Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini o‘stirishda komunikativ muloqot o‘rni. Ergasheva Gulzoda Baxtiyorovna



Yüklə 370,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.04.2022
ölçüsü370,47 Kb.
#86042
1   2   3   4   5   6   7
Ergasheva Gulzoda

________________________________________________________________ 

"Экономика и социум" №4(95) 2022                                        www.iupr.ru

 

Ona  tili  bolalarda  vatanparvarlik,  baynalmilal  tuyg’ularni  o’stirib  borishda, 



bolalarning  madaniy  saviyalarini  oshirib  borishda  qudratli  vosita  bo’lib  xizmat 

qiladi. Demak, ona tili bolalarni axloqiy tomondan tarbiyalash vositasidir. 

Bola kuzatish va nutq orqali dunyoni, borliqni bilib oladi:    tevarak-atrofdagi 

narsa  va  buyumlarning,  voqea  va  hodisalarning  nomini,  sifatlari  va  belgilarini, 

xususiyatlarini, o’xshash va farqli tomonlarini aytishga o’rganadi. 

Ona tili orqali bolalar o’z ajdodlarining tarixini, madaniyatini, qadriyatlarini, 

urf-odatlarini  bilib  oladilar,  xalq  og’zakiijodiyoti,  badiiy  adabiyot,  san'at  bilan 

tanishadilar. 

1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqinio`stirishga doir mashg’ulotlarni 

didaktik  o’yinlar,  ermak  o’yinlar,  sahna  ko’rinishlari  shaklida  o’tkazish  tavsiya 

qilinadi. Ular nafaqat ko’ngilochar tusga, albatta, ta’lim tusiga ega bo’lishi lozim.      

3  yoshdan  5  yoshgacha  bo’lgan  bolalar  nutqinio`stirishemotsional  tusga  ega 

bo’lishi lozim. Bunda ko’rgazmaviylik, o’yin usullari va didaktik o’yinlarni keng 

qo’llash  zarur.  5  yoshdan  7  yoshgacha  bo’lgan  bolalar  nutqinio`stirishga  doir 

mashg’ulotlar  muayyan  vazifaga  ega  –  ya’ni,  u  bolalarni  maktabda  o’qishga 

tayyorlashni ko’zda tutadi. 

Mashg’ulotlarda  pedagog  nutqiy  vazifalardan  tashqari  o’quv  faoliyatini 

yo’lga  qo’yish  qobiliyatini  shakllantirish  (diqqat-e’tiborli  bo’lish,  pedagog 

topshirig’ini  tinglash,  tushunish  va  uni  aniq  bajarish,  bolalar  jamoasi  oldida  fikr 

yurita  bilish,  tengdoshining  javobiga  baho  bera  olish  va  h.k.)  vazifasini  ham 

bajaradi. 

To’g’ri  ta’lim  berilgan  taqdirda  yetti  yoshga  kelib  bola  og’zaki 

nutqniegallaydi hamda: 

 



katta yoshli, yaqinlari va tengdoshlari bilan erkin muloqotga kirisha oladi

 



dialogda  tashabbus  ko’rsatib  fikr  bildiradi,  suhbatdoshie’tiborini  o’ziga 

jalb qilish, unga so’z, harakat va so’zsiz usullar bilan javob bera olishni 

biladi; 

 



fikrlarini to’liq va noto’liq oddiy gaplar,  qisqa matnlar shaklida ifodalay 

oladi; 




Yüklə 370,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə