2019-yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarini
o‘tkazish uchun matematika fani mazmunining tarkibi va abituriyentlar
tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar
KODIFIKATORI
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kiruvchilarga qabul test sinovlarini
o‘tkazish uchun matematika fani mazmunining
tarkibi va abituriyentlar
tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori (keyingi o‘rinlarda
kodifikator) qabul test savollari tuzilmasi va mazmunini belgilovchi hujjatlardan
biridir. U umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
Davlat
ta’lim standartlari va matematika fani bo‘yicha o‘quv dasturlari asosida tuzilgan.
Kodifikatorga test topshirig‘i doirasida sinovdan o‘tkazish imkoniyati
bo‘lmagan fan mazmunning qismlari qo‘shilmagan. Ular yasashga doir sinaladigan
ko‘nikma va malakalardir.
Bo‘lim
kodi
Test sinovida tekshiriladigan fan mazmunining tarkibi.
1
Algebra va analiz asoslari.
1.1
Natural sonlar
.
Natural sonlar ustida amallar. Qoldiqli bo‘lish. Natural sonning darajalari.
Natural sonlarning bo‘linish belgilari. Sonning bo‘luvchilari va karralilari. Tub
va murakkab sonlar. Natural sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajratish. Eng katta
umumiy bo‘luvchi. O‘zaro tub sonlar. Eng kichik umumiy karrali (bo‘linuvchi).
1.2
Kasr sonlar.
Ulushlar. Oddiy kasrlar haqida tushuncha. Kasrlarni taqqoslash. To‘g‘ri va
noto‘g‘ri kasrlar. Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish.
Oddiy kasrlar ustida
arifmetik amallar. Aralash sonlar. Aralash sonlar ustida arifmetik amallar.
Kasrning asosiy xossalari. Sonning qismini topish. O‘zaro teskari sonlar.
Qismiga ko‘ra sonning o‘zini topish. O‘nli kasrlar. O‘nli kasrlarni taqqoslash.
O‘nli kasrlar ustida amallar. Sonning taqribiy qiymati. Sonlarni yaxlitlash. O‘rta
arifmetik qiymati. Musbat va manfiy sonlar. Butun sonlar haqida tushuncha.
Koordinata to‘g‘ri chizig‘i. Qarama-qarshi sonlar. Sonning moduli. Sonlarni
taqqoslash. Butun sonlar ustida amallar. Miqdorlarning o‘zgarishi.
Ratsional
sonlar haqida tushuncha. Ratsional sonlar ustida amallar. Davriy kasr haqida
tushuncha. Davriy kasrlar ustida arifmetik amallar.
Davriy kasrlarni oddiy
kasrlarga aylantirish.
1.3