Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix27.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101582
1   2   3   4   5   6   7   8
suyunova-m.o.-ozbek-tilidagi-grammatik-omonimlarni-avtomatik-tahlil-qilishdagi-muammolar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2022)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
330 
2.
Morfemalar orasidagi omonimlikka: 
turtki, ichki, pastki, guldon
bilimdon, ukaxon, kitobxon, boring, kitobing
va hokazo kabilar kiradi. Bunda 
qoʻshimchalar bir xil, lekin har xil soʻz turkumidagi soʻzlarni yoki soʻz shakllarini 
hosil qiladi va bunda maʻno ham har xil boʻladi. 
3.
Frazeologik omonimlar iboralar oʻrtasidagi omonimlikdir. Masalan, 
Boshga koʻtarmoq
– eʻzozlamoq 
Boshga koʻtarmoq
– toʻpolon qilmoq 
II.
Nutq bosqichida: 
1.
Soʻzformalar (soʻz shakllar) orasidagi omonimlik 
2.
Birikmalar orasidagi omonimlik 
Soʻz shakllar va birikmalar orasidagi omonimiya hodisasi nutq jarayonida 
yuzaga keladi va aralash holda uchraydi. Masalan, 
tanga I
(pul) va 
tan+ga II
(badanga) leksema va soʻz shakl oʻrtasidagi omonimlik.
Tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi I
(boʻshashdi) – ibora; 
Tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi II
( rostdan tarvuzi tushmoq) – soʻz birikmasi.
Soʻzformalar orasidagi omonimlik grammatik omonimlik deb ataladi. 
“Grammatik omonim” atamasi birinchi marta tatar tili tadqiqotchisi X.R.Kurbatov 
tomonidan qoʻllanilgan[5]. U grammatik omonimiya juda jiddiy va murakkab 
muammo deb hisoblaydi. Turkiy tillarda omonimlarga oid bir qator tadqiqotlar 
boʻlishiga qaramay, grammatik omonimlar toʻgʻri hisobga olinmagan. Olim 
M.Mirtojiyev: “Grammatik omonimlar – gapda soʻzlar imlosi mos kelgan turli 
grammatik shakllar”[6],- deb taʻkidlaydi. Grammatik omonimlar nutq jarayonida 
hosil boʻlsa, leksik omonimlar nutqqacha tayyor holda boʻlishi bilan bir-biridan farq 
qiladi. Grammatik omonimlik nutq jarayonida soʻz yasovchi yoki shakl yasovchi 
qoʻshimchalar qoʻshilganda yuzaga keladi. Ammo ular morfemik qismlarga 



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə