Laboratoriya ishi voltengofen mayatnigi: aylanma tokning kamayishini namoyish etish


O‘zinduksiya va o‘zaro induksiya hodisasi



Yüklə 78,31 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü78,31 Kb.
#165740
1   2   3   4   5   6
7 - laboratoriya ishi Elektr va magnetizm

O‘zinduksiya va o‘zaro induksiya hodisasi. I tok kuchi o‘tayotgan yopiq o‘tkazgichni qaraymiz. Bu tok atrofida magnit maydonini hosil qiladi, ko‘rsatish mumkinki, bu S sirt orqali o‘tgan magnit oqimi tok kuchiga proporsionaldir:
(I.7)
Bu yerda L proporsionallik koeffisienti bo‘lib, o‘tkazgichning geometrik xossasiga: uning o‘lchami va shakliga, shuningdek materialning holatiga va xossasiga bog‘liq bo‘lib, uni o‘tkazgichning induktivligi deyiladi va (I.7) ifodadan aniqlanadi. XB sistemasida “genri” bilan o‘lchanadi:
, (I.8)
Agar o‘tkazgichda tok kuchi vaqt bo‘yicha o‘zgarsa, u vaqtda (I.7) ga ko‘ra oqim ham o‘zgaradi. Demak, elektromagnit induksiya hodisasiga ko‘ra (I.7) o‘tkazgichda EYUK hosil bo‘ladi. O‘tkazgichda EYUK ning hosil bo‘lishi, shu o‘tkazgichda tok kuchining o‘zgarishidan hosil bo‘lish hodisasiga o‘zinduksiya hodisasi deyiladi.
O‘zinduksiya kattaligi (I.8) ni hisobga olsak, quyidagiga teng bo‘ladi:
(I.9)
L ni doimiy kattalik desak, o‘zinduksiya EYUK quyidagicha bo‘ladi:
(I.10)
Bu formuladan kelib chiqadiki, o‘zinduksiya EYUK o‘tkazgichning induktivligiga proporsionaldir. Agar induktivlik ko‘p o‘ramdan iborat bo‘lsa (solenoid ) har bir o‘ramdagi EYUK bir xil yo‘nalishga ega bo‘ladi, to‘la o‘zinduksiya EYUK ning absolyut qiymati ularning arifmetik yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Uzun solenoidning induktivlik formulasini chiqaraylik. Solenoid uzunligini l bilan, ko‘ndalang kesim yuzasini S bilan, solenoid uzunlik birligiga to‘g‘ri kelgan o‘ramlar soni n0-bo‘lsin, u holda (I.7) formuladan kelib chiqadi. Solenoid bir jinsli magnetik bilan to‘ldirilgan deb hisoblaymiz va uning magnit singdiruvchanligini  bilan belgilaymiz. Bitta o‘ram yuzasidan o‘tgan oqim:
(I.11)
Barcha o‘ramlar N=n0l dan o‘tgan yig‘indi oqim:
(I.12)
Bu ifodani tok kuchi I ga bo‘lsak, solenoidning induktivlik koeffisienti quyidagiga teng bo‘ladi:
(I.13)
Endi I1 va I2 tok kuchi oqayotgan konturni qaraymiz. O‘zinduksiya hodisasiga asosan aniqlaymizki, birinchi konturdagi I1 tok kuchi S2 sirt orqali ikkinchi konturda S2 yuzadan o‘tgan magnit oqimini hosil qiladi va u I1 tok kuchiga proporsional bo‘ladi (4-rasm)
(I.14)

4-rasm
O‘z navbatida ikkinchi konturdagi tok kuchi I2 birinchi konturni chegaralovchi S1 sirt orqali I2 tok kuchiga proporsional bo‘lgan oqimni hosil qiladi:
(I.15)
Isbot qilish mumkinki, formula (I.14) va (I.15) dagi proporsionallik koeffisientlar L12=L21 va unga o‘zaro induktivlik deyiladi va u ikkala konturning geometrik xossasiga hamda ularning o‘zaro joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Bir biriga induktiv bog‘langan konturlardan birida tok kuchining o‘zgarishi ikkinchisida EYUK hosil qilishiga o‘zaro induksiya hodisasi deyiladi. Birinchi va ikkinchi konturlardagi o‘zaro induksiya EYUK larni topamiz, buning uchun (I.14) va (I.15) larni (I.9) ga qo‘yamiz (L12=L21=const deb hisoblaymiz )
(I.16)
(I.17)
O‘zaro induksiya hodisasi elektrotexnika va radiotexnikada (tranzistorlar, generator, radioqurilmalarda) juda keng ishlatiladi.

Yüklə 78,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə