Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish


Reja: Shartli va shartsiz oʻtish operatorlari



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə4/15
tarix23.07.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#119835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
shernazarov Samandar (1)

Reja:

  1. Shartli va shartsiz oʻtish operatorlari.

  2. Takrorlanuvchi jarayonlar. Takrorlash operatorlari.

  3. Bir o‘lchamli massivlar bilan ishlash.



O‘tish operatorlari. C# tilida o‘tish operatorlari ikki xil bo‘ladi: shartli shartsiz.
Shartsiz o‘tish operatorlari
Shartsiz o‘tish operatorlari ikki xil usulda qo‘llanilishi mumkin. 1–funksiyani chaqirish yo‘li bilan. Bunda dastur davomida komplyator funksiya nomlarini tekshirib boradi, agar shunday funksiya topilsa, dastur o‘z ishini shu yerda to‘xtatib funksiyaning ishga tushishini amalga oshiradi. Funksiya o‘z amallarini bajarib bo‘lganidan so‘ng, komplyator dasturni bajarilishini funksiya nomidan so‘ng turgan instrusiyaga o‘tkazadi. Shartsiz o‘tishning ikkinchi usuli: break, return va throw kalit so‘zlari yordamida bajarish mumkin. Ushbu kalit so‘zlar haqida quyida aytib o‘tamiz.
Break
Takrorlanish operatorlarining bajarilishida shunday holatlar bo‘lishi mumkinki,unda qaysidir qadamda takrorlanishni yakuniga yetkazmasdan chiqish (“uzish ”) zaruriyati bo‘lishi mumkin.
Continue operatori
Bu operator ham xuddi break operatoridek takrorlash operatori tanasini bajarishni to‘xtatadi, lekin takrorlashdan chiqib ketmasdan keyingi qadamiga “sakrab” o‘tishni tayinlaydi.
Takrorlanuvchi jarayonni shartli operatorlardan foydalanib ham tashkil qilsa bo’ladi, lekin bunday jarayonlarni hisoblashni takrorlash operatorlari yordamida amalga oshirish osonroq kechadi.
Takrorlash operatorlarining 3 xil turi mavjud:
parametrli takrorlash operatori;
do…while takrorlash operatori (Sharti keyin berilgan takrorlanish operatori);
while takrorlash operatori (Sharti oldin berilgan takrorlanish operetori).
Echilayotgan masalaning mohiyatiga qarab, dasturchi o’zi uchun qulay bo’lgan takrorlash operatorini tanlab olishi mumkin.
Parametrli takrorlanish operatori quyidagidan iborat:
for( int i = k1; i <= k2; i++)
yoki
for( int i = k2; i >= k1; i––)
bu yerda k1
Parametrli takrorlanish operatori aniq takrorlanishga ega bo’lgan dasturlar uchun dasturchiga qiyinchilik tug’dirmaydi.
Ko’pgina hollarda, takrorlanuvchi jarayonlardagi takrorlanishlar soni oldindan ma’lum bo’lmaydi, tsikldan chiqish esa ma’lum bir shartning bajarilishi yoki bajarilmasligiga bog’lik holda bo’ladi. Bu hollarda sharti keyin berilgan takrorlanish operatori yoki sharti oldin berilgan takrorlanish operatoridan foydalanish zarur. Agar tsikldan chiqish sharti, takrorlanuvchi jarayonning oxirida joylashgan bo’lsa, do…while() operatoridan, bosh qicmida joylashgan bo’lsa while() operatoridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHarti keyin berilgan takrorlanish operatori kamida bir marta takrorlanadi, sharti oldin berilgan takrorlanish operatori umuman takrorlanmasligi ham mumkin.
Sharti keyin berilgan takrorlanish operatorining ko’rinishi quyidagicha:
do {
} while()
Sharti oldin berilgan takrorlanish operatorining ko’rinishi quyidagicha:
while()
{
}
Ikkila holda ham shart yolg’on qiymat qabul qilsa, tsikl bajarilishidan to’htaydi. Agar shart rost bo’lsa, tsikl davom etadi.
Ichma – ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar
Ichma – ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar bu bir tsikl ichida bir yoki bir nechta tsikllar joylashuvidan tashkil topadi. Ichma – ich joylashgan tsikllarni dasturlashda takrorlanuvchi operatorlarning biridan yoki bir nechtasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Dasturlash tillarida kompyuter xotirasiga bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bir o‘zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma’lumotlar bir turga mansub bo‘lishi kerak. Dasturlash tillarida ro‘yhat yoki jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb ataladi. Massiv so‘zining ma’nosi o‘lcham, o‘lchov demakdir. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo‘lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi.
Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi.
C# bizga tanlash uchun 3 xil turdagi massivlarni beradi:
Bir o'lchovli massiv. U faqat bitta qator maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, shuning uchun massivda saqlangan elementga bitta raqamli indeks (0, 1, 2, va hokazo) bilan kiriladi.
Ko'p o'lchovli massiv. Bir nechta ma'lumotlar qatorini o'z ichiga oladi, shuning uchun uning indeksi qatorni aniqlaydigan va ustunni aniqlaydigan juft raqamlardan iborat bo'ladi. Bunday massiv ko'pincha to'rtburchaklar massivi deb ataladi, chunki u sxematik tasvirlanganda to'rtburchak shaklini oladi.
Qirrali massiv. Bu kichik massivlardan tashkil topgan massivdir (va bu kichik massivlar har qanday hajmda bo'lishi mumkin).
Massivlar yagona o‘zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan bo‘ladi.
Massiv tarkibida elementlar mavjud bo‘ladi. Massivning eng ko‘pi bilan ketishi mumkin bo‘lgan elementlar soni uning o‘lchamini bildiradi. Massivning elementi turgan o‘rni uning indeksi deyiladi. Massivning elementiga uning indeksi orqali murojaat qilinadi. Massivning indeksi sifatida butun sonlar xizmat qiladi. Har bir massiv o‘zining individual nomiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni bir xil nomdagi massivlar bo‘lmaydi. Ularning nomi oldin e’lon qilingan oddiy o‘zgaruvchi nomi bilan ustma-ust tushmasligi kerak.
Statik massivlarni e’lon qilishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
[] ={boshlang’ich qiymatlar}
Dinamik tarzda massivni e’lon qilishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
[] =new [o’lcham]
Bu yerda tur-massiv elementining muayyan turini bildiradi. Element turi massiv tashkil etuvchi har bir elementning ma’lumot turini belgilaydi. Tur bilan birga kvadrat qavslar ham ishlatiladi. Ular bir o‘lchamli massiv e’lon qilinganligini ko‘rsatadi. [o’lcham] massiv elementlari sonini belgilaydi. new operatori [o’lcham] ga mos ravishda xotiradan joy ajratadi.
Dinamik massiv o‘lchami ham statik massiv kabi aniqlanishi lozim, faqat bunda u dastur ishlashi davomida aniqlanishi bilan static massivdan farq qiladi.
Indekslar massiv elementlariga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Indeks massivdagi element sonini bildiradi .
using System;
using System.Collections.Generic;
using System.Linq;
using System.Text;
using System.Threading.Tasks;

namespace ConsoleApp8


{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
int x, y, c, d;
double S = 0, P = 1, SP1 = 1, SP2 = 1;
x = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
y = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
c = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
d = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());

for (int a = 1; a <= x; a++)


{
S += (a * x + 4) / (Math.Sqrt(a + Math.Log(6)));
}
for (int a = 1; a <= y; a++)
{
P *= (a * x * x + 6) / (Math.Sin(a * x));
}
for (int i = 1; i <= c; i++)
{
for (int j = 1; j <= d; j++)
{
SP2 *= (i * j + y * x) / (Math.Sqrt(Math.Pow(j * x + y, i)));
}
SP1 *= SP2;
SP2 = 1;
}
Console.WriteLine(S + " " + " " + P + " " + SP1);
Console.ReadKey();
}
}
}




Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə