Matematikani o`qitish tamoyillari,shakllari va uslublari



Yüklə 72,79 Kb.
səhifə12/28
tarix13.05.2022
ölçüsü72,79 Kb.
#86903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
1-ma’ruza. MOMning predmeti, maqsadi va vazifasi 5e731cd3467186c0278bc8389dda0f6

Matematika o‘qitish uslubiyati pedagogik fan bo‘lganligi uchun tabiiy ravishda pedagogika fani yutuqlariga tayanadi. Bundan tashqari u psixologiya qonuniyatlari asosida matematika o‘qitish qonuniyatlarini ochib beradi, chunki ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ma’lum guruhi(sinf) va hatto ayrim o‘quvchilar xususiyatlariga e’tibor berish, ularning qiziqish va diqqat-e’tiborlari, xotiralarini hisobga olish, o‘zlashtirish bosqichlari, aql, xulqi xususiyatlari va h.k.larni hisobga olish talab etiladi.

Maktabda matematika o‘qitish uslubiyati mantiqqa ham tayanadi. Bunga sabab bir tomondan matematika o‘qitish bir vaqtning o‘zida mantiqiy matematik tilga o‘rgatish hisoblansa, ikkinchi tomondan, fan sifatida matematikaning o‘zi mantiq qonunlari asosida qurilgan.

Maktabda matematika o‘qitishda asosiy narsa o‘qituvchining pedagogik mahorati bo‘lib, u hech qanday ta’rif va tavsifga muhtoj emas, chunki bu san’atdir. San’atni o‘rganish lozim, san’atni egallash kerak. Pedagogik mahoratni egallashdagi birinchi va zarur bosqichlardan biri matematika o‘qitish uslubiyatini o‘rganish hisoblanadi.


Yüklə 72,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə