Laboratoriya ishi voltengofen mayatnigi: aylanma tokning kamayishini namoyish etish



Yüklə 78,31 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü78,31 Kb.
#165740
1   2   3   4   5   6
7 - laboratoriya ishi Elektr va magnetizm

Elektromagnit induksiya hodisasi. Bu hodisaning mohiyati quyidagichadir. Magnit induksiya oqimi yopiq o‘tkazgich bilan chegaralangan sirt orqali o‘zgarganda, o‘tkazgichda EYUK paydo bo‘ladi, uning kattaligi oqim o‘zgarishining teskari ishora bilan olingan qiymatiga tengdir:
(I.5)
Oqimning umumiy tarifiga ko‘ra magnit induksiya oqimining S sirt orqali qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(I.6)
Magnit induksiya oqimining ulchov birligi XB sistemasida “Veber” (Vb) 1Vb= 1Tl.m2. Oqimning ishorasi normal yo‘nalishining tanlab olinishiga, EYUK ishorasi esa o‘tkazgichni o‘rab olish yo‘nalishiga bog‘liq. Bu yo‘nalishlar bir biri bilan parma qoidasiga asosan moslashtiriladi: parmaning dastasini aylantirganda (tegishli tanlab olingan yo‘nalish bo‘yicha) u o‘tkazgichni o‘rab olish yo‘nalishi bilan mos keladi, ya’ni parmaning ilgarilanma harakati normalning yo‘nalishini bildiradi (1-rasm).

1-rasm 2-rasm
Bu holda, misolda ham aniq ko‘rsatish mumkinki, formula (I.5) dagi manfiy ishorasi Lens qonunining mohiyatini aks ettiradi, ya’ni induksion tok shunday yo‘nalganki, u o‘zining harakati bilan hosil qilgan sababga to‘sqinlik qiladi. Induksiya EYUK yopiq bo‘lmagan o‘tkazgichda ham hosil bo‘ladi, agar uni magnit maydonida harakat qildirsa, uni aniqlash uchun ham (I.5) formuladan foydalanish mumkin, faqat bu yerda ni dS sirtdan dt vaqt ichida o‘tgan oqim deb tushunish kerak (2-rasm).
Yana shuni qayd etib o‘tamizki, induksion toklar juda yupqa yopiq o‘tkazgichlarda hosil bo‘lishidan tashqari, balki massiv yaxlit o‘tkazgichlarda ham hosil bo‘ladi, bunday toklarni Fuko toklari deb aytiladi.
Bu yopiq induksion toklarning manzarasi juda murakkab bo‘lishi mumkin, lekin Lens qonunidan foydalanib, ularning yo‘nalishlari haqida sifat jihatdan xulosalar qilish mumkin. Aniqlash qiyin emaski, g‘altak o‘zaklarida hosil bo‘lgan induksion tok chiziqlari (o‘zgaruvchan tok o‘tayotganda) g‘altak o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda yotadi. 3-rasmda induksion tok chiziqlari punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan.

3-rasm
Elektromagnit induksiya hodisasining xususiy holi sifatida o‘zinduksiya va o‘zaro induksiya hodisalarini qaraymiz.

Yüklə 78,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə