Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə1/15
tarix23.07.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#119835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
shernazarov Samandar (1)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI


AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI

KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH” KAFEDRASI




O’QUV AMALIYOT BO’YICHA
HISOBOT

Yo’nalish:Kompyuter ilmlari va dasturlash
texnologiyalari
Guruh:473-22
Topshirdi: Shernazarov Samandar
Amaliyot raxbari: Irgasheva Umida
Mavzu: Visual Studio muhitida ishlash. Consoleda kiritish-chiqarish.
Reja:

  1. Visual Studio muhitida ishlash.

Microsoft Visual Studio – Microsoft mahsuloti bo’lib, dasturiy ta’minot yaratish uchun integrallashgan muhitni va boshqa instrumentlar qatorini taqdim etadi. Ushbu mahsulot konsolli ilovalar, grafik intefeys bilan ishlovchi ilovalar yaratish imkoniyatini beradi, Windows Forms texnologiyasi qo’llagan holda web-saytlar, web-ilovalar, web-xizmatlar, turli xil platformalar kodlarini boshqaruvchi Windows, Windows Mobile, Windows CE, .NET Framework, Xbox, Windows Phone, .NET Compact Framework va Silverlightlarni qo’llaydi.
- Tipi – Integrallash ishlab chiqaruvchi muhit
- Ishlab chiqaruvchi – Microsoft
- Dasturlash tillari – C++ va C#
- Operatsion tizim – Windows
- Interfeys tili – xitoy, ingliz, fransuz, portugal, nemis, italyan, yapon, koreys, ispan , rus tillari
- Oxirgi versiya – Visual Studio 2015 (20-iyul 2015-yil)
- Litsenziya – foydalanuvchi bilan kelishuvi asosida
- Sayt – www.visualstudio.com
Komponentlari. Visual Studio quyidagi bitta yoki bir qancha komponentlarni qo’llaydi:
· Visual Basic .NET – u Visual Basic asosida paydo bo’lgan
· Visual C++
· Visual C#
· Visual F# (Bu Visual Studio 2010 dan boshlab ishlatiladi)
Boshqa varinatlarni quyidagilarni yoqish orqali yetkazib berish mumkin:
Microsoft SQL Server yoki Microsoft SQL Server Express
Visual Studioning oldingi tarkibiga ham mahsulotlar kiritilgan:
· Visual InterDev
· Visual J++
· Visual J#
· Visual FoxPro
· Visual Sorce Safe – fayl-server tizimini boshqarish versiyasi
Versiyalari. Visual Studio 4.0 ning dastlabki versiyasida Visual Basic 3, Visual C++, Visual FoxPro va Source Safe ishlab chiqaruvchi muhitlarini mustaqil paket sifatida yetkazib berilgan.
Visual Studio 97. Visual Studio 97 – Visual Studioning birinchi ishlab chiqilgan versiyasi hisoblanib, turli muhitlarda dasturiy ta’minot ishlab chiqish uchun ilk bora bir joyda to’plangan. U ikki xil versiyada chiqarilgan – Professional hamda Enterprise va ular Visual Basic 5.0, Visual C++ 5.0, Visual J++ 1.1, Visual FoxPro 5.0 va ilk bora ASP ishlab chiqarish muhiti – Visual InterDev ni joylashtirdi. Microsoft bu versiyasida ilk bora ko’plab tillarni: Visual C++, Visual J++, Visual InterDev va MSDN ni bir muhitda qo’llashga urinib ko’rdi va u Developer Studio deb nomlandi. Visual FoxPro va Visual Basiclar alohida ishlab chiqarish muhiti sifatida ishlatildi.
Visual Studio 6.0 (1998). Visual Studio 6.0 – Windows 9x platformasida ishlaydigan Visual Studioning eng oxirgi versiyasi. Avvalgidek, ommaviy bo’lgan Visual Basic muhitidan foydalanildi. Ushbu versiyadan Mocrosoftning Windows platformasi ilovalari uchun .NET paydo bo’ldi.
C# tili juda tiplashgan til hisoblanadi. Uni ishlatish paytida har bir o’zgaruv-chi obyektning tipini alohida e‘lon qilish kerak (masalan, butun son, satr, oyna, tugma va h.z). Xuddi C++ va Java tillari kabi C# tilida ham 2 xil ma’lumotlar tipi mavjud: birinchi aniqlangan va xotirada til tomonidan avtomatik joylashtirilgan, ikkinchi dasturchi – foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan va aniqlanadigan.
C# ning ustun tomoni unda ma’lumotlar yana ikki turga bo’linadi: o’lchamli va yo’nalishli. Ularning asosiy farqi ma’lumotlarni xotirada joylashtirishidir. O’l-chamli tip o’zining aniq qiymatini stekka yozib qo’yadi, yo’nalishli tip esa bu stekka faqat qaysidir (o’zi aniqlaydigan) obyekt manzilini yozib qo’yadi, obyektning o’zi esa kuchada saqlanadi. Kucha – bu dastur saqlanadigan asosiy xotira bo’lib, unga murojaat qilish dastur tezligini biroz pasaytiradi. Lekin agar siz juda katta obyektlar bilan ishlayotgan bo’lsangiz, unda bu obyektni kuchada saqlashning bir muncha afzallik tomonlari bor.
O’zgaruvchini hosil qilish uchun siz o’zgaruvchining tipini va keyin esa uning nomini berishingiz kerak.Uning qiymatini e’lon qilish paytida yoki dastur davomida berishingiz mumkin. Masalan: a va b sonlarni yig’indisini s ga o’zlashtirish dasturini ko’ramiz.
using System;
namespace _02_misol
{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
int a,b,s;
a=2;b=3;s=a+b;

Console.Write(“s=”+s);
Console.ReadKey();


}



Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə