Past haroratda kuydirilgan sement
Past haroratda kuydirilgan sement-birinchi marta O‘zbekistonda professor B.I.Nudelman tomonidan ixtiro
qilingan bo‘lib, alinitli sement deb ataladi. Alinitli sement xomashyosi tarkibiga kalsiy xlorid (SaCl2) tuzi
qo‘shiladi. Xomash
ѐ
tarkibiga SaCl2 qo‘shilishi, sementni pishirish haroratini 1100-12000S gacha
pasaytiradi. Alinit sementini tayyorlash katta miqdorda energiya sarfini tejaydi va iqtisodiy samaradorlikni
oshiradi. Alinit sementi tarkibida qolgan xlor ionlari u asosida tayyorlangan temirbeton konstruksiyalar
armaturasini yemirishi mumkin. Bunday ta’sirni kamaytirish maqsadida sement yoki beton tarkibiga turli
xildagi metallning xlorli korroziyasini ogoxlantiruvchi ingibitorlar qo‘shish zarur. Sulfomineral sementlar
SAS-fosfatli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda chiqindi hisoblangan fosfogips asosida professor T.A.Otaqo‘ziev
yaratgan texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Tez qotuvchan yuqori mustahkamlikdagi oddiy va oq
sulfomineral sementlar fosfogipsga kaolinit glinasi, boyitilmagan temirli boksitlar va ohaktoshlar
aralashtirib tay
ѐ
rlangan hom ashyoni 1200-12500S haroratda kuydirib olinadi. SAS sementlarni
kuydirishda yonilg‘i sarfi 30% kamayadi, aylanma xumdonning unumdorligi 25% ortadi. SAS sementi
asosidagi materiallar atmosfera, suv muhitiga, sovuqqa chidamli bo‘ladi, ammo kompozitsion material
qorila
ѐ
tganda suvning sarfi biroz ko‘payadi. SAS sementini oddiy portlandsement bilan 40-60% miqdorda
aralashtirib yuqori mustahkamlikdagi va o‘ta tez qotuvchan sementlar va ular asosida qurilish
qorishmalari va betonlar tayyorlash mumkin.