Ma’ruza materiallari 1



Yüklə 454,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix28.04.2023
ölçüsü454,55 Kb.
#107487
  1   2   3   4   5   6   7   8


MA’RUZA MATERIALLARI 
 
1-
 
mavzu: Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining 
predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari 
Reja: 
1.O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O‘zbekistonning eng yangi 
tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-
uslubiy asoslari.
2.YUksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil 
insonni voyaga etkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. 
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning ma’naviy etuk 
shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. XXI 
globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual 
yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar. (Qurolli kuchlar).
QO‘LLANILADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI: ma’ruza, BBB, 
namoyish, aqliy hujum, klasster, ZOOM dasturi orqali videodars.
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil 
rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning 
paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyusion rivojlanish jarayoni va boshqalarni 
o‘rganadi. SHuningdek, O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas 
qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. O‘zbekistonning eng yangi 
tarixi fani yaqin tarixni, so‘nggi yarim asrdan kamroq vaqtni xolisona va haqqoniy 
o‘rganadi. 
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining 
predmeti va ob’ektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. CHunki, 
O‘zbekistonning eng tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va 
ob’ekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning o‘rganish predmeti 
va ob’ekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish 
mushkul bo‘ladi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, 
o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, 
xulosa chiqaradi, yosh mustaqil davlatning hayot yo‘lini ko‘rsatadi. 
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga
nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Voqea va hodisalar 
qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik 
xususiyatiga ega. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki 
xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda 
qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik 
faoliyati kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni-ob’ekti 
O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixidir.


 Ob’ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar
ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea 
va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir 
butun ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan 
iboratdir.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy 
aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, 
dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib 
berolmaydilar. 
SHuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning 
o‘rganish ob’ekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. SHuning uchun 
ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishiga 
bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta 
ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. CHunki boshqa fanlarning hammasi 
ham, tarix mahsulidir. 
Xulosa shuki, tarix fani ya’ni, O‘zbekiston tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq 
topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar 
haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. CHunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq.
Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-
gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak 
darajada bo‘ladi. 
Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa 
chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, kelajakni 
to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum 
mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. 
Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga 
jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy 
darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni 
yuklamoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik 
kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni 
bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar 
samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir. 
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, 
haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy 
adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini 
ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan 
vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi 


yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud 
bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, 
mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va 
mazmunini anglab etish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz 
mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch 
kelganini tushunib etish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim 
demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, 
oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu 
institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib 
bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan 
to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir. 
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng 
muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini 
ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik 
tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan. 
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi 
hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning 
ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga 
olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish 
istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, 
jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. 
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning 
retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 
ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid 
ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu 
sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. 
Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil 
o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning echimi chetda 
qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq 
dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni 
shakllantirishni talab etayotir. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 
vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining 
konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya 
jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini 
xalqimiz va kelajak avlodga etkazish burchimizdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy 
davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini o‘rganish, 
ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop 
etish borasidagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda O‘zbekiston 


eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “YAngi va eng yangi tarix”, 
“Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” bo‘limlari 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu erda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix, xalqaro 
munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy 
nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo yondashuvlar tahlili 
amalga oshirilmoqda. YAna ahamiyatli jihati, institutning olti nafar etakchi olimi 
Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir. 
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”, 
“O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning 
eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy 
transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator to‘plam va 
monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga 
oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin. 
Bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish bilan 
shug‘ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar
faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini 
muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bugun ilmiy 
gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-
g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga 
ayon. 
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik 
kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim 
yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta 
ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya 
va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qo‘ymoqda. 
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, amalga 
oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, 
madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan voqealar asosida 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks yondashuvni 
ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi 
muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy 
tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni tadqiq 
etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy yo‘nalishlarning nazariy salohiyati 
yangilanishi bilan bog‘liqdir. 
1.
O‘zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 
-
Ilmiy xolislik (ob’ektivlik); 
-
Tarixiy – tahliliylik; 
-
Mantiqiy – uzviylik; 
-
Vorislik va izchillik; 


-
Xronologik izchillik; 
-
G‘oyaviylik va vatanparvarlik; 
-
Halol va xolislik; 
-
Qiyoslash va kuzatish; 
-
Kuzatish va umumiylashtirish; 
-
Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash; 
-
Matematik hisoblash; 
-
SHakllash va modellashtirish; 
-
Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim 
(juz’iy)likka (deduksiya); 
Bugungi kunda oshkoralik, shaffoflik kabi tamoyillar ilgari surilayotgan bir 
vaqtda tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustivor bo‘lmog‘i kerak. 
CHunki yaqin tarix ko‘pchilik o‘z ko‘z o‘ngidan o‘tkazgan voqeliklardir. Uni 
oshirmay, yashirmay, boricha o‘rganish zarurdir. 
Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni 
o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur 
anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi 
va fani masalalarini keng ommaga etkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish 
zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o‘tmishini 
tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan 
mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni to‘laqonli 
anglab etishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga 
oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir. 
Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy 
siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida 
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shu davrda 
xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va 
ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka 
mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – 
butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi 
talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan 
bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. 
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum iskanjasidan 
chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi g‘oyatda 
tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining 
mazmun-mohiyati va xususiyatlarini obektiv baholagan holda mustaqillik davrini 
quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
1) 1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish davrining 
dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yildi. Demokratik an’analar asosida 
yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati 


tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga 
o‘tila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda faol demokratik yangilanish va 
modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Jumladan, kuchli davlatdan – kuchli 
fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Natijada 
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish 
jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi 
mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi. 2010-
yildan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada 
chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi. Uning boshlanishi O‘zbekistonning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi 
bilan bog‘liqdir. SHuningdek, bu davr davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada 
demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z 
erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, demokratik bozor 
islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2) 2017-yildan keyingi yillar. Bu davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan 
O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning strategik taraqqiyotga asoslangan 
keng ko‘lamli jadal islohotlar davri hisoblanadi. Natijada, hayotimizga yangi 
iboralar, xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, 
tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”, “o‘z bolangni 
o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik” singari tushunchalar kirib 
keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. 
“O‘zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
mustaqilligi 
asoslari 
to‘g‘risida”gi 
Qonunga
 muvofiq, Oliy Kengashning “O‘zbekiston Respublikasining 
davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotiga, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1991-yil 
25-avgustdagi 
va 
26-sentabrdagi 
farmonlariga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. O‘zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika 
qo‘mitasi huquqida). 
2. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Milliy 
xavfsizlik 
xizmati 
to‘g‘risidagi 
nizom 
tasdiqlansin (1-ilova). 
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari 
soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat xavfsizligi qo‘mitasining tugatilgan alohida bo‘linmalarini hisobga olgan 
holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun respublika 
budjetining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash 
uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda 
tutsin. 


4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti 
davlat-kooperativ qo‘mitasi, Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, 
Sog‘liqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini 
ajratishni, shuningdek, chet el valyutasi ajratishni ta’minlasin. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari
O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini, 
xonalar, texnik qurilmalar, transportda yurish hujjatlarini taqdim etsinlar va xizmat 
vazifalarini bajarish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar. 
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya 
qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
xavfsizlik xizmati, uning joylardagi organlari xodimlariga uy-joy, yakka tartibda uy-
joy va dala hovli qurilishi uchun yer uchastkalarining birinchi navbatda ajratilishini 
ta’minlasinlar. 

Yüklə 454,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə