Jizzax filiali


Variatsion ko‘rsatkich belgilari. (Alomatning o‘zgarish miqdorlari)



Yüklə 115,69 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü115,69 Kb.
#138436
1   2   3   4   5
O‘rtacha miqdorlar

Variatsion ko‘rsatkich belgilari. (Alomatning o‘zgarish miqdorlari).
O‘rtacha miqdor bir-biridan tafovutda bo‘lgan alohida miqdorlarni umumlashtirib tavsiflasa-da, lekin o‘ziga nisbatan alohida miqdorlarning qay darajada tafovutda ekanligini, tafovutning qanchalik katta-kichikligini ifodalay olmaydi. Vaholanki, o‘rtachaning real qiymatga ega bo‘lishi bevosita alohida miqdorlar o‘rtasidagi tafovutga bog‘liq. Agar alohida miqdorlar o‘rtasidagi tafovut (o‘zgaruvchanlik) qancha kichik bo‘lsa, ular asosida hisoblangan o‘rtacha shuncha real bo‘ladi va aksincha, o‘rtachadagi tafovut qancha katta bo‘lsa, ular asosida hisoblangan o‘rtacha shuncha ishonchsizroq, haqiqatdan uzoqroq bo‘ladi.
Statistikada variatsiya deyilganda to‘plam birliklari o‘rtasidagi tafovut (farqlanish), o‘zgaruvchanlik tushuniladi.
O‘rtacha miqdorlar o‘zgaruvchi alomat bo‘yicha yig‘indining muhim umumlashtiruvchi tavsifini ochib beradi. Ularni hisoblab bo‘lib, shuni oydinlashtirish zarurki, ular qanchalik namunali, oddiy yoki bir turli. Bir xil o‘rtachalar butunlay har xil yig‘indilarni tavsiflashi mumkin.
Variatsion qatorlarni tahlil qilish.
Variatsiya koeffitsienti (v) o‘rtacha kvadratik tafovutning (o) o‘rtacha miqdorga (x) bo‘lgan nisbat natijasiga teng. Bu koeffitsient qiymati, agar u foizda ifodalangan bo‘lsa O bilan 100 orasida bo‘ladi. U 0 ga qancha yaqin tursa, o‘zgaruvchanlik shuncha kuchsizligidan va 100 ga qanchalik yaqinlashsa, o‘zgaruvchanlikning shunchalik kuchliligidan dalolat beradi.
Variatsiya koeffitsientini foizda ifodalash yordamida turlicha ifodalangan o‘rtacha kvadratik tafovutlar bir xil asosga keltiriladi va ular yordamida turlicha hodisalarning o‘zgaruvchanligi qiyosiy tahlil qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Luneev V.V. Yuridicheskaya statistika. - M.: Yurist, 1999. – 428 s.

  1. Madaliyev O.M. Sud statistikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.: TDYUI, 2006.

  1. Madaliyev O.M. Sud statistikasi: O‘quv qo`llanma. - T.: TDYUI nashriyoti, 2009. – 289 b.

  1. Ernazarov Yu.K., Achilov S.M., Ton L.G. Sudebnaya statistika. Uchebnoe posobie. – T.: Izdatelstvo TGYUI, 2009.

  1. Ernazarov Yu.K. Ton L.G. Sudebnaya statistika (uchebno-metodicheskiy kompleks). – TGYUI. 2008 g

Yüklə 115,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə