Maruza: Sement, sementning maxsus turlari


Sulfat muhitiga chidamli sement



Yüklə 22,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü22,29 Mb.
#145715
1   2   3   4   5
Maruza Sement, sementning maxsus turlari.

Sulfat muhitiga chidamli sement
-tarkibida S3S 50% gacha, S3A 5%
gacha va S3A+S4AF esa 22% gacha bo‘ladi. Sementning bu turi sulfat
kislotasi qoldiqlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda, sho‘rxoq yerlarda
ishlatishga mo‘ljallangan. S3A ning minimal miqdorda bo‘lishi undan
sovuqqa chidamliligi yuqori beton olishda foydalaniladi. Bu sementni
olishda, unga gidravlik qo‘shimchalar qo‘shilmaydi, faqat 
gips
,
plastifikator
lar va 
gidrofoblovchi
moddalar kiritilishi mumkin.


Aktiv mineral qo‘shimchalar (AMQ) tabiiy va sun’iy
bo‘lishi mumkin. Tabiiylariga diatomit, trepel, opoka,
gliej, vulqon kuli, tuf, pemza, trass va sh.k.,
sun’iylariga esa donali domna shlaki, kullar, shlam
chiqindilari va sh.k. lar kiradi. Sementga AMQ larning
kiritilishi ular tarkibidagi aktiv kremnezemning (SiO2)
sement gidratatsiyasidan hosil bo‘lgan Sa(ON)2 bilan
reaksiyaga kirishib, havoda va suvda qotadigan kalsiy
gidrosilikatlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada
sement klinkeri tejalishi bilan birga suv va boshqa
agressiv muhitlarga chidamli sementning turlarini
hosil qilish mumkin.
Mineral qo‘shimchali sementlar.
diatomit
opoka
vulqon tufi
pemza


Pussolanli portlandsement (PPS)
-klinker, gips va aktiv mineral qo‘shimchalarni
birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bunda cho‘kindi jinslar (diatomit, opoka, trepel)
20-30%, vulqondan hosil bo‘lgan jinslar (pemza, tuf), gliej va yoqilg‘i kullari 25-40%
atrofida klinker tarkibiga kiritiladi. Aktiv mineral qo‘shimchalar tarkibidagi aktiv
kremnezem quyidagi reaksiyaga binoan Sa(ON)2 bilan birikadi: 
mSa(ON)2 SiO2akt nH2O (0,8-15)CaO.SiO2 .pH2O 
Kalsiy gidroksidning biriktirilishi sement toshi birinchi turdagi korroziyasini
ogohlantiradi va mustahkamlikni oshiradi. Pussolanli-sement normal sharoitda
oddiy sementga nisbatan sekin qotadi. Bu turdagi sement asosidagi betonlar nam
va suvli sharoitlarda ishlatilganda gidrat birikmalaridan suvning bug‘lanishi
hisobiga kirishadi va qisman mustahkamligini yo‘qotadi.

Yüklə 22,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə