Gidrofob
sement
Gidrofob sement-klinker tuyulayotganda 0,1-0,2% milonaft, asidol, yog‘li
kislotalar, kub qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi.
Bu sement oddiy
sementga nisbatan gigroskopikligi kam bo‘lib, tashish va saqlashda
aktivligini yo‘qotmaydi. Gidrofob qo‘shimchalar beton va qorishmalarni
qisman plastifitsirlaydi,
harakatchanligini oshiradi, keyinchalik buyum va
konstruksiyalarga yuqori darajada sovuqqa chidamlilikni, suv
o‘tkazmaslikni ta’minlaydi. Sementda gidrofob effekt bir necha 10 yillar
davomida saqlanishi mumkin.
Oq va rangli portlandsementlar.
Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq soztuproq asosida olinadi.
Ular tarkibida
temir va marganes oksidlari va shu kabi qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, aks
holda sement noxush ranglarda bo‘lishi mumkin. Xomashyo gaz yoqilg‘isida
kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni yoki rangi chiqmaydigan metallardan
tayyorlangan sharchalar yordamida maydalab kukun holatiga keltiriladi. Oq
sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi. Talabga ko‘ra oppoqlik
koeffitsienti (absolyut shkala vositasida, %)
nurni qaytarish koeffitsenti
yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsient oq sement 1-navi 80% dan,
2-navi 75% va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak. Rangli sementlar oq sementga
ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra, temir suriki va sh.k.) aralashtirib
olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish qorishmalari,
zinapoyalar, bordyur
toshlari, piyoda yo‘llari, arxitektura qismlari olishda ishlatiladi.
Tamponaj portlandsement-klinker, gips va turli qo‘shimchalar
asosida olinadi va asosan neft va gaz burg‘ulash ishlarida ishlatiladi.
Sement sovuq (22±20S) va issiq (75±30S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi.
Tamponaj sement og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va
gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan
asosiy
talab 4x4x16 sm to‘sinchalarning (S2S=0,5) egilishdagi mustahkamlik
chegarasidir.
Tamponaj portlandsement