Kelishilgan



Yüklə 32,57 Mb.
səhifə17/23
tarix12.10.2023
ölçüsü32,57 Mb.
#127283
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
analitik geometriya va chiziqli algebra (fizika va astronomiya)

Ordinata – lotincha ordinatum – «tartiblangan». Dekart koordinatalar tizimida nuqtaning ikkinchi koordinatasi, u harfi bilan belgilanadi. Termin nemis olimi G.Leybnis tomonidan 1694 yilda fanga kiritilgan.
Birlik vektor – yunoncha ortos – «to‘g‘ri». Uzunligi birga teng bo‘lgan vektor. Orta deb ham ataladi. Birlik vektorning Dekart o‘qlaridagi proyeksiyalari uning tegishli o‘qlar bilan tashkil qilgan burchaklari kosinusiga teng. Terminni fanga ingliz olimi O.Xevisayd 1892 yilda kiritgan.
Parabola – yunoncha parabole – «ilova». Ikki tartibli yassi egri chiziq; har bir nuqtasidan fokus deb ataladigan nuqta va direktrisa deb ataladigan to‘g‘ri chiziqqacha masofalari teng bo‘ladi. Fokusdan o‘tib, direktrisaga tik bo‘lgan to‘g‘ri chiziq parabolaning o‘qi, o‘q bilan parabolaning kesishish nuqtasi uchi deyiladi. Parabola o‘z o‘qiga nisbatan simmetrik chiziqdir. Havo qarshiligi hisobga olinmasa, boshlang‘ich tezligi vertikal bo‘lmagan, erkin harakatlanayotgan jismning trayektoriyasi parabola chizadi. Terminni fanga qadimgi yunon olimi Perglik Apolloniy kiritgan.
Parallelepiped – yunoncha parallelos- «parallel» va epipedos – «tekislik». Qarama-qarshi yoqlari o‘zaro parallel va teng parallelogrammlardan iborat oltiyoqlik. Parallelepipedning 8 uchi, 12 qirrasi bo‘ladi.
Yon qirralari asos tekisligiga tik bo‘lgan parallelepiped to‘g‘ri, aks holda og‘ma parallelepiped deyiladi.
Parallelogramm – yunoncha parallelos – «parallel» va gramma – «chiziq». Qarama qarshi tomonlari parallel bo‘lgan to‘rtburchak. Parallelogrammning qarama qarshi tomonlari tengdir.
Parallelogrammning xususiy holi — kvadrat, romb.
Parallelogramm dioganallari kesishish nuqtada teng ikkiga bo‘linadi, E nuqta simmetriya markazi hisoblanadi.
Parallel to‘g‘ri chiziqlar – parallelos – «yonida yuruvchi». Bir tekislikda yotib, lekin kesishmaydigan to‘g‘ri chiziqlar. Ushbu termin Evklidgacha Pifagor maktabida ishlatilgan.
Parametr – grech.slovo parametros – «o‘lchaydigan».
1) matematik formula va ifodalarda qo‘llaniladigan kattalik. Parametr qiymatlari orqali biror to‘plam elementlari bir-biridan farqlanadi.
2) texnikada — texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va boshqalarning biror xossasini ifodalaydigan kattalik. Masalan, mexanik tizimlarda massa, ishqalanish koeffisiyenti, inersiya momenti va h.k.
Perimetr – yunoncha peri – «atrofida», «yonida» va metreo – «o‘lchayman». Yopiq egri chiziqning uzunligi. Ko‘pburchakning perimetri uning hamma tomonlari yig‘indisiga teng. Aylananing perimetri esa uning uzunligiga teng.
Perpendikulyar – lotincha perpendicularis – «tik». To‘g‘ri chiziq (yoki tekislik)ni to‘g‘ri burchak ostida kesuvchi to‘g‘ri chiziq. Perpendikulyarning berilgan to‘g‘ri chiziq (yoki tekislik) bilan kesishish nuqtasi perpendikulyar asosi, perpendikulyarning biror nuqtasi bilan asosi orasidagi masofa perpendikulyar uzunligi deyiladi.
Piramida – yunoncha pyramis, permeous – «qurilmaning yon biqini» yoki pyros so‘zidan –«bug‘doy», yoki pyra – «olov». Piramida (matematika) — bitta ko‘pburchak (asos) va umumiy uchga ega bo‘lgan uchburchaklar (yon yoqlar) bilan chegaralangan jism. me’morlikda — piramida shaklida, zinapoya yoki minorasimon qilib quriladigan monumental inshoot. Masalan, qadimgi Misrda fir’avnlarning qabrini piramida shaklida qurganlar.
Planimetriya – lotincha planum – «tekislik» va metreo – «o‘lchayman». Evklid geometriyasining sohasi bo‘lib, unda ikki o‘lchamli, ya’ni bir tekislikka joylasha oladigan shakllar o‘rganiladi. Planimetriyada nuqta, to‘g‘ri chiziq, ko‘pburchaklar, aylana kabi geometrik tushunchalar va ular orasidagi munosabatlar ko‘riladi.

Yüklə 32,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə