Mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshirish. Ikkilik kodda buyruqlarni bajarilishi



Yüklə 98,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü98,2 Kb.
#182289
1   2   3   4   5   6
Mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshi

Ikkinchi sath 

buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi
deb ataladi. Kompyuter 


ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos 
mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi keltirilgan buyruqlar 
to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va 
bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. 
 
Uchinchi sath 

operatsion tizim sathi.
Ushbu sath 
gibrid
sath hisoblanadi. 
Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik 
buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, 
mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi 
va ishlatilishi mumkin. 
3.6-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti. 
To‘rtinchi sath
- turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil 
assembler tillaridan
iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun 
modjallangan yuqori sath tillari - 
C, C++, Java
kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi. 
Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va sathlarga oid 
muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini o‘rganishda muhim 
hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz. Shunday qilib, hozirgi 
kompyuterlar bir-nechta sathlarning iyerarxik tuzilishi shaklida loyihalanadi va 
ishlab chiqariladi. Har bir sath turli xil ob’yektlarning va amallarning ma’lum bir 
abstraksiyasini, ya’ni ma’lum darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi. Kompyuterlar 
tuzilishini bunday o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan jihatlarni tushunish uchun, 
nisbatan soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. 
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va 
tavsiflar xillarining to‘plami 
arxitektura
deb ataladi. 
Arxitektura
- kompyuterni 
qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi jihatlariga bog‘liq 
tushuncha


hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan 
xotiraning hajmi haqidagi ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir. Ushbu 
xotiraning qanday ishlab chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya esa 
arxitekturaning bir qismi hisoblanmaydi. 
Kompyuterning yoki kompyuter tizimining 
dasturiy elementlarini loyihalash 
usullarini
o‘rganish bilan biz, 
kompyuter arxitekturasini o ‘rganamiz.
Amaliyotda 
kompyuter arxitekturasi va kompyuterni tashkil qilish degan iboralar sinonim 
iboralar sifatida qo‘llaniladi. 

Yüklə 98,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə