Mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshirish. Ikkilik kodda buyruqlarni bajarilishi


Bul algebrasi va ventillar. Bul funksiyalarini amalga oshirish



Yüklə 98,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü98,2 Kb.
#182289
1   2   3   4   5   6
Mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshi

Bul algebrasi va ventillar. Bul funksiyalarini amalga oshirish. 
 
Kompyuterning elementi hisoblangan - 
raqamli sxema
yordamida 
o‘zgaruvchilari va qiymati ikkita mantiqiy qiymatdan birini qabul qilishi mumkin 
bo‘lgan funksiyalar amalga oshiriladi. Bunday funksiyalar 
Bul funksiyalari
deb 
ataladi. Ushbu funksiyalar va ularni qo‘llash qoidalari in- gliz matematiki Djordj Bul 
(1815-1864) nomi bilan yuritiladigan Bul al- gebrasida ishlab chiqilgan. Kompyuter 
arxitektursasining raqamli mantiqiy sathi elementlarini loyihalashda, Bul algebrasi 
koidalaridan foydalaniladi. 3.7-rasmda hozirgi kompyuter sxemalarini tashkil 
qiluvchi va Bul alge- brasining oddiy funksiyalari hisoblangan, mantiqiy 
ko‘paytirish - 
I (AND),
mantiqiy qo‘shish - 
ILI (OR)
va inkorlash - 
NE (NOT) 
funksiyalarini bajaruvchi elementlar va ularning haqiqat jadvallari keltirilgan. 
3.7-rasm. Bul algebrasining oddiy funksiyalarini bajaruvchi elementlar. 
Bu elementlarni, o‘zbek tilida mos holda 
VA, HAM
va 
EMAS
deb atash mumkin. 
Biz ularni va boshqa shu kabi elementlarni rus va ingliz tillaridagi nomlaridan 
foydalanamiz. 3.7-rasmning yuqori qismida elementlarning Amerika standartidagi, 
pastki qismida esa Rossiya standartidagi ko‘rinishlari keltirilgan [2]. 


Ushbu sxemalarning kirishiga 0 yoki 1 ga teng bo‘lgan mantiqiy o‘zgaruvchilar 
beriladi, ularning chiqishida esa, yana o‘sha mantiqiy qiymatlarni qabul qila olishi 
mumkin bo‘lgan funksiyalarning, ya’ni Bul funksiyalarining qiymatlari olinadi. 
Sxemalarda mantiqiy qiymatlar ma’lum bir kattalikdagi kuchlanishlar bilan 
ifodalanadi. Odatda mantiqiy 
0-ga, 0 dan 1V-gacha
bo‘lgan kuchlanish, mantiqiy 
1-
ga
esa 
2 dan 5V- gacha
bo‘lgan kuchlanishlar mos keladi. TTL va ESL 
texnologiyalarida mantiqiy 
1-ga
to‘g‘ri keladigan kuchlanishning maksimal qiymati 
5V, MOP texnologiyasida esa +3,3V bo‘lishi mumkin. 
Yuqoridagi va keyingi rasmlarda keltirilgan oddiy mantiqiy funksiyalarni 
amalga oshiruvchi juda kichik elektron qurilmalar - 
ventillar 
deb ataladi. Ventillar - 
tranzistorlar
asosida quriladi (3.8-rasm). Barcha zamonaviy mantiq, ya’ni mantiqiy 
sxemalarni qurish binar uzgich-ulagich sifatida ishlay oladigan 
tranzistorlarga
asoslanadi. Tranzistor yordamida, 
ikkita qiymatga ega signallardan
turli xil Bul 
funksiyalarini amalga oshir- uvchi raqamli sxemalarni hosil qilish mumkin. 
Kompyuterlarni qurishda ishlatilgan kichik mikrosxemalardan tortib, to katta va o‘ta 
katta inte- gratsiyadagi mikrosxemalar hisoblangan turli xildagi protsessorlar ham - 
raqamli 
sxemalardan
tashkil 
topgandir. 
Shuning 
uchun 
kompyuterlar 
protsessorlarining ko‘rsatgichlaridan biri sifatida, ularning tarkibida ishlatilgan 
tranzistorlar sonidan ham foydalaniladi. Masalan: biz ushbu qo‘llanmada ko‘rib 
chiqadigan 8-razryadli protsessor Intel 8080 protsesso- ri tarkibida 6 mingta, 16-
razryadli protsessor Intel 8088 tarkibida 29 ming- ta va 32-razryadli protsessor 
Pentium 4 protsessori tarkibida esa 42 millionta tranzistor ishlatilgan. 3.8-rasmda 
keltirilgan 
NE (NOT)
- inkorlash amalini bajaruvchi ele- mentning sxemasi 
tarkibida, bipolyar tranzistor qo‘llanilgan. Tranzistor tashqi muhit bilan bog‘lana 
oldigan uchta ulanish nuqtalariga ega, ular - 
kollektor, baza
va 
emitter
deb 
nomlanadi. 
Agar 
V
in
kirish kuchlanishi, ya’ni tranzistorning bazasidagi kuchlanish ma’lum 
bir kritik qiymatdan kichik bo‘lsa, tranzistorda uzilish sodir bo‘ladi va u juda katta 
qiymatga ega qarshilik sifatida ishlaydi. Kritik qiymat deganda - mantiqiy 1-ga 
to‘g‘ri keladigan kuchlanishdan kichikroq bo‘lgan kuchlanishning qiymati 
tushuniladi. Bunda tranzistorning kollektoriga berilayotgan 

Yüklə 98,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə