Ma’ruza materiallari 1


III. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari



Yüklə 454,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.04.2023
ölçüsü454,55 Kb.
#107487
1   2   3   4   5   6   7   8
III. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari 
1. Milliy xavfsizlik organlarining faoliyati qonuniylik, Qonun oldida 
hammaning tengligi, shaxsni, uning huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, 
insonparvarlik va baynalmilallik prinsiplari asosiga quriladi. 
2. Milliy xavfsizlik organlari o‘z faoliyatlarini fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiradilar. 
IV. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik organlarining huquqlari 
O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik organlari o‘zlariga yuklatilgan 
majburiyatlarni bajarish uchun: 
1. O‘zbekiston qonuni bilan tergov qilish milliy xavfsizlik organlari ixtiyoriga 
o‘tkazilgan jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni ochish maqsadida, shu 
jumladan, texnika vositalaridan foydalangan holda, oshkora va nooshkora operativ-
qidiruv tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradilar, olingan ma’lumotlardan 
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda foydalanadilar. 
2. Milliy xavfsizlik organlari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish 
uchun fuqarolarning roziligi bilan oshkoralik va nooshkoralik asosida ularning 
yordamidan foydalanadilar, shu jumladan, ko‘ngilli asosda fuqarolarni xavfsizlik 
organlarining shtatsiz xodimlari sifatida jalb qiladilar. 
3. Chet davlatlar va chet el tashkilotlari maxsus xizmatlarining O‘zbekistonga 
qarshi 
razvedka-qo‘poruvchilik 
faoliyatini, konstitutsiyaviy tuzumga va 
respublikaning mustaqillik huquqiga qarshi tajovuzkorliklarning payini qirqish 
maqsadida, keyinchalik prokurorni xabardor qilib, pochta jo‘natmalarini 
tekshiradilar, telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalaridan foydalanib 
gaplashuvchi ayrim shaxslarning gaplarini eshitadilar, shuningdek tergov qilish 
O‘zbekiston qonuni bilan milliy xavfsizlik organlariga berilgan jinoyatlarni sodir 
etish va ularga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini ko‘rsatuvchi yetarli ma’lumotlar 
bo‘lganda, bu chora-tadbirlar natijasida jinoiy ish bo‘yicha dalil bo‘luvchi 
ma’lumotlar olinadi, degan asos bo‘lgan hollarda bu shaxslar tomonidan 
foydalaniladigan texnik aloqa kanallaridan axborotlarni oladilar. 


4. Ichki ishlar organlari bilan birga o‘zaro hamkorlikda jinoyatlarning oldini 
olish va ularni ochib tashlash uchun operativ-qidiruv tadbirlarini amalga oshiradilar. 
5. Ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda xavfsizlikni ta’minlash 
yuzasidan tadbirlar o‘tkazish uchun bu organlarning kuchi va vositalarini jalb 
qiladilar. 
6. Tergov qilish qonun bilan milliy xavfsizlik organlari ixtiyoriga berilgan 
jinoyatlarni sodir qilganlikda asosli ravishda shubhalanilgan yoxud jinoyatlar sodir 
qilgan fuqarolarning, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini, shuningdek, 
bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik organlari zimmasiga yuklatilgan qoidalarga 
rioya qilinishini tekshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni tekshiradilar. 
7. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat korxonalariga tegishli
shoshilinch hollarda esa fuqarolarga tegishli aloqa vositalaridan xizmat maqsadlarida 
moneliksiz foydalanadilar. 
8. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, 
jamoat birlashmalariga yoki fuqarolarga tegishli (chet davlatlar, xalqaro 
tashkilotlarning diplomatiya vakilliklari, konsullik va boshqa muassasalaridan 
tashqari) transport vositalaridan jinoyatlarning oldini olish, jinoyat sodir etgan yoki 
jinoyat qilganlikda shubhalanilayotgan shaxslarni kuzatish va ushlash, shoshilinch 
tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni davolash muassasalariga yetkazish uchun
shuningdek, voqea sodir etilgan yoki tabiiy ofat ro‘y bergan joyga yetib borish uchun 
foydalanadilar. Transport vositalari egalarining talabiga ko‘ra milliy xavfsizlik 
organlari oqibat-natijada ularga keltirilgan zararni belgilangan tartibda to‘laydilar. 
9. Tekshirish qonun bilan milliy xavfsizlik organlari ixtiyoriga berilgan 
jinoyatlarning bevosita oldini olishda, bunday jinoyatlarni sodir etganlikda 
shubhalanilayotgan shaxslarni ta’qib qilishda, xavfsizlikka tahdid soluvchi 
favqulodda holatlarda kunning xohlagan vaqtida uylarga va fuqarolarga tegishli 
bo‘lgan boshqa xonalarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hududlariga 
va binolariga hech qanday moneliksiz kiradilar hamda ko‘zdan kechiradilar, so‘ngra 
bir kun muddat ichida qilingan harakatlar to‘g‘risida prokurorga xabar beradilar. 
10. O‘zbekiston davlat hokimiyati yuqori organlarining qaroriga ko‘ra 
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni aniqlashga oid tadbirlarni amalga oshiradilar; 
bunday hollarda militsiya xodimlariga berilgan huquqlardan foydalanadilar. 
11. Tekshirilishi qonun bilan milliy xavfsizlik organlariga berilgan 
jinoyatlarning oldini oladilar. Qonun bilan nazarda tutilgan hollarda fuqarolarni 
huquqqa qarshi harakatlarning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida rasmiy 
ravishda ogohlantiradilar, keyinchalik bu haqda prokurorni xabardor qiladilar. 
12. Qonun bilan belgilangan tartibda jinoyatchilikning oldini olish chorasi 
sifatida hibsga olingan shaxslarni va milliy xavfsizlik organlari tomonidan jinoyatlar 


qilishda shubhalanish bo‘yicha ushlangan shaxslarni, ayrim hollarda esa prokuror 
sanksiyasi bilan ushlangan va ichki ishlar organlari, prokurorlar va sudlar tomonidan, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan nazarda tutilgan hollarda 
ushlangan va qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun tergov izolyatorlari va 
boshqa xonalarga ega bo‘ladilar. 
13. O‘z huquqlari doirasida davlat sirlari, maxsus aloqa turlari va shifrlash 
ishlari xavfsizligining saqlanishini qanday ta’minlashni, vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, jamoat birlashmalari 
organlarida, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlarida va O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligi bilan nazarda tutilgan boshqa harbiy tuzilmalarda 
xavfsizlikning boshqa masalalarini qanday hal etishni tashkil qiladilar va nazorat 
etadilar; xavfsizlik manfaatlariga tegishli aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish 
to‘g‘risida yozma dokladlar taqdim etadilar, tegishli choralar ko‘rishni va milliy 
xavfsizlik organlarini ularning ijrosi to‘g‘risida xabardor qilib qo‘yishni talab 
qiladilar. 
13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-
noyabrdagi 442-sonli qaroriga muvofiq qayta tahrir qilingan. Mazkur bandning rus 
tilidagi matniga qarang. 
14. O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tmagan ma’lumotlar 
bilan yoki belgilangan qoidalarni buzgan holda ishlovchi, shuningdek, o‘rnatilgan 
talablarni buzib bajaradigan, davlat sirlaridan iborat bo‘lgan ishlarni uzatuvchi 
radioelektron vositalardan foydalanishni taqiqlaydilar. 
15. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va jamoat 
birlashmalaridan xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan majburiyatlarni ijro etish uchun 
zarur axborotlarni belgilangan tartibda rasmiy ravishda talab qiladilar va oladilar. 
16. Milliy xavfsizlik organlari faoliyatiga taalluqli shoshilinch tergov va 
boshqa ma’lumotlarning davlat tomonidan saqlanishini amalga oshiradilar va ularni 
hisobga olish, saqlash va foydalanish tartibini aniqlaydilar; axborot tizimlarini tashkil 
etadilar. 
17. Milliy xavfsizlik organlarining harbiy xizmatchilari O‘zbekiston 
qonuniga muvofiq qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, qo‘llash va 
foydalanish huquqiga egadirlar. 

Yüklə 454,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə