Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish


Berilganlar turlari. Oʻzgaruvchilar va oʻzgarmaslar



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə2/15
tarix23.07.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#119835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
shernazarov Samandar (1)

Berilganlar turlari. Oʻzgaruvchilar va oʻzgarmaslar
Programma bajarilishi paytida qandaydir berilganlarni saqlab turish uchun o‘zgaruvchilar va o‘zgarmaslardan foydalaniladi. O‘zgaruvchi-programma obyekti bo‘lib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchi nomga, o‘lchamga va boshqa atributlarga – ko‘rinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi.
O‘zgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta e’lon qilinishi kerak. E’lon natijasida o‘zgaruvchi uchun xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha o‘lchami esa o‘zgaruvchining konkret turiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni qayd etish zarurki, bitta turga turli apparat platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin.
O‘zgaruvchi e’loni uning turini aniqlovchi kalit so‘zi bilan boshlanadi va ‘=’ belgisi orqali boshlang‘ich qiymat beriladi (shart emas). Bitta kalit so‘z bilan bir nechta o‘zgaruvchilarni e’lon qilish mumkin. Buning uchun o‘zgaruvchilar bir-biridan ‘,’ belgisi bilan ajratiladi.
E’lonlar ‘;’ belgisi bilan tugaydi. Uzgaruvchi nomi 255 belgidan oshmasligi kerak.
Turlangan o‘zgarmaslar xuddi o‘zgaruvchilardek ishlatiladi va initsializatsiya qilingandan (boshlang‘ich qiymat berilgandan) keyin ularning qiymatini o‘zgartirib bo‘lmaydi .
Turlangan o‘zgarmaslar const kalit so‘zi bilan e’lon qilinadi, undan keyin o‘zgarmas turi va albatta initsializatsiya qismi bo‘lishi kerak.
Misol tariqasida

using System;
using System.Collections.Generic;
using System.Linq;
using System.Text;
using System.Threading.Tasks;

namespace ConsoleApp7


{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
double s = 8;
double h = 5;
double pi = Math.PI;
double a = (s*2) / h;

Console.WriteLine($"Uchburchak asosi: {a:F2}");


Console.ReadKey();
}
}
}


Programma bosh funksiyasining boshlanishida ikkita – pi va radius o‘zgarmaslari e’lon qilingan. Aylana yuzasini aniqlovchi square o’zgarmas deb e’lon qilinmagan, chunki u programma bajarilishida o’zgaradi.
Aylana radiusini programma ishlashida o‘zgartirish mo‘ljallanmagan, shu sababli u o‘zgarmas sifatida e’lon qilingan.

Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə