Ma’ruza materiallari 1


II. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining vazifalari va huquq doiralari



Yüklə 454,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.04.2023
ölçüsü454,55 Kb.
#107487
1   2   3   4   5   6   7   8
II. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining vazifalari va huquq doiralari 
Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi 
manfaatlari yo‘lida razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shug‘ullanish va 
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlari: 


1. Razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradilar; davlat 
xavfsizligi manfaatlariga daxldor bo‘lgan terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka 
qarshi kurash olib boradilar; O‘zbekiston Konstitutsiyasi va mustaqilligini 
g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlaydilar, chet ellarda O‘zbekiston 
Respublikasining diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakillarining xavfsizligini 
ta’minlaydilar, zarur bo‘lgan hollarda Respublika fuqarolarining chet elga jo‘nab 
ketishida va u yerda bo‘lishida ularning xavfsizligini ta’minlashni tashkil etadilar, 
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chegara qo‘shinlari 
bo‘linmalari bilan hamkorlikda harakat qilish uchun respublika davlat chegarasining 
daxlsizligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. 
3. O‘zbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini 
xavfsizlik manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan xabardor qilib 
turadilar; O‘zbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori 
organlarini xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy, mudofaa qurilishi va fan-texnika 
taraqqiyoti, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni hal 
etish uchun ularni zarur bo‘lgan axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot berish-
tahlil qilish ishlarini amalga oshiradilar; xavfsizlik manfaatlariga daxldor bo‘lgan 
ijtimoiy jarayonlarni va muammolarni tadqiq qiladilar va oldindan aytib beradilar. 
4. Xalq xo‘jaligi obyektlarida va boshqa obyektlarda davlat sirlari va maxfiy 
axborotni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirishda qatnashadilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish 
sohasida davlat siyosatini shakllantiradilar va amalga oshiradilar, davlat nazoratini 
olib boradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida 
faoliyatni standartlash, sertifikatsiyalash va litsenziyalashni ta’minlaydilar; ushbu 
sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtiradilar; axborotni kriptografik va 
texnik jihatdan muhofaza qilish tizimlarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydilar, ularni amalga 
oshirish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqadilar va ro‘yobga chiqaradilar; axborotni 
kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash 
tizimini shakllantiradilar va takomillashtiradilar; Axborotlashtirish obyektlarining 
attestatsiya tizimini tashkil etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradilar. 
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-
noyabrdagi 296-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda) 
5. Tergov qilish xavfsizlik organlari ixtiyoriga o‘tkazilgan jinoyatlar 
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv va dastlabki tergov ishlarini 
olib boradilar; bunday jinoyatlarni sodir etgan yoki sodir etishda shubha qilinayotgan 
shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar; jinoyat sodir qilgan shaxslarning hisobini 
yuritadilar. 


(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-
dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son) 
6. Xalq xo‘jaligi va boshqa obyektlarda xavfsizlikni ta’minlaydilar. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston davlat hokimiyati va 
boshqaruvi yuqori organlarining qarori bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan 
birgalikda fuqarolarni himoya qilishda, transport va aloqa, aholi hayotini ta’minlash 
obyektlarini, muhim xalq xo‘jaligi va harbiy obyektlarni qo‘riqlashda, qonunchilikni 
va huquqiy tartibotni tiklashda, ommaviy tartibsizliklarning, millatlararo nizolarning 
oldini olishda qatnashadilar. 
8. Atom energetikasi obyektlaridagi, neft va gaz mahsulotlari quvurlaridagi, 
transportdagi, sanoatning mudofaa tarmoqlari obyektlaridagi va boshqa muhim xalq 
xo‘jaligi obyektlaridagi yirik avariyalarning, halokatlarning va boshqa favqulodda 
hodisalarning oldini olishga oid tadbirlarni amalga oshirishda, tabiiy ofatlar, 
epidemiyalar, epizootik kasalliklar, ekologik halokatlar va boshqa favqulodda 
hodisalarning oqibatlarini tugatishda qatnashadilar. 
9. Davlat organlarining so‘rovlari bo‘yicha davlat sirlaridan iborat 
ma’lumotlarni yaxshi bilgan shaxslar to‘g‘risida, ularning chet elga jo‘nab 
ketayotganliklari va fuqarolikdan chiqishlari haqidagi iltimosnomalari munosabati 
bilan axborotlar taqdim etadilar. 
10. Maxsus yuklarni tashishning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan choralar 
ishlab chiqishda va amalga oshirishda boshqa Davlat organlari bilan o‘zaro 
hamkorlikda qatnashadilar. 
11. Urush davrida milliy xavfsizlik organlarining safarbarlik tadbirlarini 
ta’minlashda qatnashadilar. 
12. Davlat sirlarini saqlashga, bojxona qoidalariga, qurol va o‘q-dorilar sotib 
olish va saqlashga tegishli masalalarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi 
xavfsizligini ta’minlash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini ishlab chiqishda 
qatnashadilar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
13. Xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, 
portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida 
qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi. 
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-
maydagi 150-son qaroriga muvofiq 13-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT., 2002-
y., 9-son, 66-modda) 


14. Milliy xavfsizlik organlarining moddiy-texnika bazalarini rivojlantirish 
rejalarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar. 
15. Milliy xavfsizlik organlari kadrlari bilan ishlash bo‘yicha tadbirlarni 
ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar; o‘z xavfsizliklarini ta’minlashga oid 
tadbirlarni amalga oshiradilar. 
(13 va 14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-
yil 1-maydagi 150-son qaroriga muvofiq 14 va 15-bandlar deb hisoblangan — O‘R 
QHT., 2002-y., 9-son, 66-modda) 

Yüklə 454,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə