko`rgazmalilikdan mavhumlikka qarab, shuningdek, umumlashtirilgan mavhumliklardan real ko`rgazmali ob`ektlarni, dalillarni, misollarni va hokazolarni tahlil qilishga tomon davom etishi mumkin. Pedagogikada ko`rgazmalilik g`oyasini rivojlantirishga L.V.Zankov jiddiy hissa qo`shdi, u o`qitishda so`z bilan ko`rgazmalilikni birlashtiirishning turli shakllarini maxsus tadbiq qildi va bulardan quyidagilarni eng asosiy deb hisobladi:
1 – shakl. Oqituvchi so`z vositasida o`quvchilarning kuzatishlariga rahbarlik qiladi.
2 – shakl. Oqituvchi so`z yordamida o`quvchilar tomonidan amalga oshirilgan ko`rgazmali ob`ektlarni kuzatishlar asosida o`quvchilarni hodisalar idrok jarayonida ko`rilishi mumkin bo`lmagan aloqalarni anglashga va ularni tarkib toptirishga olib keladi.
3 – shakl. Ob`ekt to`g`risidagi ma`lumotlarni o`quvchilar pedagogning og`zaki xabaridan oladilar, ko`rgazmali vositalar esa, og`zaki umumlashtirishlarni tasdiqlash va konkretlashtirish uchun xizmat qiladi.
4 – shakl. O`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ko`rgazmali ob`ektlarni kuzata borib, pedagog o`quvchilar bevosita idrok qilmaydigan hodisalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida ma`lumotlar beradi. Shunday qilib, so`z bilan ko`rgazmalilik o`rtasida bog`lanishning xilma – xil shakllari mavjud ekan. Ammo ulardan birortasiga to`la ustunlik beradigan bo`lsak, unda xato qilgan bo`lardik, chunki o`qitish vazifalarining xususiyatlari har bir konkret holatda mavzuning mazmuni, mavjud ko`rgazmali vositalarning xarakteri, shuningdek, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko`ra eng ratsional birikuvini tanlash ma`qul. O’qitish jarayonida ko`rgazmalilik tamoyilini qo`llashning muximligini o`qish jarayonida o`rganiyotgan ob`ekt va hodisalarni hissiy idrok qilishga, ularni “jonli mushohada” etishga, bilish faoliyatida konkret va abstrakt, hissiy, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga katta e`tibor beruvchi ilmiy nazariya nuqtai nazaridan tushuntirish mumkin.
Ko`rgazmalilikning o`quv jarayonida nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi to`g`risida kundalik kuzatishlar va kishilarning kundalik ish tajribalarigina emas (yuz marta eshitgandan ko`ra, bir marta ko`rgan yaxshi), balki maxsus tajribalar ham guvohlik beradi.
Ko`rgazmali idrok katta imkoniyatlarga ega. Eslab qolishda ko`rgazmali-likning o`zi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan birlashtirilishi eng yuqori samaradorlikka ega bo`ladi. Bu o`qitish usullarining eng samarali birikmasini izlash zarurligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ayrim didaktik qo`llanmalarda ko`rgazmalilik tomoyilini o`quv – bilish faoliyatidagi jonli mushohada va abstrakt tafakkurning organik bog`liqligini ta`kidlab, konkret hamda abstraktning birligi sifatida talqin qilinishi bejiz emas. Ana shu aytilganlarga ko`ra bilishning o`qitish jarayonidagi individual yo`lini hissiy hamda nazariy bilishning birligi sifatida rejalashtirish va tashkil etish kerak. Bunda har – xil ziddiyatlar yuzaga keladi. Masalan, tajriba yoki kuzatish natijasi sifatidagi hissiy bilish hamma vaqt ham nazariy o`ylab topilgan va umumlshtirilgan bo`lavermasligi yoki, aksincha, yuksak nazariy abstraktsiya hamisha ham hissiy jihatdan etarli darajada mustahkamlanmagan bo`lishi mumkin. Bu qarama – qarshiliklarni bilish jarayonida hisobga olish va hal qilish kerak. Oqitish sharoitida qo`llaniladigan ko`rgazmalilik vositalariga quyidagilar kiradi: O`qituvchining namoyish qilishi, ekskursiya, sayir va hokazolar davomida o`quvchilar tanishadigan asl holidagi tabiiy ob`ektlar; Real ob`ektlarni aks ettiruvchi maxsus tayyorlanadigan illyustratsiya – tasviriy vositalar – plakatlar, sxemalar, rasmlar, fotosuratlar, grafik qo`llanmalar va horazolar, shuningdek, hajmli geometrik shakllar, jismlar, mulyajlar va boshqalar;
Ko`rgazmalilikning shartli – ramziy vositalari – kartalar, globuslar, telluriylar va boshqalar; Tabiiy – matematik yo`nalishdagi predmetlarni o`rganishda qo`llaniladigan namoyish qilish asboblari, modellari va boshqalar;
Ko`rgazmalilikning texnik namoyish qilish vositalari – kinofilm, diafilm, diapozitivlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va shunga o`xshashlar;
Tovush, ko`rish – eshitish vositalari – videoyozuv, videofilmlar va hokazolar. Shundan ta`limning ko`rgazmali usullarini ikkita yirik kichik guruhi: illyustratsiua usullari va namoyish qilish usullari mavjud degan xulosa kelib chiqadi. O’qitishning yassi vositalarini illyustratsiua qilish usullari plakatlar, sxemalar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar, grafik qo`llanmalar va boshqalarni ko`rsatishni o`z ichiga oladi.
O’qitishning hajmli vositalarini namoyish qilish usullari asbob va uskunalarni namoyish qilishni; dinamik qo`llanmalar, asl holidagi tabiiy ob`ektlarni ko`rsatishni; texnik namoyish qilish vositalari – kinofilm, diafilm, diapozitivlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari; tovush, ko`rish – eshitish vositalari ( videoyozuvlar, videofilmlar) va hokazolarni nazarda tutadi. Ko`rgazmalilik vositalarini illyustrativ va namoyish qilish vositalariga bunday ajratish o`qitish amaliyotida tarixiy qaror topgan. Bu ko`rgazmalilikning ayrim vositalarini illyustrativ vositalar guruhiga ham, namoyish qilish vositalari guruhiga ham kiritish imkoniyatini inkor qilmaydi. Bu, masalan, sxemalarni kompyuter orqali ko`rsatish va boshqalarga taalluqlidir.
Oqitishning ko`rgazmali usullarini eng samarali qo`llash mezoniga muvofiq kelishligi uchun o`qituvchi ulrni tanlayotganda bir qator talablarga rioya qilishi zarur. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

  1. Ko`rgazmali usullarni tanlashda ularnig quyidagi didaktik vazifalarini ancha muvaffaqiyatli hal qilish nazarda tutilsin:

  2. O`quvchilarda ko`rgazmali – obrazli tafakkurni rivoflantirishga yordam berishlari; Har qanday o`quv materialini o`zlashtirishda diqqatni faollashtirish vositasi rolini bajarishlari;

  3. O`quvchilarning o`quv – bilishga doir faoliyatini faollashtirishga yordamlashishi; O`rganiladigan nazariy masalalarni konkretlashtirishga imkon berishligi;

  4. O`quvchilarning dars davomida aynan kuzatish predmeti bo`la olmaydigan o`rganiladigan masalalarni amalda qo`llanilishini ko`rsatish sohasini kengaytirishi;

  5. Bevosita kuzatilmaydigan bir qator jarayonlarni va hodisalarni modellashtirish uchun imkoniyatlar yaratilishi;

  6. O`rganilgan hodisalarni sxemalarda, jadvallrda va hokazolarda aniq qilib sistemalashtirish va klassifikatsiya qilishi;

  7. O`qishga bo`lgan qiziqishni rag`batlantirish, samarali o`qish uchun ko`rsatmalar yaratish usullari rolini baajarishi;

  8. O`quv materialining qanchalik o`zlashtirilganligi to`g`risida konkretlashtiril-gan shaklda ma`lumot olish imkoniyatini beradi.

2. Bu aytilganlardan ko`rgazmalilik qancha ko`p qo`llanilsa, shuncha yaxshi bo`lar ekan degan ma`no kelib chiqmasligi kerak. Chunki ko`rgazmalilikni eng samarali qo`llash, bu undan maqsadga muvofiq foydalanish degan ma`noni bildiradi. Shuning uchun ham o`qituvchi dasturda va metolik qo`llanmalarda keltiriladigan namoyish qilishning tavsiya qilingan ro`yxatidan, birinchi navbatda, darsning asosiy vazifasini hal qilishga, o`rganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini o`zlashtirishga bevosita yo`llanganlarini tanlab olishi kerak. Namoyishga darsning davomida asosiy e`tibor beriladi, u puxtaroq tahlil qilinadi, asosiy xulosalar ular yuzasidan qilinadi. Bir mavzudagi ikkita ko`rgazmali vositadan qo`yilgan vazifani yaxshiroq va kamroq vaqt sarflab hal qiladiganini tanlash kerak.
3. Asosiy usullardan tashqari, ayrim qo`shimcha ko`rgazmali usullar tanlanib, ulardan bo`sh vaqt bo`lganda yoki qiyinchilik yuzaga kelgan hollarda o`rganilayotgan masalani yaxshiroq tushuntirishga imkon beradigan vositalat sifatida foydalanish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, namoyish hajmini oshirib yuborish vaqtni ko`p sarflashga olib kelibgina qolmay, balki o`quvchilar e`tiborini o`rganilayotgan materialning mohiyatidan ham chalg`itadi.
4. Ko`rgazmali usullarni tanlashda tegishli sinfning xususiyati, sinfdagi o`quvchilar tafakkurlarining ustun ko`rinishi - og`zaki-mantiqiy yoki ko`rgazmali - obrazli ekanligi hisobga olinadi. Birinchi holda ko`rgazmalilik birmuncha oz yoki ular ko`proq abstraktsiyalashtirilgan ko`rinishlarda qo`llaniladi. Ikkinchi holda ko`rgazmali usullarning salmog`i ortadi.
5. Oquv materialini mustahkamlash va takrorlash jarayonida o`zlashtirilgan bilimlarni boshqa ob`ektlarga ko`chirishga va shu orqali ularni chuqurroq, tushungan holda o`zlashtirishga imkon beradigan yangi ko`rgazmali 26 qurollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O`z – o`zidan ma`lumki, qo`llaniladigan ko`rgazmali vositalarni o`quvchilar to`la tushuna oladigan bo`lishi va ularni o`zlashtirish ortiqcha vaqt sarflashni talab qilmaydigan bo`lishi kerak.
6. Ko`rgazmali usullarni qo`llashning, masalan, fizika, kimyo va biologiyadan tajribalar o`tkazidhning samaradorligini oshirish uchun o`quvchilar oldiga tajribadan ko`zlanayotgan maqsadni aniq qilib qo`yish kerak. Bu o`quvchilar diqqatini kuchaytiradi, uni davomliroq va barqaror qiladi. O`quvchilar qo`yilgan savollarga javob berar ekanlar, ko`rgazmali axborot ustida faol fikr yuritadilar, ko`tarilgan muammolarni hal qilish yo`llarini o`zlari qidiradilar va shuning uchun ham o`quv materialini faol o`zlashtiradilar. Ko`rgazmali qurollarni maqsadsiz naamoyish qilaverish darslarda juda ko`p vaqtni oladi va hatto darsning umumiy maqsadiga erishish nuqtai nazaridan zararli ham bo`lib chiqadi.
7. Ko`rgazmalilik ob`ektlarining o`zi faollashtiruvchi vositalar rolini o`tashiga qaramay, mana shu ko`rgazmalilik ob`ektlariga nisbatan o`quvchilarning qiziqishlarini oshirishning maxsus usullarini qo`llash foydalidir. Masalan, sxemalar, katta jadvallar, klassifikatsiyali plakatlar ko`pincha o`quvchilarning ko`pchiligida bevosita qiziqish uyg`otmaydi, o`zining tashqi murakkabligi bilan xatto ularni cho`chitadi. Mana shu o`rinda ularga nisbatan qiziqishni oshirish usullarini qo`llash zarurdir. Bu yerda evristik savollar, muammoli elementli xarakterdagi maqsadli ko`rsatmalar, jadval, sxema bilan tanishilgandan keyin olinadigan o`qitish natijalartining ahamiyatini tushuntirish, o`tkaziladigan tajribalarning his - hayajonli bo`lishi va hokazolar yordam beradi.
8. Tajribalarni, laboratoriya qurilmalarini va asbob – uskunalarni namoyish qilishda ularning tuzilishini aniq tushuntirish, butun sinf uchun to`la ko`rinishini ta`minlash (ko`rinishini ta`minlash usullari alohida ko`rsatiladi), murakkab tajribalarni qismlarga bo`lish, tushuntirishlarni doskaga ilingan rasmlar, daftardagi yozuvlar bilan qo`shib olib borish, ba`zida esa o`quvchilarga ko`rinmaydigan asboblarning ichki tuzilishini o`zlashtirishga yordam beruvchi plakatlar va sxemalar shaklidagi tayyor rasmlardan ham foydalahish kerak. Murakkab tajribalar o`tkazilayotganda rasmlar chizish asbob bilan tanishilayotgan vaqtda, oddiylarida - tajriba o`tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
9. Eng samaralilashtirish tamoyili kutilgan samaraga eng qisqa vaqt ichida erishish uchun namoyishlarning qisqa muddatli bo`lishini talab etadi. Buning uchun namoyishlarni yaxshi tayyorlash kerak. Masalan, issiqlik bo`yicha tajribalar o`tkazishda oldindan isitib qo`yilgan suvdan foydalanish kerak, uni o`quvchilar ko`zi oldida isitmaslik kerak, bu ko`p vaqtni oladi. Tajribalarning qisqa muddatliligi o`qituvchining mashqlarni muvaffaqiyatli o`tkazishini, elektrostatika bo`yicha tajribalar o`tkazishdagi yuz berishi mumkin bo`lgan turg`un to`xtashlar (asboblarning lampasi qizib ketishi va hokazo) ning oldini olishni ta`minlaydi. Tajribani qisqa va aniq tushuntirish, tajriba davomida o`quvchilar bilan eng muhim masalalar yuzasidan qisqagina suhbat o`tkazish vaqtni tejash imkonini beradi.
Hozirga sharoitda asosiy e`tibor ko`rgazmalilikning yangi vositasi hisoblanuvchi – individual foydalaniladigan kompyutorlarni qo`llashga qaratilishi kerak. Maktab islohoti haqidagi hujjatlarda barcha o`rta maktablarda elektron hisoblash texnikasi xonalarini yaratish, o`quv jarayoniga kompyutorlarni joriy qilish vazifasi qo`yilgan. Bu o`quvchilar uchun, bir tomondan, atrofdagi ishlab chiqarish voqeligidagi shunday texnik qurilmalar bilan yaxshi tanishib olish imkonini beradi. Lekin gap faqat bunda emas. Individual kompyutorlar o`quvchilarga odatda ular darslik matnini o`zlashtirib olishadigan ko`pgina jarayonlarni yaqqol, buning ustiga o`sishni ko`rish imkonini beradi. Kompyutorlar muayyan jarayonlarni va vaziyatlarni modellashtirish, mumkin bo`lgan bir qator yechimlardan muayyan mezonlarfa ko`ra eng samaralilarini tanlash, ya`ni o`quv jarayonida ko`rgazmali usullarning imkoniyatlarini ancha kengaytirishga yordam beradi.


Yüklə 275,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə