Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-kurs mts sirtqi ta’lim talabasi XudoyberganovaMadina



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#159726
1   2   3
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik amaliyot

2.
 
Turli yosh guruhlarda ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish, ularni kuzatish va 
taxlil qilish. 
 







3.
 
O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yilgan davlat 
talablari ni o‘rganish va taxlil qilish
 
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, 
ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, 


ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa 
pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Insonni ma'rifatli va ma'naviy 
komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika 
- yunoncha so'z bo'lib, «bola yetaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va 
ma'naviy barkamollikka munosabatlarni o'zgartirib borishi natijasida pedagogika fani 
xalq orasida o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Shu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida 
pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o'rin egallagan. Uning bosh 
masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas 
kitobi «Avesto»da ta'lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning 
ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta'lim-
tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. 
Mazkur Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda 
Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son 
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 
372-son O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda 
bolalar deb yuritiladi) maktabgacha ta’lim muassalarida har tomonlama rivojlantirish, 
ta’lim tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakillantirish hamda maktab ta’limiga 
tayyorlash bo‘ycha davlat talablarini belgilaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish 
standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini 
beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Davlat talablarini ishlab chiqish asosida bola shaxsi 
rivojlanishining 4 ta yo‘nalishi olingan (jismoniy rivojlanish, o‘z o‘ziga xizmat va 
gigiyena; ijtimoiy - hissiy rivojlanish; nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik; bilish 
jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash). Bu 4 ta yo‘nalish 
bo‘limlarga bo‘linib, birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi. Davlat 
talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan 
qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llaniladi: davlat maktabgacha ta’lim 
muassasalari; nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari; maktabgacha yoshdagi 
guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari. Maktabgacha ta’lim turlari uchun 
kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari
maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta 
tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya 
olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim .Davlat talablari 
maktabgacha ta’lim tizimida va oilada 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash, 
maktabga tayyorlashda qo‘llanilishi majburiydir. Uning vazifalari maktabgacha ta’lim 
metodikasini yaxshilash, pedagoglar malakasini oshirish, ta’lim-tarbiya berishning 
o‘quv dasturini yaratish kabilardan iborat. Shuningdek, talablarda bola bilan ishlaganda 
e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan psixologik xususiyatlar ko‘rsatilgan. Hujjatda 
belgilangan talablarga amal qilishi kerak bo‘lgan tashkilot va idoralar ko‘rsatilgan. 
Ularga: davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim 


olayotgan bolalar guruhi mavjud “Mehribonlik” uylari, maktabgacha hamda 
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan kollej va OITMlar, 
malakasini oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, maktabgacha hamda boshlang‘ich 
ta’limni nazorat qiluvchi tuman, shahar metodik bo‘limlari kiradi. Davlat talablarining 
maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari Davlat talablarida quyidagi asosiy 
tushunchalardan foydalaniladi: — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori
individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda 
hamda bolada ma’naviy meyorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba 
egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon; 
rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof 
muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar; rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi 
aniq bir yo‘nalishlar; kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning 
kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va 
ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi; kutilayotgan natija — bolalarda 
kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi; bola kompetensiyasi — 
ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli 
bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari; integratsiya — 
bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik; 
inklyuziv ta’lim — bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini 
inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon; “Men” 
konsepsiyasi — bolani o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv 
faoliyatini bir qismi; refleksiv faoliyat — bolada o‘z tushunchalari va xatti-
harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni. 
Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy 
informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim 
tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir. Davlat 
talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: maktabgacha yoshdagi bolalarning 
rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, 
rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish; ta’lim-tarbiya jarayoniga 
pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning 
samarali integratsiyasini ta’minlash. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq 
etiladi: bolaning noyobligi; “Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda 
bolaning faol roli; bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; 
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; bolalar rivojlanishida individual 
farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual 
variativlik asosida yondashish Davlat talablarining tarkibi Davlat talablari rivojlanish 
sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi. Davlat 
talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish 
sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan 
bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish 
ko‘rsatkichlaridan) iborat. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari 
bo‘yicha belgilanadi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; 


ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonini 
rivojlanishi; ijodiy rivojlanish. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining 
shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: • yirik motorika; • mayda 
motorika; • sensomotorika; • sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik. “Ijtimoiy-hissiy 
rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: • “Men” konsepsiyasi; • 
hissiyotlar va ularni boshqarish; • ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot. 
“Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga 
bo‘linadi: • nutq va til; • o‘qish malakalari; • qo‘l barmoqlari mayda motorikasi. “Bilish 
jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: • intellektual-
anglash malakalari; • elementar matematik malakalar; • tadqiqiy-bilish va samarali 
refleksiv faoliyat. “Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: • 
dunyoni badiiy tasavvur etish; • badiiy-ijodiy qobiliyatlar. Davlat talablari asosidagi 
yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: go‘daklik (tug‘ilgandan 1 
yoshgacha); erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); kichik maktabgacha yosh 
(3 yoshdan 4 yoshgacha); o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha); katta 
maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha); maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 
yoshgacha). Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat 
talablarining 1- ilovasida belgilangan

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə