Mashg’ulot turi: Yangi bilim beruvchi. Mashg’ulot metodi



Yüklə 60,97 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü60,97 Kb.
#163249
  1   2   3   4   5
3-mavzu


3- SEMINAR MASHG’ULOT (2 soat)
Mavzu: Pedagоgika fan sifatida. Pedagоgik ilmiy tadqiqоt metоdlar
O’qituvchining maqsadi: Talabalarga pedagogikaning umumiy asoslari haqida tushunchalar berish va o’rgatish.
Mashg’ulot turi:Yangi bilim beruvchi.
Mashg’ulot metodi: aqliy hujum, “BBB strategiyasi”, savol-javob.
Mashg’ulot shakli: Jamoa bilin ishlash.
Mashg’ulot jihozi: “Pedagogika”, “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” o’quv qo’llanmalari va darsliklari.
Mashg’ulot rejasi:
1. Pedagogika fani haqida umumiy tushuncha.
2. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
3. Pedagogika fani tizimi va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi.
4. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«yetaklamoq» degan ma’noni bildiruvchi lotincha «paydagogos» so’zlaridan paydo bo’lishi quyidagicha izohlanadi: Eramizdan oldingi I asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas’ul bo’lgan. quldorning bolasini yetaklab maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o’qituvchilarni «didaskallar» (didayko-men o’qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Ya.A.Komenskiy ta’kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar va bu so’z hozir ham ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchilarga nisbatan qo’llaniladi.
Pedagogika fanining ob’yekti asosan maktab o’quvchilaridir, predmeti esa o’quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir.
Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talabalariga va o’quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o’rganib borishni o’rgatadi, tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo’llarini ko’rsatib beradi.
Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta’lim», «tarbiya», hamda «ma’lumot» degan so’zlarni ishlatdik. Bu so’zlar o’zoro bog’langan bo’lib, bir-birini to’ldiradi. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya-tushunchalari deb nomlaymiz. Bulardan tashqari «o’quvchi», «o’qituvchi», «metod», «intizom», «jamoa», «irsiyat», «muhit», «direktor» va hokazo kabi tushuncha-nomlar mavjudki, bu haqida mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to’xtaymiz.
Ma’lumki, tarbiya tushunchasi o’sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot-dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.

Yüklə 60,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə