Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini o‘stirishda komunikativ muloqot o‘rni. Ergasheva Gulzoda Baxtiyorovna



Yüklə 370,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.04.2022
ölçüsü370,47 Kb.
#86042
1   2   3   4   5   6   7
Ergasheva Gulzoda

________________________________________________________________ 

"Экономика и социум" №4(95) 2022                                        www.iupr.ru

 

maqsad esa, bolalarga ona tilini o’rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog’chada 



og’zaki  nutqni  o’stirish  natijasida  bola  aqlan  rivojlanib,  uning  umumiy  madaniy 

saviyasi  oshadi.  U  tevarak-atrofdagi      voqea-hodisalar,  tabiat  va  jamiyat 

qonuniyatlarini tushunib boradi. Bolada nutqning rivojlanishi uning ruhiy jihatdan 

ham takomillashib borishiga yordam beradi. 

Bola  tashqi  dunyoni  xotira,  tasavvur,  xayol,  tafakkur  kabi  ruhiy  jarayonlar 

yordamida,  shuningdek,  nutq  yordamida  bilib  olish  qobiliyatiga  ega.  Ammo, 

bolalardagi  intellekt,  ya'ni  ruhiy  jarayonlar  (xotira,  tasavvur,  xayol,  tafakkur  va 

hokazo) shunchaki bola organizimining o’sib borishi va takomillashishi bilangina 

paydo bo’lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo’ladi va takomillashadi. 

Agar bola kichik yoshidan boshlab to’g’ri gapirishga (so’zlashishga) o’rgatib 

borilsa,  u  vaqtda  bunday  bola  meyoriy  holatda  rivojlanadi,  ya'ni  avval  tasavvur 

etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo’ladi va bu qobiliyat 

har  bir  yosh  bosqichida  takomillashib  boradi.  Bolalarda  intellekt  bilan  barobar 

ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi. 

Ko’pgina tajribalar shuni ko’rsatadiki, nutqi rivojlanmagan bola to‘liq shaxs 

sifatida  kamol  topmaydi. Demak, tarbiyachi har doim  shuni    esda tutishi  kerakki, 

nutq  bu  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarda  barcha  ruhiy  jarayonlar 

rivojlanishiga  ko’maklashuvchi  vositadir.  Bolaga  ona  tilini  o’rgatish  bilan  bir 

vaqtda,  uni  maktabda  muvaffaqiyatli  o’qishi  uchun  zamin  tayyorlanadi,  mehnat 

faoliyatiga  ijodiy  yondashishga  o’rgatiladi.  Bolalar  bog’chasining  barcha 

tarbiyaviy-ta'limiy  ishlarida  bolalarga  ona  tilini  o’rgatish  orqali  ularning  nutqi 

o’stiriladi.  Ayniqsa,  nutq  o’stirish  mashg’ulotlarida  har  bir  bolaning 

nutqinio`stirish bo’yicha ishlar rejalashtiriladi. Bolalarga barcha mashg’ulotlarning 

mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi. 

So’z  boyligi  barcha  mashg’ulotlarda  beriladigan  bilimlarni  tez  va  puxta 

o’zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqaliifodalash imkonini beradi. 

Bu  o’z  navbatida  bola  kamoloti  uchun  ham  keng  yo’l  ochadi.  Bilimlarni  puxta  

egallashga,  uni  sekin  hayotga  tatbiq  etishga  ham  o’rgatadi.  Ona  tili  aqliy 

tarbiyaning manbai va vositasi hamdir. 




Yüklə 370,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə