Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
8 kapitalni boshqarish

self financing
– 
SF
) qobiliyatini 
baholash uchun va mos davrlar boʻyicha uning miqdorini prognozlash quyidagi 
formuladan foydalangan holda aniqlanishi mumkin: 
SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV
Bu yerda: 
EBIT – 
foiz va soliqlar toʻlangunga qadar foyda; 
I – 
qarzlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (foiz toʻlovlari);
 
T – 
foyda soligʻi stavkasi; 
 DA – 
amortizatsiya;
 
DIV – 
mulkdorlarga dividend toʻlovlari. 
Yuqoridagi 
formuladan 
koʻrinib turibdiki, korxonaning oʻz-oʻzini 
moliyalashtirish qobiliyatiga moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida amalga 
oshiriladigan qarz, amortizatsiya va dividend siyosati bevosita ta’sir koʻrsatadi. 
Moliyalashtirishning ichki manbalari afzalliklariga qaramasdan, ular miqdor 
jihatdan korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga, investitsion 
loyihalarni amalga oshirishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga va boshqalarga 
yetarli emas. Shundan kelib chiqqan holda tashqi manbalar hisobiga oʻz moliyaviy 
resurslarini qoʻshimcha shakllantirish zarurati yuzaga keladi. 
Korxonalarda oʻz mablagʻlarini shakllantirishning tashqi manbalari ham keng 
doirada qoʻllaniladi. Korxona ta’sischilarning qoʻshimcha badallari va qoʻshimcha 
aksiyalar chiqarish hisobiga ustav kapitalini oshirish yoʻli bilan oʻz mablagʻlarini 
shakllantirish mumkin. Qoʻshimcha xususiy kapital jalb qilish imkoniyatlari va 
usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bogʻliq. 
MChJlar ustav kapitali uning ishtirokchilari ulushlarining nominal 
qiymatlaridan tarkib topadi. Bunda ustav kapitalining minimal miqdori jamiyatni 
davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi eng kam oylik 
ish haqining qirq baravaridan kam boʻlmasligi lozim. 
MChJning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat 
roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida 
jamiyatning ustav kapitaliga oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak. Agarda MChJ faqat 
kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtish 
sanasiga qadar har bir ta’sischi ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan jamiyatning ustav 
kapitalidagi oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart.
Naqd pul yoki naqda pulda ma’lum bir bahosiga ega boʻlgan boshqa mol-
mulklar MChJlarning ustav kapitaliga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. MChJ 
ta’sischilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning 
ustav kapitaliga qoʻshiladigan mol-mulklarning naqd puldagi bahosi jamiyat 
ishtirokchilari umumiy yigʻilishida barcha ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul 
qilinadigan qaror bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.


130 
MChJ ustav kapitali toʻliq shakllantirilgandan soʻng ustav kapitalini oshirish 
toʻgʻrisida qaror qabul qilish mumkin. Ustav kapitalini oshirish quyidagi yoʻllar bilan 
amalga oshirilishi mumkin:
- jamiyatning mol-mulki hisobiga; 
- ta’sischi yoki mulkdorlarning qoʻshimcha hissalari hisobiga; 
- jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga. 
MChJ ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga oshirish oldingi hisobot 
yillarida erishilgan moliyaviy natijadan kelib chiqqan holda korxona ixtiyorida 
qolgan foydani ustav kapitaliga yoʻnaltirish orqali amalga oshiriladi.
Ta’sischi (mulkdor)lar tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga 
jamiyat ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda qoʻshimcha 
hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha 
hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq 
qoʻshish muddati belgilanishi kerak. 
Agar MChJ ta’sis hujjatlarida ustav kapitalida boshqa shaxslarning ishtiroki 
taqiqlanmagan boʻlsa, boshqa shaxslarni jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish 
toʻgʻrisidagi arizalari asosida jamiyatning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida bir 
ovozdan qaror qabul qilishi mumkin. Bu borada ham qaror qabul qilishda hissani 
qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddati koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi.
Qoʻshimcha hissalarni qoʻshishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir 
oydan kechiktirmay oʻzgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish toʻgʻrisida 
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak. 
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali esa aksiyadorlar sotib olgan jamiyat 
aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha 
aksiyalarning nominal qiymati bir xil boʻlishi lozim.
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek bir yoki bir necha 
turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli 
aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi 
talab etiladi. Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar oʻrtasida 
joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat 
roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi 
boʻyicha toʻrt yuz ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan kam boʻlmasligi 
kerak.
Aksiyadorlik jamiyatning ustav fondi 
aksiyalar nominal qiymatini oshirish
yoki 
qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish
yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini aksiyalar nominal qiymatini oshirish 
yoʻli bilan koʻpaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi 
qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan, shuningdek ustavda yoki 
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq kuzatuv kengashiga shunday 
qaror qabul qilish vakolati berilgan holatda jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan 
qabul qilinadi.
Qoʻshimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e’lon 
qilingan aksiyalar soni doirasidagina amalga joylashtirilishi mumkin. Qoʻshimcha 


131 
aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi 
qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki bunday qaror qabul qilish 
huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining 
qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan boʻlsa, kuzatuv kengashi 
tomonidan qabul qilinadi. Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan jamiyat 
ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladi-gan qoʻshimcha oddiy 
aksiyalarning va e’lon qilingan miqdorlari (ulushlari) doirasida har bir turdagi 
imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari, shu jumladan 
joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega boʻlgan 
aksiyadorlar uchun jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish bahosi 
belgilangan boʻlishi lozim. Jamiyat ustav fondini qoʻshimcha aksiyalar joylashtirish 
yoʻli bilan koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati 
miqdorida qayd etiladi. 
 
Shu oʻrinda boshqa xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustav kapitali boʻyicha ham 
minimal talablarni keltirish maqsadga muvofiq. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009 yil 15 
avgustdagi 2009 yil 15 avgustdagi “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini 
litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga bilan 
tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi 
toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan tijorat banklari ustav kapitali eng kam miqdori 
quyidagicha belgilangan: 
- banklar uchun – 10 mln yevro ekvivalentida; 
- xususiy banklar uchun – 5 mln yevro ekvivalentida. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2011 
yil 
31 
maydagi 
“Sugʻurtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan sugʻurta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdori 
quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval): 
2-jadval 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə