Mashg’ulot turi: Yangi bilim beruvchi. Mashg’ulot metodi



Yüklə 60,97 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü60,97 Kb.
#163249
1   2   3   4   5
3-mavzu

Tarbiya deb tarbiyachi o’zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi.
Tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. SHu tufayli tarbiya so’zi ko’p vaqtlarda ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya ta’lim va ma’lumot natijalarini o’zida aks ettiradi.
Ta’lim maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Agar tarbiya bola tug’ilganidan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta’sirida shakllansa, kamol topsa, ta’lim chegaralangan (masalan, sinf xonasi, laboratoriya, kabinetlarda) joyda tashkil etiladi. O’qituvchi—tarbiyachi rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi.
Ma’lumot-ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Ta’lim, tarbiya va ma’lumot uyg’unlashgan yagona jarayon bo’lib o’qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik qiladi.
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar kabi ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma’lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanadi va o’zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya va sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Ma’lumki, turli sohada bilim oluvchi o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalashning nazariy hamda amaliy tomonlarini yolg’iz pedagogika fanining o’zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo’lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalash va o’qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug’ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma’rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o’rganadi), kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o’quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurol-yarog’lardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash yo’nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir.
Pedagogika faqat sog’lom o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilangina emas, balki kamolotida qusuri bor bolalar ta’lim- tarbiyasi bilan ham shug’ullanadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish), tiflopedagogika (ko’zi ojiz bolalarni tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi.
Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniqlashda katta islohiy o’zgarishlar bo’ldi. Bu o’zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o’z aksini topishi lozim.
Pedagogika fanida bu ulug’vor vazifa har bir o’quv fani o’qitishda «Milliy ta’lim modeli»dan kelib chiqib, har bir mavzu tushunchalarning ta’limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi funktsiyalarini olishning metodologik, tarbiya nazariyasi va amaliyoti, ta’lim nazariyasi va amaliyoti, ta’lim tizimini boshqarish, pedagogika tarixiga doir bo’limlarida asoslab beriladi.



Yüklə 60,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə