Mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshirish. Ikkilik kodda buyruqlarni bajarilishi



Yüklə 98,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix22.03.2024
ölçüsü98,2 Kb.
#182289
1   2   3   4   5   6
Mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshi

+V
cc
kuchlanishi 
natijasida hosil bo‘lgan tok, tranzistor orqali uning emitteriga o‘ta olmaydi. Natijada 
sxema uchun chi- qish signali hisoblangan 
V
out
kuchlanishining qiymati, 
+V
cc
kuchlanishin- ing qiymatiga yaqin qiymatga teng bo‘ladi. Ushbu xildagi tranzistorlar 
uchun odatda 
+V
cc
 =
5 V. 


3.8-rasm. 
NE (NOT)
- inkorlash amalini bajaruvchi element. 
Agar 
V
in
kuchlanishining qiymati kritik qiymatdan katta bo‘lsa, tranzistor 
ulanadi, ya’ni u orqali tok oqa boshlaydi va tranzistor o‘tkazgich sifatida ishlaydi. 
Bu esa 
V
out
signalini erga ulanganligini anglatadi, ya’ni bunda 
V
out
~
0 bo‘ladi. 
Demak agar sxemadagi 
V
in 
kuchlanishining qiymati [0, 5V] chegaraning pastki 
qiymatiga yaqin bulsa, 
Vout
kuchlanishining qiymati chegaraning yuqori qiymatiga 
ega bo‘ladi. Bu esa ushbu sxemani, inkorlash sxemasi - invertor ekan- ligini 
anglatadi. Unda mantiqiy 0, mantiqiy 1 ga, mantiqiy 1 esa man- tiqiy 0 ga 
aylantiriladi. Sxemada siniq chiziqlar shaklida ifodalangan qarshilik (rezistor) esa 
tranzistor kuyib qolmasligi uchun, undan o‘tayotgan tok kuchini cheklash 
maqsadida qo‘yilgan. Tranzistorni bir holatdan boshqa holatga o‘tishi uchun, bir 
necha nanosekund kerak bo‘ladi. 3.8-rasmning o‘ng tomonida inkorlash amalini 
bajaruvchi element - 
invertorning
chizmalardagi ifodalanishi va uning haqiqat 
jadvali keltirilgan. 
3.9-rasmda keltirilgan 
NE-I (NOT-AND)
- mantiqiy ko‘paytirish va inkorlash 
amallarini bajaruvchi elementining sxemasi tarkibidagi ikkita tranzistor ketma-ket 
ulangan. Agar 
V
2
va 
V

kuchlanishlarning qiymatlari [0, 5V] chegaraning yuqori 
qiymatlariga yaqin bo‘lsa, ya’ni mantiqiy 1-ga teng bo‘lsa, unda ikkala tranzistor 
ham o‘tkazgichlarga aylanadi va sxemaning chiqishidagi kuchlanish o‘zining past 
qiymatiga teng bo‘lib qoladi. Bunda chiqishda mantiqiy 0 hosil bo‘ladi. Agar 
tranzistorlardan birining kirishidagi, ya’ni ba- zasidagi kuchlanish past qiymatga - 
mantiqiy 0-ga teng bo‘lsa, chi- qish kuchlanishi 
V
out
mantiqiy 1-ga mos bo‘lgan 
kuchlanishga teng bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, 
V
out
kuchlanishi, mantiqiy 0-
ga mos kuchlanishga teng bo‘ladi, qachonki 
V
2
va 
V
2
kuchlanishlarning qiymatlari 
mantiqiy 1-ga mos keladigan kuchlanishga teng bo‘lsagina. 3.9-rasmning o‘ng 
tomonida esa, ushbu elementning chizmalardagi ifodalanishi va uning haqiqat 
jadvali keltirilgan. 


3.9-rasm. NE-I (NOT-AND)
- mantiqiy ko‘paytirish va inkorlash amallarini 
bajaruvchi elementlarini bajaruvchi element. 
3.10-rasmda keltirilgan 
NE-ILI (NOT-OR) -
mantiqiy qo‘shish va inkorlash 
elementining sxemasi tarkibidagi ikkita tranzistor parallel tarzda ulangan. Agar 
kirishdagi bitta signal yuqori qiymatga (mantiqiy 1-ga) teng bo‘lsa, unga tegishli 
tranzistor ulanadi va kirishdagi signal 
V
out
o‘zining pastki qiymatiga, ya’ni mantiqiy 
0-ga teng bo‘ladi. Agar ikkala kirishdagi signal ham o‘zining pastki qiymatiga 
(mantiqiy 0-ga) teng bo‘lsagina, chiqishdagi kuchlanish yuqori qiymatga, ya’ni 
mantiqiy 1-ga teng bo‘ladi. 3.10-rasmning o‘ng tomonida, ushbu elementning 
chizmalardagi ifodalani- shi va uning haqiqat jadvali keltirilgan. 
3.10-rasm. 
NE-ILI (NOT-OR)
- mantiqiy qo‘shish va inkorlash amallarini 
bajaruvchi element. 
Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan sxemalar - uchta oddiy ventillami tashkil 
etadi. Ular mos ravishda 
NE, NE-I
va 
NE-ILI
ventillari deb at- aladilar. Ushbu 
ventillarning chiqishidagi kichik aylanacha esa, 
inkor- lovchi chiqish
deb ataladi. 
Chizmalardagi 
A
va 
B-lar
kirish signallari, 

esa chiqish signalidir. Haqiqat 
jadvallarining qatorlarida kirish signallarin- ing kombinatsiyalari va ularga to‘g‘ri 
keladigan chiqish signallarining qiymatlari keltirilgan. 
3.7-rasmda keltirilgan 
I (AND) -
mantiqiy ko‘paytirish elementini, 
NE-I
elementining chiqishini, 
NE
elementining kirishiga ulash bilan hosil qilish mumkin. 
ILI (OR) -
mantiqiy qo‘shish elementini esa, 
NE- ILI
elementining chikishini, 
NE
elementining kirishiga ulash bilan hosil qilish mumkin. 


Beshta - 
I, ILI, NE, NE-I
va 
NE-ILI
ventillar, 
kompyuter arxitekturasi raqamli 
mantiqiy sathining asosini
tashkil etadi. Bu erda mu- him bo‘lgan jihatlardan birini 
ta’kidlab o‘tamiz. 
NE-I
va 
NE-ILI
ven- tillarida - ikkitadan, 
I
va 
ILI
ventillarida 
uchtadan tranzistorlar ish- latilgan. Shu sababli ko‘pgina kompyuterlarda 
NE-I
va 
NE-ILI
ventil- laridan asosiy - 
bazaviy
elementlar sifatida foydalaniladi. 
I, ILI
va 
boshqa mantiqiy funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar 
NE-I
va 
NE- ILI
ventillari asosida yig‘iladi. 

Yüklə 98,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə