Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix27.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101582
1   2   3   4   5   6   7   8
suyunova-m.o.-ozbek-tilidagi-grammatik-omonimlarni-avtomatik-tahlil-qilishdagi-muammolar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2022)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
329 
lingvistikada uning korpusda berilishi masalasi kun tartibiga qoʻyilgan. Korpus 
lingvistikasida omonimlik muammosini yechish, omonim birliklarni teglash va 
matnni avtomatik oʻqish jarayonida omonimiyani bartaraf etish masalasiga oid qator 
tadqiqotlar mavjud[2].
Omonimlar til va nutq jarayonida yuzaga keladigan hodisadir. Shu jihatdan 
quyidagi turlarga boʻlinadi[3]: 
I.
Til bosqichida: 
1.
Leksemalar orasidagi omonimlik 
2.
Morfemalar orasidagi omonimlik 
3.
Frazeologik birliklar orasidagi omonimlik 
Omonimlikning bu uch turi nutq jarayoniga qadar ongimizda mavjud boʻlgan 
soʻzlar oʻrtasida kuzatiladi hamda nutqqacha tayyor holda boʻladi.
1. Leksemalar oʻrtasidagi omonimlik hodisasi omoleksemiya deb, bunday 
leksemalar esa omoleksemalar deb yuritiladi[4]. Masalan,
1.
Tut – mevali daraxt (ot) 2. Sana – ot 
Tut – tutmoq (feʻl) Son+a=sana – feʻl 
Birinchi turdagi omonimlik tub leksemalar oʻrtasida sodir boʻlgan boʻlsa, 
ikkinchi turdagi omonimlik esa tub va yasama leksemalar oʻrtasida yuzaga kelgan. 
Har ikki turi ham leksik omonimlar turiga mansub. Chunki yasalgan har bir yangi 
soʻz alohida bitta leksema deb qaraladi. Masalan, 
son, sana, sanoq 
(uchta leksema). 
Bularning barchasi yasovchi morfema yordamida yasalib, har bir soʻz alohida 
leksema deb qaraladi va uchta leksemani tashkil qiladi. 
Sana, sanani, 
sanadan…
(bitta leksema, uchta soʻz shakli). Leksemalar orasida sodir boʻladigan 
omonimiya hodisasida soʻzlar tub ham, yasama ham boʻlishi mumkin. 



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə