Ma’ruza materiallari 1


V. Milliy xavfsizlik organlarining kadrlari va ularning huquqiy mavqeyi



Yüklə 454,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix28.04.2023
ölçüsü454,55 Kb.
#107487
1   2   3   4   5   6   7   8
V. Milliy xavfsizlik organlarining kadrlari va ularning huquqiy mavqeyi 
1. O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik organlarining kadrlarini harbiy 
xizmatchilar, ishchi va xizmatchilar tashkil etadi. 


2. Milliy xavfsizlik organlari harbiy xizmatchilarining, ishchilarining va 
xizmatchilarining soni va tuzilishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 
3. MXX Raisi xodimlar soni va tuzilmalari doirasida O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va uning viloyat organlari bo‘linmalari 
funksiyalarini belgilaydi va shtatlarini tasdiqlaydi. 
4. O‘zbekiston Respublikasi MXX organlarining generallari, ofitsyerlari, 
praporshchiklari va muddatdan tashqari harbiy xizmatchilari harbiy xizmatni SSSR 
QK Ustavlari va SSSR Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari 
tomonidan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq, agar ular 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmasa, o‘taydilar. 
5. O‘zbekiston Respublikasining MXX Raisi harbiy xizmatni o‘tash 
to‘g‘risidagi nizomlar va SSSR Qurolli kuchlarining Ustavlari bilan SSSR Mudofaa 
vaziriga berilgan huquqlarga ega bo‘ladi va ulardan to‘la hajmda foydalanadi. 
MXX organlari mansabdor shaxslarining huquqlari Xizmat Raisi tomonidan 
belgilanadi. 
6. MXX ishchi va xizmatchilarining mehnat sharoitlari mehnat haqidagi 
O‘zbekiston qonunlari Kodeksi bilan boshqariladi. 
7. O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik organlaridagi ofitsyerlar sostavi 
vaqt-vaqti bilan attestatsiyadan o‘tkazib turiladi. Navbatdagi va navbatdan tashqari 
harbiy unvonlar berish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun attestatsiya 
komissiyalari tuziladi. 
8. MXX generallari, ofitsyerlari, praporshchiklari va muddatdan tashqari 
harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi harbiy hisobidan chiqqan holda O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining kadrlarida, harakatdagi rezervda yoki 
zaxirada turadilar. 
9. Milliy xavfsizlik xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasining davlat 
budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadilar. 
10. O‘zbekiston Respublikasi MXX va uning hududiy organlari haqiqiy va 
shartli nomga ega bo‘ladilar. 

Yüklə 454,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə